14-mavzu: Xarakter aksentuatsiyasini o’rganish Maqsad



Download 351,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.07.2022
Hajmi351,59 Kb.
#767404
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu Xarakter aksentuatsiyasini o’rganish

 
 
Xarakter aktsentuatsiyasi 
Nemis psixiatri K. Leongard fikricha, 20 - 50 % kishilarda ba`zi xarakter 
xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba`zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy 
portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning 
boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarining 
yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada engil va 
hatto psixopatiya darajasigacha bo`lishi mumkin. O`smirlar orasida xarakter 
aktsentuatsiyasi ko`p (50-80%) uchraydi. Uni turli psixodiagnostik testlar, masalan, 
Shmishek testi orqali aniqlash mumkin. 
K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi: 
1. Gipertim tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - 
ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha 
xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo`yganligi sababli ziddiyatlar 
kelib chiqadi. 
2. Distim tip. Kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist
ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi. 
3. Sikloid tip. Kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - 
gipertim, yomon paytda distim tipga o`xshab qoladi. 
4. Qo`zg`aluvchan tip. Muloqotda passiv, verbal va noverbal reaktsiyalari sust, 
qaysar, ba`zan urushqoq, ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori. 


5. Kuchaytiruvchi tip. Kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori 
natijalarga erishishni xohlaydi, tez xafa bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. 
Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo`rttirishga moyil. 
6. Pedant tip. Ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda bo`ladi, 
atrofdagilarga ko`plab rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy, ishonchli xodim. 
7. Xavotirli tip. Kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini 
olib qochadi, tinchliksevar, o`z - o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida 
bajaradi. 
8. Eemotiv tip. Tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradi, 
xafa bo`lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g`amxo`r, 
mas`uliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi. 
9. Namoyishkorona (demonstrativ) tip. Muloqotga tez kirishadi, etakchilikka 
intiladi, hoqimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob 
tafakkurga, xulq - atvorga ega. 
10. Ekzaltirlashgan tip. O`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi, 
qiziquvchan, do`stlari va yakinlariga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi, did- 
farosatli, samimiy. 
11. Ekstrovertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishuvchan, do`stlari ko`p, 
ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitishi mumkin. 
Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. 
12. Introverlashgan tip. Muloqotga kirishishga qiynaladi, “ichimdagini top”, 
falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat`iyatli, e`tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri 
qotib qolgan. 
To`g`ri tashqil etilgan ta`lim - tarbiya jarayonida xarakter aktsentuatsiyasini 
tarbiyalash va tuzatish mumkin. 
SHaxsning xususiyatiga urg’u berish (aksentuatsiya) so’rovnomasi. 
(K.Leongradga ko’ra) 
Ushbu so’rovnoma A.A.Baranov tomonidan Kari Loyengradning shaxs 
xusuyati urg’uligi(aksentuatsiyasi)ning tipologiyasiga asoslanib ishlab chiqilgan. U 
72 ta tasdiqlovdan iborat bo’lib, so’roqlanuvchi o’zini tutishiga doir berilgan 
savollarga “ha” yoki “yo’q” degan javobini berishi kerak. 
Bu so’rovnoma shaxsning fikr yuritishi yo’nalishi, xarakter va 
temperamentidagi o’ziga hos va ustun qirralarini anqlish imkonini beradi, 


shuningdek shaxsning keltirilgan parametrlarini eskpert tomonidan baholanishida 
yuqori samarali usul hisoblanadi. 
Natijalar ko’rib chiqilayotganda so’roqlanuvchining faqat tasdiqlagan, ya’ni 
“ha mening o’zimni tutishimga mos keladi” degan javoblari inobatga olinadi. 
Quyidagi jadvalda ushbu hususiyatlarga mos keladigan raqamlar va tasdiqlov sonlari 
berilgan. Masalan, xarakterning o’ta sinchkovligi (shifr-03) 3, 15, 27, 39, 41, 53, 65 
tasdiq sonlari so’roqlanuvchida kuzatiladi. 

Download 351,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish