1-rasm. Issiqlik tashuvchilari sirkulyasiyalanuvchi qozonlarda suvni, bug' suv aralashmasini va bug'ni harakatlanish sxemasi.
a-tabiiy; b-majburiy ko'p karrali; v-majburiy to'g'ri oqimli;
1-baraban; 2-bug' o'ta qizdirgich; 3-suvli ekonomayzer; 4-ta'minot nasosi; 5-qiziydigan (ko'taruvchi) quvurlar; 6-tushiruvchi quvurlar; 7-sirkulyasion nasos; 8-bug'latuvchi qizdirish yuzalari; q-uzatalayotgan issiqlik oqimini yo'nalishi
Ko'p karrali majburiy sirkulyasiyali bug' qozonlarida qizdirish yuzasi sirkulyasion konturni hosil qiluvchi zmeeviklar ko'rinishida tayyorlanadi. Bunday konturlarda suv va bug' suv aralashmalarini harakati sirkulyasion nasos yordamida amalga oshiriladi. Ushbu qozonlarda sirkulyasiya karraligi 5 dan 10 gacha o'zgaradi. To'g'ri oqimli qozonlarda sirkulyasiya karraligi birga teng bo'ladi, ya'ni ta'minot suvi qiziydi ketma-ket bug' suv aralashmasiga, keyin nam to'yingan va o'ta qizigan bug'ga aylanadi. Suv qizdirish qozonlarida suv sirkulyasiya konturi bo'yicha harakatlanganda bir marta aylanishda boshlang'ich haroratdan oxirgi haroratgacha qiziydi. Suv qizdirish qozonlari belgilangan parametrli issiq suv olish uchun mo'ljallangan bo'lib, isitish va shamollatish tizimlarining issiqlik ta'minotida, maishiy va texnologik iste'molchilar uchun qo'llaniladi. Suvning sarfi o'zgarmaydigan to'g'ri oqimli sxema bo'yicha ishlaydigan suv qizdirish qozonlari nafaqat IEM da, balki tuman qozonxonalarida, isitish-ishlab chiqarish qozonxonalarida issiqlik ta'minotining asosiy manbasi sifatida qo'llaniladi.
Sanoat suv qizdirish qozonlarining konstruksiyasi bo'yicha unifikasiyalangan (bir xil) ko'p assortimentda ishlab chiqaradi. Ular issiqlik unumdorligi, suvning harorati va bosimi, qozon tayyorlangan metall turi bo'yicha xarakterlanadi. Ishlab chiqarilayotgan cho'yan qozonlarning issiqlik unumdorligi 1...1,5 Gkal/soat gacha, bosimi 0,7 MPa va issiq suvning harorati 1150 0С gacha bo'ladi. Po'lat qozonlar issiqlik unumdorligini quyidagi shkalalari bo'yicha ishlab chiqariladi: 4; 6,5; 10; 20; 30; 50; 100; 180 Gkal/soat (4,5; 7,5; 11,6; 23,2; 35; 58; 116 va 210 MVt). Unumdorligi 30 Gkal/soat gacha bo'lgan suv qizdirish qozonlari odatda faqatgina asosiy rejimda ishlashga mo'ljallangan bo'lib, ularda suv 1500 С gacha qizdiriladi, suvni qozonga kirishdagi bosimi 1,6 MPa. Quvvati 30 Gkal/soat dan yuqori bo'lgan qozonlar uchun asosiy va cho'qqili rejimlarda ishlaydi, ularda suv 2000 С gacha qizdiriladi, suvni qozonga kirishdagi maksimal bosimi 2,5 MPa ni tashkil qiladi.
Teplofikasion suv qizdirish qozonlari (TSQQ) 4 va 8 Gkal/soat issiqlik unumdorligida ishlab chiqariladi. Bular seksiyali payvandlangan qozonlar bo'lib, gazda ishlashga mo'ljallangan va suvni 1500 С haroratgacha qizdiradi. 2-rasmda TSQQ-8 qozoni ko'rsatilgan. O'txonaning radiasion yuzasi va qizdirish konvektiv yuzasi alohida seksiyalardan tashkil topgan bo'lib, diametri 51х2,5 mm bo'lgan quvurlardan tayyorlangan. Konvektiv qizdirish seksiyalaridaga quvurlari gorizontal joylashgan, radiasion yuzaning seksiyalari vertikal joylashgan. Radiasion yuza frontal-shiftli ekran va ekranlarning beshta seksiyadan iborat bo'lib, beshta seksiyadan uchtasi ikki marta nurlanishli (ikki nurli ekranlar) ekranlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |