15-М. Xalqaro savdo nazariyasi



Download 71 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2022
Hajmi71 Kb.
#649250
  1   2   3   4
Bog'liq
15-M. alkaro savdo nazarialari


15-М. XALQARO SAVDO NAZARIYASI
13.1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari
13.2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi
13.3. «Nisbiy ustunlik» nazariyasi
13.4. Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiaysi
13.5. Leontev taajubi

Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlilik darajasi oshib, mamlakatlaming


ixtisoslashuvi va ular o'rtasidagi kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar
o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolami hal qilish borasida tadbirlar
ishlab chiqish va ulami amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishlari shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalaming asosiy shaklidir. Uning kengayishi
va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi
va unga bog'liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob“yektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xomashyo resurslarining mamlakatlar o'rtasida notekis
taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo'lgan yoki rivojlangan davlatlar ham
barcha resurslar bilan o'zini to'liq ta’minlay olmaydi. Ular o'zlarida ortiqcha bo'lgan
resurslami eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo'lgan resurslami import qilishga
majburdirlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab
shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik
bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni, bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa,
ikkinchi tovar O'zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli
resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o'zaro
savdo-sotiqni yo'lga qo'yadilar.
Bu ikki ob“yektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi
jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillaming boshlarida xalqaro
savdo hajmi AQSHda Yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39
foizini tashkil etdi. Shu davrda O'zbekiston Yalpi milliy mahsulotida tashqi
savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo'ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi
ko'rinishlami o'z ichiga oladi:
• mahsulotlami ayirboshlash: yoqilg'i xom-ashyo mahsulotlari, qishloq xo'jaligi
mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
• xizmatlami ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;
• transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda
xizmatlaming jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;
• yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.
Ulaming hissasi xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqinini tashkil etadi.
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini
ayirboshlashning barcha ko'rinishlari tashqi savdo operassiyalari yordamida amalga
oshiriladi. Ular o‘z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga
bo'linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlami chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va mamlakatga
olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - awa| eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan
mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish