15-bob. Yaim. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti va ularning o‘zaro bog‘liqligi


YAIMni daromadlar usulida hisoblash



Download 181,5 Kb.
bet5/9
Sana13.06.2022
Hajmi181,5 Kb.
#661176
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-mavzu lotin

15.3. YAIMni daromadlar usulida hisoblash

Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo‘linadi:


– faqat uy xsho‘jaliklariga tarqatilishi mumkin bo‘lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar;
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar.
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. SHu sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas.
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo‘lsalar, o‘shalarga to‘lanadi. Ushbu moddaga, shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy sug‘urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va boshqa fondlarga to‘lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga qo‘shimchalar tadbirkorlarni ishchi kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarining bir qismi bo‘lgani sababli, firmalarning ish haqini to‘lash bo‘yicha xarajatlari elementi bo‘lib hisoblanadi.
Mehnat haqining juda past ulushi, masalan, qishloq xo‘jaligida, “mehnatni ekspluatatsiya qilish” darajasining ushbu tarmoqda katta ekanligidan dalolat bermaydi. Past darajadagi ulushning asosiy sababi, ushbu tarmoqda band bo‘lganlar, odatda o‘zi uchun ishlaydi va ularga oila a’zolari yordam berishadi. Mehnat haqi ulushi daromadlarning yollanma ish bilan bandlar foydasiga o‘zgarishlarni to‘g‘ri ifodalay olmaydi. Bu, xususan, ko‘pincha iqtisodiy rivojlanish natijasida moliyaviy imkoniyatlardan foydalanib ish haqini oshirish o‘rniga, ish vaqtini qisqartirish holatlarida uchrab turadi.
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko‘pchilik mamlakatlarda yollanma mehnat bilan shug‘ullanuvchilar ulushi muntazam kamayib bormoqda.
Foyda tushunchasi, haqiqatda mulkdan daromad (nokorporativ tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar foydasiga bo‘linadi. Birinchi holatda gap, individual mulk xisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va kooperativlarning sof foydasi, to‘g‘risida ketadi.
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin:
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko‘rinishida;
– aksionerlarning dividendlari ko‘rinishida;
– yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovlarni chegirgandan so‘ng qolgan barcha summa – korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi ko‘rinishida.
YAIM tarkibida ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foydadan tashqari yana mablag‘larni ikki turda taqsimlanishi, ya’ni daromadlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab chiqaruvchida mavjud bo‘lgan asosiy kapital joriy qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi.
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo‘lgan asosiy kapital kiritilmaydi.
Iste’mol qilingan kapital qiymati sotib olingan vaqtdagi narxlarda emas, balki hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan vaqtdagi haqiqatdagi yoki hisoblangan narxlar va kapital tovarlar uchun ijara to‘lovlaridan foydalanib hisoblanishi kerak. Kapital tovarlarning boshlang‘ich qiymati, ya’ni dastlabki ular uchun to‘langan narxlarning asosiy kapital iste’molini hisoblashda qo‘llanilishi ba’zi noaniqliklarga olib kelishi mumkin. CHunki, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda bunda kapital tovarlarning narxlari vaqt davomida tez-tez o‘zgarib turadi. SHu sababli buxgalteriya hisoblari va soliqqa tortish bo‘yicha hujjatlardagi amartizatsiya ajratmalar summasi bilan asosiy kapital iste’moli qiymati inflyasiya darajasi yuqori bo‘lgan holatlarda ancha farqlanishi mumkin.
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga qisqa muddatli ijara yoki shunga o‘xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to‘lanadigan summa tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni asosiy kapital iste’molini, qoplashi, shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy kapital uchun belgilangan foiz to‘lovlari va boshqa kapital egasining xarajatlarini qoplashi zarur.
Daromad to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan yana bir xarajat turi davlat tomonidan soliq undirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo‘lib hisoblanadi va shu sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, mulk solig‘i, litsenzion to‘lovlar va bojxona poshlinalari.
Ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib eksport-import operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy aloqalar hisoblanadi. Bunda ichki va tashqi narxlar variatsiyasi darajalari katta ahamiyatga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar variatsiya miqdoriga qarab yutishlari yoki yutqazishlari mumkin. Masalan, ma’lum mahsulot turini ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarga ichki narxlarda sotishadi. Ular esa, o‘z navbatida, xorijga bu mahsulotni jahon yoki shartnoma narxlarida sotadilar. Boshqa tomondan, aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, davlat import mahsuloti narxining bir qismini o‘z hisobidan qoplashi mumkin. YUqorida ko‘rsatilgan eksport va import operatsiyalari orasidagi farq tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilotlarning sof daromadi bo‘lib hisoblanadi.
Biroq bu erda gap tamoman boshqa narsa, ya’ni xorijdan olingan sof omil daromadlari to‘g‘risida ketayapti. Xorijdan olingan sof omil daromadlari MHTda hisoblanadigan YAIM va YAMD ko‘rsatkichlari orasidagi farqdan kelib chiqadi. Mamlakat rezidentlari tomonidan xorijda yaratilgan omil daromadlari xorij mamlakatining YAIMga qo‘shiladi, lekin YAMDga qo‘shilmaydi. O‘z navbatida, xorijda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo‘shilmaydi, lekin YAMDga qo‘shiladi.
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo‘shiladi, lekin YAMDga qo‘shilmaydi. Omil daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi.



Download 181,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish