14-mavzu: mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish. Reja



Download 90,52 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi90,52 Kb.
#631141
Bog'liq
14-maruza 2


14-MAVZU: MEHNAT BOZORI VA KORXONALARDA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH.
Reja:

  1. Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari.

  2. Ish xaqi.

  3. Mehnat bozori, mehnat taklifi va mehnatga bo’lgan talab.

  4. Raqobatlashgan, monopolistik va monopsonik mehnat bozorlari.

Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo’lgan talab hosila talab bo’lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog’liq.


Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo’ladi.
Mehnat qilish va dam olish o’rtasidagi bog’liqlik. Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish muammosidir. Agar sutkada 24 soat bo’ladigan bo’lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u so’mga teng bo’lgan maksimal daromad olish mumkin (16.1rasm)



16.1-rasm. Ish vaqti va dam olish o’rtasidagi bog’liqlik

Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo’ladi va uning daromadi nolga teng. Ishchining "daromad va bo’sh vaqti" byudjet chizig’ini chizig’i orqali ifodalash mumkin. Ma’lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining ish vaqti chegaralangan bo’ladi, u ma’lum vaqt dam olib, o’zining ishlash qobiliyatini tiklash kerak bo’ladi. Bundan tashqari, dam olish uni ma’naviy o’sishini ta’minlaydi. Demak, ishchi ma’lum vaqt ishlab, ma’lum miqdorda naf olsa (daromad olsa), u ma’lum vaqt dam olganda ham qandaydir naf oladi (ma’naviy o’sish, zavqlanish). Demak, ishchini qancha vaqt ishlab, qancha vaqt dam olishi kerakligi to’g’risidagi masalani quyidagicha qo’yish mumkin:


Ishchining ishlash vaqti va dam olish vaqtidan bog’liq naflik funksiyasini quyidagicha yozamiz:
, (5)
bu yerda - naflik funksiyasi; - dam olish vaqti; - ish vaqti.
Demak, ishchi sutkadagi 24 soatni ish vaqtiga va dam olish vaqtiga shunday taqsimlashi kerakki, natijada u maksimal naf olsin:
. (6)
+uyidagi shart bajarilganda:
. (7)
Ushbu masalaning optimal yechimini grafik orqali aniqlaymiz (16.2-rasm).



16.2-rasm. Naflik funksiyasini maksimallashtirish.
Monopolistik mehnat bozori. Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o’z ta’sirini o’tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar.
Faraz qilaylik, kasaba uyushmalari sof monopolist. Ushbu holat 16.3-rasmda keltirilgan.



16.3-rasm. Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta’siri.
Ish haqi stavkalari differensiasiyasi (tabaqalashuvi). Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini o’zgarmas deb qaradik. Amalda o’rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo’yicha ham, tarmoqlar bo’yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo’yicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmog’ida ishlaydigan ishchilarning o’rtacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning o’rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmog’idagi o’rtacha ish haqi ham yengil va oziq-ovqat sanoatidagi o’rtacha ish haqidan farq qiladi. Poliklinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda ko’proq maosh oladi.
Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va boshqa to’lovlarning o’zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to’lovlarni ayirib, uni narxlar o’zgarishiga (inflyasiyaga) ko’ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to’lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo’lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to’lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to’lanadigan narx.
Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo’ladi. Agar kapital pul shaklida bo’lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo’yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo’lsa, u kapitalga ko’ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyasiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorens egri chizig’idan foydalaniladi.


16.4-rasm. Lorens egri chizig’

3.2 Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallar
Download 90,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish