15. Fazalar muvozanati. Termik analiz



Download 342,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi342,98 Kb.
#774026
  1   2
Bog'liq
15-ma`ruza FKK. 2021-22 (1)



15. Fazalar muvozanati. Termik analiz.
1. Ikki komponentli sistemalar. Suyuq holatda o‘zaro cheksiz eriydigan, qattiq 
holatda o‘zaro erimaydigan sistemalar. Termik analiz.
2. O‘zaro cheksiz eriydigan uchuvchan suyuqliklar sistemasi. Eritmalar bug‘ining 
tarkibi.
7.5. Rektifikatsiya.
7.6. Chekli eriydigan va o‘zaro erimaydigan suyuqliklar. Taqsimlanish qonuni. 
Ekstraksiya.
Tayanch so’z va iboralar
: faza, komponent, termik analiz, bug’ tarkibi, 
rektifikatsiya, taqsimlanish qonuni, ekstraksiya.
1. Ikki komponentli sistemalar. Suyuq holatda o‘zaro cheksiz eriydigan, qattiq 
holatda o‘zaro erimaydigan sistemalar. Termik analiz. 
Ikki komponentli sistemalarning erkinlik darajasi: 
S = 
2
 - F +
2
 = 
4
 - F
(7.4) 
Ikki komponentli sistemalarda maksimal fazalar soni 4 ga teng, erkinlik 
darajasi esa 0 dan 4 gacha o‘zgarishi mumkin. O‘zgarmas bosimda yoki o‘zgarmas 
temperaturada fazalar qoidasi bo‘yicha erkinlik darajasi 
S =
3
 - F
ga teng bo‘ladi. 
Bunday sharoitda maksimal 3 ta faza muvozanatda bo‘lishi mumkin. Ikki 
komponentli sistemalar turli holatda bo‘lishi mumkin: cheksiz aralashadigan 
suyuq, qisman yoki umuman aralashmaydigan suyuq, qattiq va hokazo.
Ikki komponentli sistemalarning asosiy parametrlaridan biri sistema 
tarkibidir. Odatda bunday sistemalarning holat diagrammalari tarkib-bosim, tarkib-
temperatura grafiklari orqali ifodalanadi. Suyuqholatda o‘zaro cheksiz eriydigan, 
qattiq holatda o‘zaro erimaydigan ikki komponentli sistemalarni ko‘rib chiqamiz. 
Bunday sistemalarga oson suyuqlanadigan qattiq moddalardan iborat fenol-
naftalin, benzoy kislotasi-naftalin, dimetilanilin-fenol, difinilamin-naftalin kabi 
sistemalar misol bo‘ladi.
Sistemaning termik analizi natijalariga ko‘ra suyuqlanish (yoki kristallanish) 
diagrammasi chiziladi. A va B komponentlardan iborat sistemaning termik 
analizini ko‘rib chiqamiz. Komponentlarning turli tarkiblaridan iborat 5-7 ta 
aralashma tayyorlanadi. Toza moddalarni va aralashmani probirkalarga joylashtirib 
suv yoki glitserin hammomida qizdirgan holda to‘liq suyuq gomogen holatga 


o‘tkaziladi. Suyuqlanmaga termometrni joylashtirib, ikkinchi kengroq probirkaga 
tushiriladi va og‘zi berkitib qo‘yiladi. Suyuqlanma havoda tabiiy sovishi natijasida 
temperaturasi pasayib boradi. Vaqt davimida termometr ko‘rsatkichi yozib 
boriladi. 
Kristallanish kuchli ekzotermik jarayon, shuning uchun kristallanish 
boshlanganida issiqlik ajralib chiqishi natijasida temperaturaning tabiiy pasayishi 
to‘xtab qoladi, hatto biroz temperatura ko‘tariladi. Temperaturaning ekstremal 
ko‘rsatkichlari suyuqlanish temperaturasi-tarkib diagrammasiga o‘tkazilib, ikki 
komponentli sistemaning kristallanish diagrammasi hosil qilinadi (6.2-rasm). 
7.5-rasm. Termik analiz natijalari bo‘yicha bikomponentli sistemaning 
kristallanish diagrammasini hosil qilish. 
Kristallanish diagrammasidagi AEB chizig‘i likvidus (lotinchadan suyuqlik) 
deb ataladi, shu chiziqdan yuqorida sistema to‘liq suyuq holatda bo‘ladi. NEB 
chizig‘i solidus (lotinchadan qattiq) deb ataladi, shu chiziqdan pastda sistema 
to‘liq qattiq holatda bo‘ladi. AEN chiziqlari oraligida suyuqlik va A moddaning 
kristallari muvozantda bo‘ladi. BEN chiziqlari orligida suyuqlik va B moddaning 
kristallari muvozanatda bo‘ladi. E nuqta evtetik nuqta deyiladi, shu nuqtada 
suyuqlik, A va B moddalarning kristallari muvozanat holatida bo‘ladi. Evtetik 
nuqta birgalikda kristallanadigan tarkib va temperaturani ko‘rsatadi. 
Evtetik nuqtada uchta faza muvozanatda bo‘lishligini hisobga olib, 
o‘zgarmas bosimda ikki komponentli sistemalarning erkinlik darajasi tenglamasiga 
qo‘yamiz: 

Download 342,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish