Xo‘jaIik yurituvchi subyektlarda joriy va uzoq muddatli majburiyatlar hisobi
Joriy majburiyatlar - kreditor talabiga ko‘ra bir yil davomida to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyatlardir. Uzoq muddatli majburiyatlarga to‘lash muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. Buxgalteriya hisobida “debitor” atamasi muayyan jamiyatdan qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. “Kreditor” atamasi muayyan jamiyatni qarzdor qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. Ya’ni boshqa jamiyatlaming bu jamiyat oldida hisob- kitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Bunda jamiyat tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarida bir jamiyat ham debitor ham kreditor bo‘lishi mumkin. Masalan, tovar yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha tovarlar yetkazib berilgan bo‘lsa-yu, ularning puli to‘lanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchiga bu summa debitorlik majburiyati deb ko‘rsatiladi va u debitor, ya’ni xaridorlarga ma’lum summadagi tovarlarni majburiyatga bergan deb hisoblanadi. Shu jamiyatning o‘zi mazkur tovarlarni sotib olgan jamiyatlar uchun kreditor bo‘ladi. Xaridor sotib olingan tovar bo‘yicha mana shu majburiyat summasini batamom to‘lab bo’lgunicha kreditor majburiyati deb ko‘rsatadi.
Korxona debitorlik majburiyati - bu jamiyatning aylanmasidan chiqib qolgan va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda bo‘lgan mablag‘laridir. Jamiyatning o‘z mablag‘lari yoki boshqa jamiyatlaming mablag‘lari bu majburiyatlarni qoplash manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Korxonaning kreditorlik majburiyati - bu jamiyatning boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan vaqtincha jalb etilgan mablag‘laridir. Ulardan shu jamiyatning aylanmasida vaqtincha foydalaniladi. Ularni toiash muddati kelganida bu mablagMar aylanma mablag4ar summasidan olib berilishi kerak.
Joriy qarzlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
mamlakatimiz hisob amaliyotiga yangi schyotlar rejasiga o‘tish munosabati bilan kiritilgan. Uning joriy qismini hisobga olish uchun yangi schyotlar rejasining 6-bo‘limida 6250-“Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar” deb nomlangan schyot ochilgan. Ushbu schyotda vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan foyda solig‘i summasi aks ettiradi.
Korxonalarda foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar hisob daromadidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, to‘lanadigan foyda solig‘i esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Hisob daromad va soliq solinadigan daromadni aniqlashdagi yondashuvlardagi farq moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim. Korxonaning hisob siyosatiga muvofiq hisob ma’lumotlari bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar korxona tomonidan daromadni olish davomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib, hisoblangan foyda solig‘i va soliqqa tortiladigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan to‘lanadigan foyda solig‘i o‘rtasidagi farq, vaqtinchalik farq sifatida yuritiladi va 7250 “Vaqtinchalik farqlar
bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli
majburiyatlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar
bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli
majburiyatlar” schyotining debetidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar
bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar” schyotining kreditiga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olingan kreditlar hisobini
yuritish:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablag‘lari yetarli bolmaganida bankdan kredit mablag‘lari yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan qarz mablag‘lari olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |