15. Fazalar muvozanati. Termik analiz



Download 342,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.07.2022
Hajmi342,98 Kb.
#774026
1   2
Bog'liq
15-ma`ruza FKK. 2021-22 (1)

S =
3
- F =
3
– 


0. Demak, evtetik nuqta invariant sistemaning 
tarkibi va suyuqlanish temperaturasiga mos keladi. 
Yuqoridagi kristallanish diagrammasi komponentlar o‘zaro kimyoviy 
birikma hosil qilmaydigan sistema uchun mos keladi. Agar moddalar suyuqlanish 
vaqtida reaksiyaga kirishib yangi kimyoviy birikmani hosil qilsa, ikki qismdan 
iborat, ikkita evtetik nuqtaga ega bo‘lgan diagrammani namoyon etadi. Masalan, 


intermetall qotishmalar (Mg
2
Sn, AgZn, AlCu
3
, Ag
5
Cd
8
, MgZn
2
va h.k.) hosil 
qiluvchi sistemalarni misol qilish mumkin. Bunday sistemalar amalda uch 
komponentli bo‘lib qoladi, chunki ikkita metall bilan bir qatorda ularning 
birikmasi ham individual modda sifatida barqaror mavjud bo‘lishi mumkin. 
A va B komponentlardan iborat va shartli A
2
B
3
birikma hosil qiluvchi 
sistemaning kristallanish diagrammasini ko‘rib chiqamiz (7.6-rasm). 
7.6-rasm. Dastlabki ikki komponentdan tayyorlangan va o‘zaro kimyoviy birikma 
hosil qiluvchi sistemaning kristallanish diagrammasi. 
7.6 rasmni taxlil qilamiz. tA – A moddaning suyuqlanish temperaturasi; 
tA
2
B

– A
2
B
3
moddaning suyuqlanish temperaturasi; tB – B moddaning 
suyuqlanish temperaturasi. tA–E1–tA
2
B
3
–E2–tB likvidus chizig‘i, undan yuqori 
sohalarda sistema to‘liq suyuq holatda bo‘ladi. N–E1–M–K–E2–L solidus chizig‘i, 
undan past sohalarda sistema to‘liq kristall holatda bo‘ladi. tA–N–E1 oraligidagi 
sohada suyuqlik va A moddaning kristallari muvozanat holatida bo‘ladi. tA
2
B
3

E1–M–K–E2 oraligidagi sohada suyuqlik va A
2
B
3
moddaning kristallari 
muvozanat holatida bo‘ladi. tB–E2–L oraligidagi sohada suyuqlik va B moddaning 
kristallari muvozanat holatida bo‘ladi. E1 – A va A
2
B
3
sistemasining evtetik 
nuqtasi. E2 – B va A
2
B
3
sistemasining evtetik nuqtasi. 
2. O‘zaro cheksiz eriydigan uchuvchan suyuqliklar sistemasi. Eritmalar bug‘ining 
tarkibi.
Tabiati yaqin bo‘lgan suyuqliklar bir-birida cheksiz eriydi va gomogen 
sistemani hosil qiladi. Har qanday nisbatda bitta suyuq fazani hosil qilib bir-birida 
eriydigan suyuqliklar cheksiz eriydigan deb nomlanadi. Misol tariqasiga suv va 
sirka kislotasi, benzol va toluol aralashmalarini keltirish mumkin. Sistemaning 
qaynash temperaturasi, eritma ustidagi bo‘g‘ fazaning tarkibi va to‘yingan bug‘ 
bosimi hosil qilingan eritmaning tarkibiga bog‘liq.


O‘zgarmas temperaturada to‘yingan bug‘ bosimining yoki o‘zgarmas 
bosimda qaynash temperaturasining eritma tarkibiga bog‘liqlik xarakteriga ko‘ra 
cheksiz eriydigan suyuqliklar uchta turga bo‘linadi: 
- Raul qonuniga bo‘ysinuvchi ideal suyuqliklar; 
- Raul qonunidan musbat yoki manfiy chetlanadigan, lekin to‘yingan bug‘ 
bosimini eritma tarkibiga bog‘liqlik grafigida maksimum yoki minimum hosil 
qilmaydigan suyuqliklar; 
- to‘yingan bug‘ bosimini eritma tarkibiga bog‘liqlik grafigida maksimum 
yoki minimum hosil qiladigan suyuqliklar.
Ideal eritmalar molekulalarining tarkibi, tuzilishi va qutbliligi o‘xshash 
bo‘lgan moddalardan hosil bo‘ladi. Bunday moddalar bitta gomologik qatorga 
tegishli bo‘ladi, masala, benzol-toluol, dibrometan-dibrompropan va h.k. 7.7 
rasmda ideal suyuqliklarning bug‘ bostimi-tarkib diagrammasi keltirilgan. 
Diagrammada P

– A komponentning toza 
suyuqlik ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi, P

– B 
komponentning toza suyuqlik ustidagi to‘yingan 
bug‘ bosimi. AP
B
chizig‘i B komponentning 
eritma ustidagi to‘yingan bug‘ bosimini tarkibga 
bog‘liqligini aks ettiradi. BP
A
chizig‘i A 
komponentning eritma ustidagi to‘yingan bug‘ 
bosimini tarkibga bog‘liqligini aks ettiradi. P
A
P
B
chizig‘i sistemaning to‘yingan bug‘ bosimini 
tarkibga bog‘liqligini aks ettiradi. 
7.7-rasm. Ideal suyuqliklar 
to‘yingan bug‘ bosimi 
Sistemaning umumiy bug‘ bosimi shu tarkibga mos keluvchi har bir 
komponentning bug‘ bosimi yig‘indisiga teng: 
Raul qoninidan chetlashadigan (7.8-rasm) va grafikida maksimum yoki 
minimumga ega bo‘lgan (7.9-rasm) sistemalar molekulasining tarkibi va tuzilishi 
har xil, qutbliligi yaqin bo‘lgan suyuqliklardan hosil bo‘ladi. 
Raul qonunidan musbat chetlanishning sababi eritmaning tayyorlanishi 
ekzotermik jarayon ekanligidir. Sistemadagi issiqlikning bir qismi tashqi muhitga 
ajralib chiqqanligi uchun uning bug‘lanishi osonlashadi. Har qanday tarkibda ideal 
eritmaga nisbatan bug‘ning miqdori ko‘proq bo‘ladi va shunga mos ravishda bug‘ 
bosimi yuqoriroq bo‘ladi (7.8 rasm, a). Aralashmaning qaynash temperaturasi 
ideal eritmanikiga nisbatan pastroq bo‘ladi. 


7.8-rasm. O‘zaro cheksiz eriydigan, Raul qonunidan musbat (a) va manfiy (b) 
chetlanishga ega bo‘lgan uchuvchan suyuqliklar sistemasining to‘yingan bug‘ 
bosimini tarkibga bog‘liqligi.
Raul qonunidan manfiy chetlanishning sababi eritmaning tayyorlanishi 
endotermik jarayon ekanligidir. Sistema tashqi muhitdan issiqlik oladi, issiqlik 
miqdori ortadi, bug‘lanishi uchun ko‘proq issiqlik sarflanadi. Har qanday tarkibda 
ideal eritmaga nisbatan bug‘ning miqdori kamroq bo‘ladi va shunga mos ravishda 
bug‘ bosimi pastroq bo‘ladi (7.8 rasm, b). Aralashmaning qaynash temperaturasi 
ideal eritmanikiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. 
7.9 rasm. O‘zaro cheksiz eriydigan, maksimum (a) va manimum (b) hosil 
qiladigan uchuvchan suyuqliklar sistemasining to‘yingan bug‘ bosimini tarkibga 
bog‘liqligi. 
Bug‘ bosimi-tarkib diagrammasida qandaydir tarkiblarda grafik ayrim 
komponentlarning toza holatdagi bug‘ bosimlari chegarasidan o‘tib, maksimumni 
(7.9 rasm, a) yoki minumumni (7.9 rasm, b) hosil qiluvchi aralashmalar o‘ziga xos 
bug‘lanish xossalariga ega bo‘ladi. Maksimum nuqtaga mos keluvchi tarkibdan 
iborat aralashma alohida komponentlardan avval ajralmasdan bug‘lanadi va 
yuqoriroq bug‘ bosimini hosil qiladi. Minimum nuqtaga mos keluvchi tarkibdan 


iborat aralashma ajralmasdan eng oxirida bug‘lanadi va pastroq bug‘ bosimini 
hosil qiladi.
Nazorat savollari

1. Fizik-kimyoviy analiz usuli nimadan iborat? 
2. Termik analiz natijalariga ko‘ra suyuqlinish diagrammasi qanday hosil qilinadi? 
3. Nima uchun suyuqlanish diagrammasi bosimga bog‘liq emas? 
4. 7.6, 7.10, 7.11 rasmlardagi har bir diagrammada aloxida maydonlar, nuqtalar, 
komponentlar soni, erkinlik darajasi va fazasidagi ahamiyatini izohlang. 
5. O‘zaro cheksiz eriydigan uchuvchan suyuqliklar sistemasiga misollar keltiring. 
6. Eritmaning to‘yingan bug‘ bosimi qanday topiladi? 
7. Qanday aralashma Raul qonuniga bo‘ysinuvchi ideal suyuqliklar sistemasi 
deyiladi? 
8. Suyuqliklar aralashmasining bug‘ bosimi nima uchun Raul qonunidan 
chetlashadi? Musbat va manfiy chetlanish nima?
Adabiyotlar: 
1. T.Boboev, X.R.Raximov. Fizikikoviy va kolloid kimyo. Darslik. T.: O’qituvchi, 2004. 
103-114 b. 
2. Sh.P.Nurillaev. Fizikaviy kimyo. Darslik. T.: IQTISOD-MOLIYA, 2014. 219-268 b.

Download 342,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish