15-laboratoriya ishi mavzu: Suvda va tuzlarning suvli eritmalarida metallar korroziyasi Ishning maqsadi



Download 15,52 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi15,52 Kb.
#543985

15-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Suvda va tuzlarning suvli eritmalarida metallar korroziyasi
Ishning maqsadi: Neytral muhitda metallarning elektrokimyoviy korroziyasi bilan tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar: U-simon shisha nay, 20502 mm o‘lchamli rux vat emir plastinkalar, mis, rux va temir simlar, chinni kosacha, 3% li natriy xlorid eritmasi, fenolftalein eritmasi, 200 ml suvda 0,2 g qizil qon tuzi eritib tayyorlangan eritma.
Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko'pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichik galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida sodir bo'ladi. Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko'p metallar tarkibida qo'shimcha sifatida boshqa metallar bo'lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib turgan bo'lsin. Bunda galvanik element hosil bo'ladi (temir – anod, mis – katod vazifasini o'taydi). Temir oksidlanadi: Fe–2e =Fe2+
Fe2 ionlari OHionlari bilan birikib, Fe(OH)2 ni hosil qiladi; Fe(OH)2 havo kislorodi va namlik ta'sirida Fe(OH)3 ga aylanadi;
4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi; 2H+2e H2
Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo'ladi, temir ruxga tegib tursa zanglamaydi, chunki temir ruxga qaraganda asl metaldir; elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik elementda rux – anod, temir – katod vazifasini bajaradi.


1-Tajriba. U-simon nay osh tuzining 2% li eritmasi bilan to‘ldiriladi va bir tomoniga rux, ikkinchi tomoniga mis plastinka tushiriladi. Ikkala plastinka mis sim orqali tutashtiriladi. Nayning ikkala tomoniga ham 2-3 tomchidan fenolftalein eritmasidan tomiziladi. 0,5-1 soatdan so‘ng mis elektrod (katod) atrofi malina rangga kiradi.
2-Tajriba. Chinni kosachaga osh tuzining 3% li eritmasi quyiladi va 5-6 tomchi fenolftalein eritmasidan tomiziladi. Eritmaga jilvir qog‘oz bilan tozalangan va rux sim o‘ralgan mis sim tushiriladi. 2-3 minutdan so‘ng mis yuzasi qizil-malina rangga bo‘yaladi.
3-Tajriba. Mis sterjen o‘rniga temir mix olinadi va ruz sim bilan o‘raladi. Eritmaga tushirilganda 2-tajribadagi kabi temir mix atrofidagi eritma malina rangga kiradi.
4-Tajriba. Chinni kosacha osh tuzining 3% li eritmasi bilan to‘ldiriladi va unga qiozil qon tuzi eritmasidan bir necha tomchi, 5-6 tomchi fenolftalein eritmasidan tomiziladi. So‘ngra eritmaga temir sim o‘ralgan mis sterjen tushiriladi. 2-3 minutdan so‘ng mis yuzasida qizil, temirda esa to‘q-ko‘k rang hosil bo‘ladi.
Ishning hisoboti. Har bir o‘tkazilgan tajriba natijalari bo‘yicha isbotlangan xulosalar yozish.
Nazorat savollari
1. Nima uchun mis temirni protektor sifatida korroziyadan himoya qila olmaydi, rux esa himoyalay oladi?
2. Qalay-rux, qalay-temir metallar juftligidan qaysi metall korroziyaga uchraydi?
3. Nima uchun protektorning ta’sir radiusi eritmaning elektr o‘tkazuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi?
4. Katod va anod sohalarining elektrokimyoviy korroziyaga uchraganligini qanday bilish mumkin?
5. Qanday hollarda temir-katod yoki anod sifatida ishtirok etishini izohlang.
Download 15,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish