Kiprikli tugunning ()
uzunligi 2
mm bo’lib, ko’ruv nervini tashqi tomonida yotadi. Kiprikli tugun parasimpatik nerv gazimining
ikkinchi neyron hujayralaridan tashqil to’gan bo’lib, undan chiqqan postganglionar tolalar qisqa
kiprikli nervlar tarkibida kiprikli va qorachiqni toraytiruvchi muskullarga boradi. Bundan
tashqari tugundan uch shoxlik nervning sezuvchi tolalari va simpatik postganglionar tolalar
tranzit holatda o’tadi.
2.Yuz (oraliq) nervning parasimpatik qismi
yuqorigi so’lak ajratuvchi o’zak, qanot-
tanglay, jag’ osti tugunlari va ularda joylashtan hujayralar o’siqlaridan iborat. Yuz nervi
tarkibida yo’nalgan yuqorigi so’lak ajratuvchi o’zakning preganglionar tolalarining bir qismi
nervning tizzachasi sohasida katta tosh nervi bo’lib ajrab, o’z nomidagi yoriq orqali kalla ichiga
kiradi. U chakka suyagi piramidasidagi egat bo’ylab yo’nalib, yirtiq teshik orqali kalladan
chiqqach simpatik nerv bilan qo’shilib qanotsimon kanal nervini hosil qiladi va qanot-tanglay
tuguni hujayralarida tugaydi.
Qanot-tanglay tuguni
noto’g’ri shaklda o’lchamlari 4-5 mm bo’lib,
qanot-tanglay chuqurchasida ustki jag’ nervining tagida yotadi. Tugun hujayralaridan boshlangan
postganglionar tolalar ko’z yoshi bezi, burun bo’shlig’i, tanglay va halqum shilliq pardasi
bezlarini innervatsiya qiladi. preganglionar tolalarning boshqa qismi nog’ora tori tarkibida
kalladan tosh-nog’ora yorig’i orqali o’tib, til nervi tarkibida jag’ osti va til osti tugunlariga boradi.
Jag’ osti tuguni
o’lchamlari 3-3,5 mm noto’g’ri shaklda bo’lib, jag’ osti bezining ichki tomonida
yotadi.
Til osti tuguni
doimiy bo’lmay, til osti bezining tashqi yuzasida yotadi va jag’ osti
tugunidan kichik. Bu tugunlar hujayralaridan boshlang’an postganglionar tolalar jag’ osti va til
osti bezlarini innervatsiya qiladi.
3. Til-yutqin nervining parasimpatik qismi
pastki so’lak ajratuvchi o’zak, quloq tuguni va ularda
joylashgan hujayralar o’siqlaridan iborat. Til-yutqin nervi tarkibida yo’nalgan pastki so’lak
ajratuvchi o’zakning preganglionar tolalari nog’ora nervi tarkibida nog’ora bo’shlig’iga kiradi.
Undan kichik tosh nervi nomi bilan o’z nomidagi yorig’ orqali kalla ichiga chiqib, chakka suyagi
piramidasidagi egatda yo’naladi.
u nerv Bkalladan ponasimon-tosh yorig’i orqali chiqib quloq tuguniga qo’shiladi.
Quloq tuguni
3-
4 mm
katgalikda, yumaloq shaklda bo’lib, oval teshik tagida joylashgan. Bu tugunning hujayralaridan
boshlangan postganglionar tolalar quloq-chakka nervi tarkibida quloq oldi beziga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |