14-mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish (4 soat)


Minimal ish haqi nazariyasi va uni qo‘llashning xorijiy amaliyoti



Download 426,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.12.2022
Hajmi426,59 Kb.
#887312
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-МАВЗУ Mehnatga bo’lgan rag’bat, motivatsiya va haq to’lashni tashkil etish

 Minimal ish haqi nazariyasi va uni qo‘llashning xorijiy amaliyoti 
Dunyodagi ko‘pgina davlatlarda mehnat bozorining davlat tomonidan tartibga 
solinishi minimal ish haqini (MIH) joriy qilish qonuniyatlari orqali amal qilishni 
o‘z ichiga oladi. Xorijlik mutaxassislarning fikricha, minimal ish haqi ijtimoiy 
ta’minotning turli shakllari bo‘lgan ovqatlanish va tibbiy xizmatlardan 
foydalanishga bepul talonlar berilishi, kambag‘allar uchun munitsipal uy-joylar 
qurilishi kabilarga nisbatan olib qaraganda eng kam ta’minlanganlik yoki 
kambag‘alikka qarshi kurashning samarali yo‘lidir.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda mehnat munosabatlarini tartibga solishda 
ushbu usulidan keng foydalanadilar va ish borasida kattagina tajriba ham 
to‘plaganlar. Mazkur usul turlicha nazariya va modellarda o‘z aksini topgan. 
Amerikalik iqtisodchi olim J.Stiglerning fikricha raqobatli mehnat bozorida 
minimal ish haqining amal qilishi noiloj ishsizlikka olib kelishini taxmin qildi
2

Fransiyada minimal ish haqi uch tomonlama muzokaralar orqali, Yaponiyada 
esa ikki tomonlama muzokaralar orqali belgilanadi va jamoaviy shartnomalar 
tuzish yo‘li bilan mustahkamlanadi. Bu davlatlarda minimal ish haqi 
xizmatchilarning ish haqlari va oylik maoshlarini hisoblab chiqarish uchun "baza" 
bo‘lib xizmat qiladi. Fransiya hukumati minimal ish haqiga kiritiladigan 
tuzatishlarni o‘zi mustaqil ravishda qabul qilish huquqiga ega. Lekin bu hukumat 
bunday tuzatishlarni mehnat shartnomalari qo‘mitasining xulosasi asosidagina 
qabul qila oladi. Mazkur qo‘mita doimiy ishlaydigan maslahat organi bo‘lib, u 
mehnatkashlar vakillari (16 kishi), ish beruvchilarning vakillari (16 kishi), oilaviy 
uyushmalarning namoyandalari (3 kishi) va hukumat vakillarini (3 kishi) o‘z ichiga 
oladi. Nihoyatda xilma-xil manfaatlarni hisobga oladigan shu qadar demokratik 
tusdagi taomil minimal ish haqini oshirish borasida samarali yechimlarni topish 
imkonini beradi
3

2
Stigler G. The Economics of Minimum woge legislation // American Economic Review 36. 1946 
3
Шелленбарджер С. Любовь любовью, а денежки врозь. // Ведомости, 2005 й. 25 март. 


Uzoq vaqt mobaynida o‘zining umummilliy minimal ish haqi bo‘lmagan 
Buyuk Britaniyada 1959 yildan 1993 yilgacha "Ish haqi bo‘yicha kengashlar 
to‘g‘risida"gi qonun amal qilib kelgan. Grafliklar va munitsipalitetlarda tashkil 
etilgan kengashlarga kasaba uyushmalari, ish beruvchilarning vakillari hamda 
Mehnat va ish bilan bandlik vazirligi tomonidan tayinlanadigan mustaqil ekspertlar 
kirar edilar. Ular kam haq to‘lanadigan muayyan toifalardagi xodimlar uchun 
minimal ish haqi darajasini belgilar va tayinlar edi. Lekin qonun orqali kiritilgan 
ushbu yangi soat minimumi 1999 yilning aprelidan e’tiboran ish beruvchilar uchun 
majburiydir. Kanadada minimal ish haqi miqdorini belgilash bilan Vazirlar 
Mahkamasi shug‘ullanadi. Buning uchun u oldindan uch tomonlama kengashuv 
organi bilan maslahatlashib oladi. Mazkur kengashuv organining vakolatlari 
doirasiga mehnat munosabatlariga oid xilma-xil muammolar kiradi. 
Erkin iqtisodiy islohotlar sharoitida ish haqining to‘rt asosiy vazifasini 
farqlash mumkin: 
- qayta tiklash, ishchi kuchini qayta tiklash imkoniyatini ta’minlaydi; 
- rag‘batlantirish 
(asoslash), 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishdagi 
manfaatdorlikni oshirishni nazarda tutadi; 
- ijtimoiy, ijtimoiy adolat prinsipini amalga oshirishda yordam beradi; 
- hisob – ishlab chiqarish, mahsulot bahosini hosil qilishda jonli mehnatning 
qanchalik hissasi borligi va uning ishlab chiqarishni jami harajatlardagi ulushini 
ifodalaydi.
Shunday qilib, ish haqining vazifalari xilma-xildir. U bajaradigan vazifalar 
dialektik birlikni tashkil qilib, ular bir jam bo‘lgandagina ish haqining mohiyati, 
undagi ziddiyat va muammolarni to‘g‘ri anglash mumkin bo‘ladi. Ish haqi 
vazifalarini ilmiy tasniflash zarur, bu hozircha iqtisodiy adabiyotda to‘la amalga 
oshirilgan deya olmaymiz. Bu munosabatda ham bir vazifa to‘g‘risida yagona bir 
butunning – faqat boshqa qismlarning mavjudligini nazarda tutibgina qolmay, 
balki ular elementlarini o‘z ichiga olgan ish haqining qismi to‘g‘risidagi xulosaga 
kelish muhimdir. Masalan, hisob – ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va 
rag‘batlantirish kabi vazifalar ayni bir vaqtda ijtimoiy rolni ham bajaradi. O‘z 
navbatida, takror ishlab chiqarish vazifasida ish haqining rag‘batlantirish va hisob 
– ishlab chiqarish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. Shu bilan birga umumiy 
birlikdagina vazifalardan biri boshqasiga qarshi chiqishi, ba’zida istisno qilishi va 
ta’siri natijasini pasaytirishi mumkin. 

Download 426,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish