II. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish bosqichlari va vaqti:
|
O’qituvchi faoliyati
|
O’quvchi faoliyati
|
Bosqich
Tashkil qilish
|
Fasl, oy, kun, hafta kunlari haqida suhbat.
|
Tezkor savollarga javob beradilar
|
Bosqich
O’tilganlarni takrorlash
|
Kesma haqida tushunchalarni takrorlash.
Test topshirig’I orqali o’tilganlar takrorlanadi.
|
Kesma chizish
|
Yangi material ustida ishlash
|
Darslik bilan ishlash:
7- masala og’zaki bajariladi.
8- misol Ko’pburchaklar ustida ishlash;
9- misol doskada bajarish, og’zaki so’rov
10- masala og’zaki bajarish
11- misol O’qib javobini aytish
|
Og’zaki va yozma bajarish
Og’zaki suhbat
Yozma va og’zaki bajarish
Natijani bilish
To’g’ri o’qish va natijani aniqlash
|
Bosqich
Mustahkamlash
|
“Matematika” daftari bilan ishlash
Taqqoslash mashqlarini bajarish
Tezkor hisob o’tkaziladi.
|
O’z o’zini baholash
|
Bosqich
Yakunlash
|
O’quvchilarni rag’batlantirish
|
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Sinfni darsga tayyorlash. O’quv qurollarini tekshirish Dars shiorini aytish.
Bir, ikki, uch boshlaymiz.
Bilim olishga shaymiz
Kuch va qudrat ilmimizda
Dunyo bizning qo’limizda.
Xozir qaysi fasl hukm surmoqda?
Qish faslida nechta oy bor?
Bugungi sanani kim aytadi?
Bugun haftaning qaysi kuni?
O’tilganlarni takrorlash:
Tezkor savol- javob:
Matematikada nechta raqam bor?
Bu raqamlar bilan nimalarni hosil qilamiz?
Raqamlarni kimlar o’ylab topgan?
Bu raqamlar qanday nomlanadi?
0 sonini kim kashf qilgan?
Biz yana qanday raqamlarni ishlatamiz?
Eng kichik bir xonali son?
Eng katta bir xonali son?
10 necha xonali son?
Ikki xonali sonni eng kattasi? 3 xonalini-chi, 4 xonalinichi
Rasmlar nomining birinchi harfidan so’z hosil qiling.
K E S M A
Biz o’gan darsda kesmalr haqida suhbatlashdik.
Kesma deb nimaga aytiladi?
Kesma chizib bering?
Kesmani nima qilish mumkin?
Kesmani nima yordamida o’lchaymiz?
Demak, uzunlikni nima yordamida o’lchar ekanmiz? Uzunlik birligini ayting.
Yana qanday o’lchov birliklarini bilasiz?
Test topshirig’I bajariladi. Yoki “Mosini top” o’yini
Yangi material ustida ishlash:
Darslik bilan ishlash:
7-masala Rasm asosida masala tuzish.
Rasmda nimani ko’ryapsiz? U qayerda harakatlanadi?
Demak, vertalyot Havoda harakatlanadigan transport hisoblanadi.Yana qanday havo transportini bilasiz?
Bor edi – 7 ta
Keldi- 2ta
Hammasi- ?ta
⃝ +2 = ⃝ 7+2=9
7-nimani bildiradi? 2- nimani bildiradi? 9- nimani bildiradi? Hadlar nomini eslaymiz.
8-masala Qanday shakllarni ko’ryapsiz? To’rtburchak necha qismga ajratilgan? 3qismga ajratish uchun necha kesma chizilgan?
Siyoh rangdagi shakl nima deyiladi? Olovrangdagi-chi? Qizil rangdagisi-chi? Bir xil shalklar qaysi?
Beshburchak necha qismga ajratilgan? Necha kesma chizish bilan ajratishgan? Bir xil shakl mavjudmi?
Siyoh rang qaysi timsolda bor? Boshqa ranglar –chi?
“Harakatlar strategiyasining 2- rangi . Adolat va ustivorlik ramzi.
9- masala Chizg’ich yordamida nuqtalarni ketma –ketligiga va rangiga ko’ra birlashtiring. Qanday shakllar hosil bo’ladi?
Doskada plakatda ishlanadi. Turli xil to’rtburchak hosil bo’ladi? Burchaklari o’quvchilarga belgilatiladi va sanaladi.
10- masala o’qib eshittiriladi. Qutidagi tuxumlar nechta? Nechtasi olindi? Nechta tuxum qoldi? Buni qanday aniqlaymiz? Ifoda tuzdirish va doskaga yozdirish.
10-4=6 Hadini ayttirish.
11- misol oqitiladi, javobi so’raladi.
6+3 9-4 5+5 8+2
7+2 8-3 9-9 7+3
Dam olish daqiqasi:
Bo’lay desang bog’bon
Yo Vatanga posbon
Yo osmonda uchuvchi
Yo dengizda suzuvchi
Nimaiki qilsang tilak
Bariga o’qish kerak
O’quvchi sendan talab
Maktabga bor ertalab.
O’qi berib mehringni
Qo’yib ko’ngil zehningni.
Mustahkamlash: “Matematika daftari” bilan ishlash.
Masala tuzing va yeching. Masalada nimalar bo’lishi shart?
Ma’lum, nima’lum savol.
Qanday qisqa yozuv berilgan? (chiziqli)
Qisqa yozuvlar qanday shakllarda bo’ladi?
(So’z bilan yozilgan, rasmli, jadvalli, chiziqli )
Masala gul haqida bo’lsin? O’quvchilarga tuzdirish.
Menda 7 ta gul boredi. Ukam menga bir nechta gul berganidan keyin gullarim 10 ta bo’ldi. Ukam menga nechta gul bergan?
Yechish: 10-7=3 (ta) Javob: 3 ta gul.
Ifoda va sonni taqqoslash. Mustaqil bajarish. Proyektor orqali “Assessiment” metodida tekshirish.(O’z –o’zini tekshirish)
Bo’sh katakni to’ldirish o’yini.
Doskada va daftarda yechiladi. Plakat doskaga ilib qo’yiladi. O’quvchilar navbat bilan bajaradilar.
Rag’batlantirish: O’quvchilar dars davomida rag’batlantirib boriladi. Kimlar dars davomida rag’bat kartochkalari olganligi so’raladi.
Dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |