15.4. Makroiqtisodiy ayniyatlar
Pul va tovar oqimlari hajmlarining bir xilligidan kelib chiqib, 1911 yilda Irving Fisher makroiqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan miqdoriy tenglama deb nom olgan ayniyatni ishlab chiqqan:
M*V = Q*P
bu erda: M – pul massasi hajmi; V – pul aylanish tezligi; Q – real ishlab chiqarilgan YAIM; R – YAIM deflyatori.
Q*P – nominal YAIM, ya’ni pulga talab bo‘lsa, M*V – pul taklifini ifodalaydi.
YUqorida keltirilgan tenglama daromadlarning doiraviy aylanishini ko‘rsatadi.
YAna bir makroiqtisodiy ayniyat bo‘lib YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli hisoblanadi, ya’ni
YAICH – OI = YAIM.
Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashdagi boshqa ayniyatlarni davom ettirish mumkin.
YAIM + xorijdan olingan sof omil daromadlari = YAMD
YAMD – asosiy kapital iste’moli = SMD (sof milliy daromad)
SMD – bilvosita soliqlar + subsidiyalar = MD (milliy daromad)
YUqorida keltirilgan barcha makroiqtisodiy ayniyatlar MHTdagi asosiy agregatlarni hisoblashda qo‘llaniladi.
Xarajatlar usuli bo‘yicha YAIM quyidagicha aniqlanadi:
YAIM=UPI+INH+JPI+SE ,
bu erda: YAIM – yalpi ichki mahsulot; UPI – uy xo‘jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; INH – investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE – sof eksport (eksport – import).
Jamg‘arish va investitsiya ayniyati quyidagi ko‘rinishga ega:
JA = YAIM – UPI – JPI,
UPI+ JPI + INH = JA + UPI + JPI,
yoki
INH = JA.
O‘z navbatida, jamg‘arish(JA): xususiy jamg‘arma (HJ), davlat jamg‘armasi (DJ) va tashqi dunyo jamg‘armalarini (TJ) qamrab oladi, ya’ni
JA = HJ + DJ + TJ.
Xususiy jamg‘armalar quyidagicha shakllanadi:
HJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI ,
bu erda: TR – xususiy sektorga davlat transfertlari; DQ – davlat qarzi (qimmatbaho qog‘ozlar) bo‘yicha olingan foizlar; XS – xususiy sektor tomonidan to‘langan soliqlar; UPI – uy xo‘jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari.
Davlat jamg‘arishini ifodalaydigan ayniyat quyidagi ko‘rinishga ega:
DJ = (XS – TR – DQ) – JPI .
Agar davlat jamg‘arishi salbiy miqdorga teng bo‘lsa, bu davlat byudjetining kamomad bilan ijro etilganligini anglatadi: DB = - DJ
Tashqi dunyo jamg‘arishi bo‘yicha ayniyat tashqi savdo aylanishi saldosiga ko‘ra aniqlanadi:
TJ = M – X yoki TJ = -SE.
Pirovardida yuqorida keltirilgan ayniyatlarni umumlashtirsak, quyidagi ayniyatlarga ega bo‘lamiz:
HJ + DJ + TJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI + (XS – TR – DQ) – JPI + (-SE),
HJ + DJ + TJ =YAIM – UPI – JPI – SE,
JA = INH.
Do'stlaringiz bilan baham: |