- Boshqa muqobil variant valyuta nazorati hisoblanadi. Valyuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o’z navbatida chet el valyutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o’rtasida taqsimlaydi. Shu yo’l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valyutasi miqdoriga cheklaydi.
Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. to’g’ri - Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so’mga, 1 Rossiya rubli 32 so’mga teng va hakozo.
teskari - Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi. Masalan, 1 o’zbek so’mi 0,001025 AQSh dollariga to’g’ri keladi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o’zbek so’mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi Qayd etilgan valyuta kursi bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi. Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega. - Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.
Pd Er = En —————— Pt - Bu erda : Er – real valyuta kursi; En - nominal valyuta kursi ;
- Rd – milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);
- Rt – xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
Xarid qobilyati pariteti - Xarid qobilyati pariteti kontseptsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. Ya’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi Agarda, AQSh dollariga mamlakat ichida chet mamlakatlarga nisbatan ko’proq mahsulot sotib olish mumkin bo’lsa, u holda mamlakat ichkarisida sotib olingan mahsulotni chetga sotish orqali foyda olish mumkin. Oqibatda foyda olish maqsadida xorijga tovar olib chiqish ko’payadi va baholar tenlashishiga sabab bo’ladi.
Xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya’ni: - Xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya’ni:
Pd r = ----- Pt Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi; Pt — chet eldagi baholar darajasi. E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |