15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja



Download 53,91 Kb.
bet1/7
Sana10.07.2022
Hajmi53,91 Kb.
#767625
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dialektologiya. Ma'ruza-15.2022


15-ma’ruza
O‘ZBEK SHEVALARINING TASNIFLANISHI


Reja:
1. Qadimgi turkiy va o‘zbek adabiy tili yodgorliklari tilining hozirgi o‘zbek shevalariga munosabati masalasi.
2. Qadimgi turkiy elat adabiy tilining (XI-XII asrlar) uyg‘urlar va o‘zbeklar asosini tashkil qilgan qorluq ittifoqdosh qabilasi lahjasi (tili) negizida shakllanishi. qoraxoniylar davridagi qadimgi turk adabiy tilining shakllanishida dastlabki yozuv yodnomalari.
3.“Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘otit turk” asarlarining yaratilishi. “Devonu lug‘otit turk” asarining o‘zbek tili tarixiy dialektologiyasini o‘rganishdagi ahamiyati. “Tafsir”, “Qissasi Rabg‘uziy”, “Xusrav va Shirin”, “Muhabbatnoma”, “O‘g‘uznoma” asarlarining shevalarga xos xususiyatlari.
4. Navoiy asarlarining tilida XV asrdagi umumxalq tili leksikasi.
5. Zarubin tasnifi
6. K.K. Yaduxin tasnifi
7. Y. D. Polivanov va A. K. Barovkov tasnifi
8. V. V. Reshetov tasnifi
9. G’. O. Yunusov va A. Jo‘rayev tasnifi

Ma’lumki, ajdodlarimiz dastlabki davrlarda guruh-guruh, urug‘-urug‘ bo‘lib yashaganlar. Bulardan qabilalar va qabila ittifoqlari, so‘ng esa xalq va millatlar paydo bo‘lgan. Har bir xalq yoki elatning o‘ziga xos tillari mavjud edi. SHevalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi urug‘ hamda qabilalarning, milliy tillarning yuzaga kelishi va taraqqiyoti esa qabilalar hamda qabila ittifoqlari va xalqlarning aniq tarixi bilan izohlanadi.


Turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda, o‘tmishdagi urug‘, qabila va qabila ittifoqi tillarini o‘rganishda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holni u o‘z asarida alohida ta’kidlab ko‘rsatgan: “Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor, men bulardan asosiysini yozdim, shaxobchalarni taxladim”
Keyinchalik esa qabilalarning bir-biri bilan aralashib, qo‘shilib ketishlari natijasida, ularning tillari ham aralashib, qorishib ketgan. Bunday birlashishlar qarindosh qabilalarning o‘zaro qo‘shiluvidan iborat bo‘ladi va qabila ittifoqlarining a’zolari uchun umumiy bo‘lgan tillari ham vujudga keladi. Qabilalar o‘zlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun birlashar edilar. Jamiyatning shundan so‘nggi taraqqiyot bosqichidan qabilalar va qabila ittifoqlari o‘zaro birlashish jarayonini o‘z boshidan kechira boshladilar. Shunga qarab, ularning tillari ham bir-birlariga yaqinlashib, qo‘shilib bordi. Natijada, o‘zbek xalqi va xalq tili kelib chiqdi.
Ana shu turkiy qabilalar va qabila ittifoqlaridan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlari va ularning tillari paydo bo‘lgan va rivojlanib, hozirgi holatga yetib kelgan. Shuning uchun, Urxun – Enasoy daryolari yoqasidan topilgan yozma yodgorliklar boshqa turkiy xalqlar tillari bilan bir qatorda, o‘zbek tilining ham eng qadimgi yozma manbalaridan deb qaraladi. Chunki ma’lum bir zaminda bir qancha qabila birlashmalari yuzaga keladi. Ana shu qabila ittifoqlarining birlashishi o‘z navbatida xalq va xalq tilining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Sinfiy jamiyatning shundan keyingi taraqqiyotida madaniy va savdo markazi sifatida shaharlarning ahamiyati osha boradi, xalqlarning shakllanishi davom etadi, feodal yerlari va feodal davlati paydo bo‘ladi.
IX-X asrlar davomida va undan keyin ham Markaziy Osiyoda turkiy tilda so‘zlashuvchi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar yashagan. Xususan, O‘zbekiston shaharlaridagi aholi qadimdan, asosan, turkiy tilda so‘zlashadi. Ular ko‘chmanchi turkiy hamda o‘troq eron tilida so‘zlashuvchi xalqlar (xususan, tojiklar) bilan doimiy aloqada bo‘lgan. IX-XI asrlarda o‘troq turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar asosida o‘zbek xalqi va tili shakllanadi.
O‘zbeklar xalq bo‘lib shakllanayotgan bir vaqtda turli xil turkiy va turkiy bo‘lmagan qabila ittifoqlari aralash holda yashar edi. Binobarin, o‘zbeklarning xalq bo‘lib shakllanishida hozirgi O‘zbekiston yerlaridagi turkiy xalqlardan tashqari, eron qavmlari ham turkiy xalqlar bilan bir xil iqtisodiy sharoitda hayot kechirgan, tashqi dushmanlarga qarshi birgalikda kurash olib borgan edilar. Ular o‘zbeklarning urf-odati, madaniyati va tilini qabul qilib, birgalikda yashay boshladilar. Boshqacha qilib aytganda, eroniy qavmlardan bo‘lgan so‘g‘diylarning o‘zbeklashuvi, mo‘g‘ullarni o‘zbeklarning tarkibiy qismiga aylanib ketishi, ulardagi etnografik birlik saqlanib qolmaganligi kabilarni aytish mumkin.
Turkiy tillar tasnifi. Yer sharida 30 dan ortiq turkiy tilli millatlar va elatlar mavjud bo‘lib, 70-yilning boshlarida ularning umumiy soni sobiq Ittifoqda 70 millionga yaqin hisoblanardi. Ayrim manbalarda esa turkiy tillarning miqdori 51 ta deb ko‘rsatiladi. Bunda qoraxoniy – uyg‘ur tili, xorazm – qarluq tili, mumluk-qipchoq tili, X-XI asrlardagi ug‘o‘z tili, Urxun-Enasoy yozuvlari tili, turklar tili, xuroson turkiy tili, chig‘atoy tili, uyg‘ur tili, sariq uyg‘ur tili, qadimgi uyg‘ur tili kabilar alohida turkiy tillar nomlari bilan beriladi. Bularni hozirgi vaqtda aholida turkiy xalqlar tillari deb ajratish o‘rinli bo‘lmasa kerak.
Masalan, uyg‘ur tilini qadimgi uyg‘ur tili va qoraxoniy – uyg‘ur tili deb ajratishga hech qanday hojat yo‘q. Buning ustiga «sariq uyg‘ur» deb ishlatilishi ortiqchadir. Bularning hammasi ham uyg‘ur tilining turli bosqichlaridagi ko‘rinishlaridir. «Chig‘atoy tili» deyish esa umuman ma’qul emas. Chunki bunday tilning o‘zi bo‘lmagan. Lingvistik adabiyotlarda «Chig‘atoy tili» atamasining paydo bo‘lishi Xerman Vamberining «Chig‘atoy tili dasrligi» (1867) chiqishidan boshlab rasmiy tusga kirib qoldi(chig‘atoy adabiyoti kabi). Bu atama N.I.Ilminskiy (1822-1891) va boshqa turkologlarda ham ishlatiladi. U Sulaymon Buxoriyning (1921-1882) lug‘atida ham qo‘llanilgan. Bu lug‘atda o‘zbek urug‘lari va shevalari 92 ta deb ko‘rsatib o‘tiladi. G‘ozi Olim Yunusovning “O‘zbek lahjalarining tasnifidan bar tajriba” (1935) tadqiqotida ham o‘zbek urug‘-qabilalari va ularning tillari 92 ta deb qayd etiladi. Xalqimiz tarkibi va har bir tarkibiy qismning tillari-shevalari haqidagi raqamlar 92 ta deb belgilanishi turli shajaralar va so‘nggi ayrim tafsilotlarda o‘z ifodasini topib kelmokda.
Turkiy xalqlardan 12 tasi (tatar, qozoq, qirg‘iz, boshqird, qoraqalpoq, qo‘miq, qrim-tatar, qorachoy, balqar, oltoy, no‘g‘ay, qaraim) 15 milliondan ko‘proq bo‘lib, ular qipchoq guruhi turkiy tillarni tashkil etadi. Turkiy tillardan 11 tasi (turk, ozarbayjon, turkman, afshar, qashqar, Eronning janubi-sharqidagi turkiy xalqlar, shaxsevon, gagauz, qaraparax, kadjor, krimchak) 37 milion kishini o‘z ichiga olgan bo‘lib, turkiy tillarning o‘g‘uz guruhiga kiradi. 55 millionli turklar (Turkiya) ham o‘g‘uz guruhiga taalluqlidir.
5 xalq (o‘zbek, uyg‘ur, salar, sariq uyg‘ur, xo‘tan) 15 milliondan ortiqdir. Bular turkiy tillarning qarluq guruhini o‘z ichiga oladi. Chuvashlar (1,7 million) bulg‘or guruhini va 8 xalq (yoqut, tuva, hakas, tog‘li oltoyliklar, sho‘r-shor, do‘lg‘an, ko‘k cho‘lutanlar, tofalar-karagas) Sibir guruhi (0,6 million) deb yuritiladi.
Bular 1980 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlardir (123,3 mln). Oradan 15 yilcha vaqt o‘tgach, turkiy xalqlar qariyb 200 million kishi deb hisoblanmokda. Aholining bunchalik tez ko‘payishining sababi, bir tomondan, aholining o‘sishi va ikkinchi tomondan, chet ellardagi turkiy xalqlar xaqidagi ma’lumotlarning aniqlanib borishi bilan bog‘liqdir. Masalan, 1979 yilda O‘zbekistonda yashovchi o‘zbeklar 13mln. ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib 19 milliondan oshdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududida 22 mln dan ko‘proq kishi yashaydi. Ma’lumki, turkiy xalqlarning yarmidan ortig‘i sobiq Ittifoq hududida hayot kechiradi. Ularning soni 100 millionga yaqindir. Turkiy xalqlarning 100 milliondan ko‘prog‘i chet mamlakatlarda yashaydi.
Demak, turkiy xalqlarning umumiy sonini 200 mln. va undan ham ko‘proq deb belgilashga to‘g‘ri keladi. Ularning 19 milliondan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi. O‘zbeklarning o‘zlari singari tillarining tarixi ham qadimiydir. Ularning yozuvlari ko‘p asrlik tarixga ega. Bu tarixni kamida 2400-2500 yil deb belgilash mumkin.
Yozuvlarning eng qadimiysi so‘g‘d yozuvidir. U bir qancha ko‘rinishlarga ega bo‘lib, tarixan oromiy yozuvlari belgilari bilan bevosita aloqadordir. So‘g‘d yozuvining moniy va suryoniy turlari turkiy xalqlarda keng ishlatilib kelinganligi tarixdan ma’lumdir. Ular eramizgacha bo‘lgan V-IV asrlarga borib taqaladi. Xorazm yozuvi va dulbarjin yozuvlarining ahamiyati ham kattadir. Bularni shartli ravishda yozuvlarni qo‘llashdagi birinchi davr deyish mumkin. Ikkinchi davr arab va uyg‘ur yozuvlari bilan bog‘lanib ketadi. Nihoyat, lotin yozuvi va amaldagi kirill yozuvidan foydalanishni uchinchi davr deb yuritish o‘rinlidir. Bular shartlidir, albatta.
Turkiy tillarni o‘rganish sohasida Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Ulug‘ Tursunov, Mamed og‘a SHeraliyev, Smit og‘a Kenesboyev, Ayyub G‘ulomov, A.N.Kononov, Solih Mutallibov, Olim Usmonov, N.A.Baskakov, Dilora Tumasheva, Farhod Zaynalov, Muhammad Isayev, G‘ani Abdurahmonov, Alibek Rustamov, Hamid Ne’matov, Bozor O‘rinboyev, Iristoy Qo‘chqortoyev, Ergash Fozilov va boshqa ko‘pgina tilshunos olimlarning o‘zlariga yarasha xizmatlari bor. Ularning ayrimlari mavjud turkologiya manbalariga asoslangan holda o‘z tasniflarini ham taqdim etmoqdalar. Bu jihatdan ozarbayjonlik professor Farhod Zaynalovning xizmati alohida ko‘zga tashlanib turadi.
Turkiy tillarni quyidagicha tasniflarga ajratish mumkin: Mahmud Koshg‘ariy tasnifi; N.A.Baskakov tasnifi; Farhod Zaynalov tasnifi; Muhammad Isayev tasnifi; Olim Usmon tasnifi; Ulug‘ Tursunov tasnifi; G‘ani Abdurahmonov tasnifi; Hamid Ne’matov tasnifi.

Download 53,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish