14.5.Korxonalarda ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalarni, shuningdek bir
marta beriladigan mukofotlarni qo‘llash.
Asosiy ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalar. Hozirgi vaqtda amal qilib
turgan kompensatsiya qo‘shimchalari va ustamalarning hamma turlarini ikkita
katta guruhga: mehnat faoliyati sohalari bo‘yicha cheklanmaydigan qo‘shimchalar
va ustamalarga hamda muayyan mehnat sohalarida qo‘llanadigan qo‘shimchalar va
ustamalarga ajratish zarur. Birinchi guruhga dam olish va bayram kunlarida
ishlaganlik uchun; ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun; voyaga yetmagan
xodimlarga ularning ish kuni qisqartirilganligi munosabati bilan; o‘zlariga berilgan
tarif razryadidan past ishlarni bajarayotgan ishchilarga qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda o‘rtacha maoshga yetkazish uchun to‘lanadigan qo‘shimchalar;
ishni bajarishning normal sharoitlaridan chekinish munosabati bilan ishchilarga
to‘lanadigan qo‘shimchalar kiradi.
To‘lovlarning qolgan barcha turlarini qo‘llash sohasi cheklangan. Bular
turlicha cheklovlardir. Masalan, ba’zilari xodimning asosiy funksiyasi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha ishni kompensatsiyalash maqsadida
belgilanadi. Bunga misol qilib xodim asosiy ishidan ozod qilinmagani holda
rahbarlik vazifalarini bajarishini ko‘rsatish mumkin. Ustamalarning boshqa turlari
noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ishlar sohasini qamrab oladi. Uchinchi
turlarini bajarilayotgan ishning alohida xarakteri (masalan, bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chib ishlaganlik uchun to‘lanadigan ustamalar) keltirib chiqargan.
Qo‘llash sohasi cheklangan qo‘shimchalar va ustamalarni o‘z navbatida uch
guruhga
ajratish
maqsadga
muvofiq.
Birinchi
guruh - rag‘batlantiruvchi
qo‘shimchalar. Ulardan eng muhimlari: kasblar (lavozimlar)ni qo‘shib bajarganlik
uchun; xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik yoki bajarilayotgan ishlar
hajmini ko‘paytirganlik uchun; ishga kelmayotgan xodimning vazifalarini
bajarganlik uchun; ishchilarga kasbiy mahorati uchun; mutaxassislarga mehnatda
erishgan yuksak ko‘rsatkichlari va yuqori malaka darajasi uchun; jahon yutuqlariga
mos mahsulot salmog‘i katta bo‘lishini ta’minlaganlik, mahsulotni eksport qilishni
ancha kengaytirganlik hamda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini
oshirganlik uchun.
Ikkinchi
guruh - bajarilayotgan
ishning
alohida
xususiyati
bilan
(mavsumiyligi, uzoqdaligi, ish ob’ekti noaniqligi va shu kabilar bilan) bog‘liq
qo‘shimchalar; grafik bo‘yicha dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelgan ish
kunlarida ishlaganlik uchun; ko‘p smenali ish tartibi uchun; ishlarni tashkil
etishning vaxta usulida ish vaqti normadan ortiq davom etadigan ish munosabati
bilan.
Uchinchi guruh - normal mehnat sharoitidan farq qiladigan sharoitlar uchun
qo‘shimchalar: og‘ir (zararli) va o‘ta og‘ir (o‘ta zararli) mehnat sharoitlarida
ishlaganligi uchun; konveyer, oqim va avtomat liniyalardagi ishchilarga
mehnatning intensivligi uchun; shaxta va razrezlarning mexanizatsiyalashtirilgan
zaboylaridagi ishchilariga mehnat intensivligi uchun; tungi vaqtda ishlaganlik
uchun; metropolitenlarning tonnellarida va yer osti hududlarida faqat tungi vaqtda
ishlar bajarganlik uchun; ayrim qurilish ob’ektlarida va favqulodda vaziyatlar
tug‘ilishi mumkin bo‘lgan joylarda oshirilgan tarif stavkalari va mansab okladlarini
qo‘llash; xavfli yuklarni tashiganlik uchun.
Qo‘shimchalar va ustamalar turlarining taklif qilingan tasnifi bu to‘lov
turlarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini
beradi.
Rag‘batlantiruvchi
qo‘shimchalar
va
ustamalar.
Rag‘batlantiruvchi
qo‘shimchalar va ustamalar ro‘yxatiga nazar tashlanganida ularning kattagina
qismini qo‘llashdan maqsad xodimlar mehnatini ish kuni doirasida kasbiy (yoki
mansab) sohani kengaytirish hisobiga intensivlashdan iborat ekanligi ma’lum
bo‘ladi.
Oldingi xo‘jalik yuritish tizimida xodimning ish kuni mobaynida normal
(to‘liq) ish bilan band qilish har doim ham ta’minlanavermas edi. Ko‘pincha,
ayniqsa, vaqtbay haq to‘lashda, ish bilan bandlik 50-60 %ni, hatto undan ham
kamroqni tashkil qilar edi. Ishlab chiqarish yuqori darajada tashkil etilmaganligi
korxonalarda ortiqcha personalni saqlab turishni talab qilardi. Ana shu
muammolarni hal qilish vositasi sifatida kasblarni qo‘shib bajarganlik uchun,
xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirganlik, kam sonli personal bilan ishlaganlik va
hokazolar uchun qo‘shimcha haq to‘lash paydo bo‘lgan edi.
Xodimlar kun davomida ish bilan to‘liq band bo‘lishi ta’minlanadigan
korxonalarda har bir xodimning shaxsiy ishchanlik fazilatlarini yuqori ishlab
chiqarish natijalari hammadan yaxshiroq ko‘rsatadi: mehnat unumdorligi yuqoriroq
bo‘ladi, bajarilgan ishlar sifati ancha yuqori bo‘ladi, moddiy resurslarni sarflashga
boshqalarga qaraganda asrab-avaylash munosabatida bo‘linadi va hokazo. Bunda
xodimning mehnat jarayonlarini ratsionallashtirishdagi faolligi, ilg‘or ish usullarini
bilishi va professional tayyorgarligi doimiy ravishda o‘sib borayotganligini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi hisobga olinadi.
Yuksak professional mahorati uchun ustamalar belgilashga nomzodlarni
to‘g‘ri va asosli tanlab olishga xodimlarni attestatsiyalash yoki ularning
«xizmatlarini baholash» tizimini joriy etish yordam berishi mumkin. Bu tizimni
amalga oshirish jarayonida muayyan sistema bo‘yicha har bir xodim faoliyatining
natijalari va ishchanlik fazilatlari baholanadi.
Bir yilda kam deganda bir marta o‘tkazilishi kerak bo‘lgan attestatsiya
natijalari bo‘yicha ustamalar belgilash baholarning taqqoslanishini ta’minlaydi va
hamma xodimlar tomonidan yanada ijobiy qabul qilinadi. Ustamalar miqdori
istagancha bo‘lishi mumkin. Muhimi, ular xodimlarning ishchanlik fazilatlaridagi
farqlarni hisobga olgan holda darajalashtirilgan bo‘lishi kerak. Biroq, belgilangan
ustamalar miqdori haq to‘lash tizimining boshqa tarkibiy qismlari bilan birgalikda
yuqori malakali mutaxassislarga xos darajada haq to‘lanishini ta’minlashi kerak.
Rag‘batlantirishning bunday shakli asossiz ravishda kengayib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun kasbiy mahoratga to‘lanadigan hamma ustamalarni ana shu
maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning tamomila aniq summasi doirasida
belgilash maqsadga muvofiqdir.
Nazorat uchun savollar
1.Mehnatga haq to‘lash tizimlari tushunchasi nimadan iborat?
2Ish haqining ishbay hamda vaqtbay tizimlarini qo‘llash qanday qo‘llaniladi
?
3.Rag‘batlantirish tizimlarini nimalardan iborat?
4.Korxonalarda ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalarni tasniflab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |