15-М. Xalqaro savdo nazariyasi


A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi



Download 71 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2022
Hajmi71 Kb.
#649250
1   2   3   4
Bog'liq
15-M. alkaro savdo nazarialari

13.2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi
Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari, xalqaro
savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi, degan fikmi ilgari
suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to'g'risida dastlabki
nazariyalardan biri esa A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga
ko'ra har bir mamlakat mavjud sharoitlar va resurslaming o'ziga xosligiga tayangan
holda ma’lum bir tovami eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovami
eng ko'p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan, mamlakat mutlaq
ustunlikka ega bo'lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovaming
o'z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlami sotib oladi. Chunki
bu tovariar ulami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo' Igan davlatlarda ancha
arzon ishlab chiqarilgan bo'ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab
ko'proq mahsulotga ega bo'ladi.
Masalan, O'zbekiston asosan paxta mahsulotlarini yetishtirishga
ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko'proq shunga e'tibomi
qaratishi lozim. Chunki O'zbekiston qishloq xo'jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun
respublika sharoiti paxta yetishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat
va moliyaviy resurslami sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega.
Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o'zlari ixtisoslashgan sohaga ko'proq e’tibor
qaratishsagina dunyo bo'yicha ko'proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro
savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo'l bilan
dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech bir mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda
mutlaq ustunlikka ega bo'lmasligi mumkin. Xo'sh, bu mamlakat hamma tovarlami
chetdan keltiradi-mi? Agar shunday bo'lsa importni qaysi mablag'lar hisobiga
moliyalashtiradi? Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi
berk ko'chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada chuqurroq
o‘rganar ekan, aslida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab
berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik
nazariyani boshi berk ko‘chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab
chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko‘proq ustunlikka ega boMgan yoxud
kamroq zaiflikka ega boMgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsa
maqsadga muvofiq boMadi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo
ko'proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o'zi ixtisoslashgan mahsulotlami
ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy
ustunlik nazariyasi”da o'z yechimiga ega bo'ldi.
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan
vino individual xarajatlarga ega boMsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning
“Nisbiy ustunlik” nazariyasini qo'llaymiz:
9-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mehnat sarfi.
Movul (hir dona) Vino ( hum*!)
PorliigiiliyiJ no КО
Angliya IOO 120
Yuqoridagi inisoldan ko'rinib turibdiki, Portugaliya barcha turdagi mahsulotlami
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona movut ishlab chiqarish
uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini
sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino
ishlab chiqarish savdosini yo'lga qo'yish ko'proq foyda olib kelishini ta’kidlaydi.
Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga
tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda
yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda
Angliyaga sotsa va o'z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2
dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O'zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega
bo'lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va
movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo'ladi.
120 / 100 - 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut ishlab
chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o'rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga
nisbatan kamroq. Demak, movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro
savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish
hisobiga 11/8 barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu
vaziyatda Angliyaning yutug'i:
9 / 8 - 5 / 6 =7/24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib
olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun har bir barrel vinoga
5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag'batlantirib, quyidagi
imkoniyatlami yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgunicha o'tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari
sarflaydigan boMadi. Ammo bu borada barcha nazariyalar ham savdoda
mamlakatlaming pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan.
Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblami amalga oshirish uchun valyutalarini
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U
izohlaganidek, yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalami almashtirish sharoitida
ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import toMovlari o'zaro balansga ega
emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o'zgarishlar hisobiga yoki biror bir
mamlakatdagi barcha baholami o'zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi
misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun esa
quyidagilami ta'minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim:
• mehnatning savdo qilayotgan mamlakatlar o'rtasida emas, balki mamlakat
ichida harakatchan bo'lishini;
• transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlaming
hisobga olinmasligini;
• mahsulotlaming yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va
texnologiyalarni qo'llash hamda ulami ko'p miqdorda seriyali ishlab chiqarish
xarajatlaridagi o'zgarishlar e’tiborga olinmasligini.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo'llash mumkin. Chunonchi, bir barrel
Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan
bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movuti
Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o'rtasidagi o'zaro nisbat aniqlab olinganidan keyin «savdo
sharoiti» (terms of trade) tushunchasi, savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo
sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish