O’quvchilar:-Onamiz,otamiz buvimiz,bobomiz…
O’qituvchi:-Xudoyberdi To’xtaboyev uchun eng sevimli insonlaridan biri bobosi bo’lgan.Nima uchun?
O’quvchilar:-(fikrlarini aytadilar ):
Dars jihozi: darslik,Xudoyberdi To’xtoboyev portreti, turli rasmlar, sahna ko’rinishi uchun eshak maketi,mevalar.
Kutilayotgan natija: o’quvchilar o’qish darsida X.To’xtaboyevning eng sevimli insoni, ya’ni uning bobosi haqida yozilgan “Erkacholning o’rigi hikoyasi bilan tanishadilar.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
O’qituvchi:-Bolalar,bizning Baliqchi qishlog’imiz qaysi mevasi bilan mashhur?
O’quvchilar:Anjiri bilan mashhur .
O’qituvchi:-Anjirning qanday navlarini bilasiz?
O’quvchilar:O’zbekiston sariq anjiri ,O’zbekiston qora anjiri ,qabota anjir.
O’qituvchi:Juda to’g’ri’,qishlog’mizda anjir mevasi ekilmagan biror hovli bo’lmasa kerak .Hatto bir mahallga “Anjirzor”deb nom ham qo’yilgan Ana shu anjir ko’chatlarini kimlar ekkani haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?
O’quvchilar:-Bobolarimiz otalarimiz.
O’qituvchi:-Barakalla!Bog’larimizni
Asrab-avaylash,qurigani o’rniga yangisini ekish, bizdan keyingi avlodlarimiz ham ulardan bahramand bo’lishi uchun ehtiyot qilish –bizning burchimizdir .
Yangi mavzu.
(Avvaldan tayyorlab doskaga qo’yilgan sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To’xtaboyevning surati ko’rsatiladi).
O’qituvchi:-Xudoyberdi To’xtaboyevning qanday asarlarni o’qigansiz?
O’quvchilar:-“Hassa”,”Xatosini tushungan bola”,”Sariq devni minib “ va hokazo .asarlarini o’qiganmiz .
O’qituvchi:-Juda yaxshi ,bugun sevimli yozuvchimizning”Erkacholning o’rigi” hikoyasi bilan tanishamiz .(Mavzu o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi .Hikoya yuzasidan suhbat o’tkaziladi.).
O’qitovchi:-Sizning bu dunyoda eng sevimli ,mehribon kishingiz kim ?
O’quvchilar:-Onamiz ,otamiz ,buvimiz,bobomiz…
O’qituvchimiz:-Xudoyberdi To’xtaboyev uchun eng sevimli insonlaridan biri bobosi bo’lgan .
Nima uchun?
O’quvchilar(fikrlarini aytadilar):
-Yozuvchi yoshligida bobosi bilan yashagan ,bobosi uni mehnatga o’rgatgan ,ertaklar aytib bergan,erkalatgan .Shuning uchun bobosini juda-juda yaxshi ko’rgan .Ko’p yillar o’tcaniga qaramayXudoyberdi To’xtaboyev hozirgi kunda ham bobosini eslasa ,yuragi hapqirib ketishi ,shirin-shirin entika boshlashi haqida yozadi.
-Juda (O’quvchilar navbat bilan hikoyani o’qiydilar).
Mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi:-hikoya nima uchun “Erkacholning o’rigi “deb nomlangan?”Qoraqandak o’rigi” haqida nimalarni bilib oldingiz?
Yozuvchi nima uchun yoshlar orasida bo’lgisi keladi? (Shu kabi savollar bilan mavzu yuzasidan muhokama o’tkaziladi)
Dam olish daqiqasi.
Nihol.
Hovlida yer yumshatib,
Chuqurchaga joyladik.
Chelakchasida Qunduz ,
Bir-bir suv quyib turdi.
Shuhrat, Bobur ter to’kib,
O’raga tuproq surdi.
Endi uni doimo
Parvarish qilish kerak.
Serhosil bo’lsin uchun,
Ko’p mehr berish kerak.
(Har bir qatorga topshiriq beriladi).
1-qator “Erkachol boboni”ta’riflaydi:
mehnatkash
mehribon kamtar
tikqomatli
to’g’riso’z
tinib tincnimaydigan
tajribali
baland bo’yli
Erkachol bobo – baland bo’yli,tik qomatli,tinib-2-qator “Qoraqandak” o’rniga tariff beriladi:
Qoraqandak – mazali, shirin, og’izda erib ketadi, quruq, suvsiz
IV. O’quvchilar bilimini baholash :
Darsda savollarga yaxshi javob bergan faol o’quvchilar baholanadi.
V. Darsni yakunlash .
Uyga vazifa berish. Yozuvchi H.To’xtaboyevning yoshligi sizda qanday taassurot qoldirdi ? Hikoya bilan tanishgach kimlarga o’xshashni istadingiz ? tariqasida insho yozish.
Foydalanilgan adabiyotlar .
1. Boshlang’ich ta’lim jurnali 1-2 –sonlari.
2. 4- sinflar uchun o`ish fanidan metodik qo’llanma .
3. 4- sinf uchun o`ish fani darsligi.
4.. Maqol va topishmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |