Qisman konvertirlanadigan valyuta bu, faqat ba’zi xorijiy valyutalarga almashtiriladigan va xalqaro to’lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valyutadir. Konvertirlanmaydigan valyuta bu, faqatgina ichki to’lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir. Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. - Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi.
- Tashqi konvertirlashda xorijda to’lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash ko’pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |