9.4. Mikroprotsessorli sistemalarda ishlatidigan aloqa yo’llarining signallari. Fan-texnikaning rivojlanishi sari ma’lumotlarni uzatishda har xil aloqa yo’llaridan foydalanilmlqda, bu aloqa yo’llari ma’lumotlarni turi yoki ishlatilishi joyiga qarab qo’llanilmoqda.
Aloqa yo’llari quyidagi turlarga ajratilishi mumkin:
A) Elektr simlar;
B) Radiotrakt;
V) Optik tolali (nur o’tkazuvchi shisha tolali) kabel;
G) Antennali usul;
Bu aloqa yo’llaridan uzatilayotgan signallarning diagrammalari ham har xil bo’ladi, biz bularni keyinchalik ko’rib o’tamiz. Aloqa yo’llarining ma’lum kamchiligi va afzalligi bordir. Masalan: optik tolali kabeldan bir vaqtda bir nechta signalni yuborish mumkin, bu kuchlanishsizdir, ya’ni tok urish xavfi yo’q. Bu yerda signal toldalarini birlashtirish uchun maxsus qurilma kerak bo’ladi, narxi qimmat, 20o burchak ostida ko’proq burilsa sinadi. Uzatuvchi va qabullovchi qurilmasi bo’lishi kerak.
Antennali usulning afzalligi: bunda ma’lumotni havodan elektromagnit to’lqinlar orqali uzatiladi. Qabullash va uzatish antennalari orqali amalga oshiriladi. Juda katta tejamkorlikka egadir.
Elektr simlari esa ko’p kamchiliklarga ega, masalan: liniyadan ma’lum kuchlanish berib turish, iqtisodiy xarajat qilish, uzilish ko’pligi, yuborilayotgan signallarga xalaqitning telefonni ko’pligi, boshqarish ma’lum chegaralangan joyda bo’lishligi, chastota oralig’ini chegaralanganligi va boshqalar.
O’zgarmas tokning yoki kuchlanishning impul’slarining video impul’slar deyiladi. O’zgarmas tokning impul’slarini yuqori chastotali tebranishlar bilan to’ldirgan impul’slarga radioimpul’slar yoki o’zgaruvchan tok impul’slari deyiladi. Yakka impul’slar amplitudasi(A) va ( ) bilan tavsiflanadi. O’zgarmas tok yoki kuchlanish impul’sning uzunligi deganda shunday vaqt oralig’i tushuniladiki, bu vaqt oralig’ida tok va kuchlanishning bir zumdagi qiymati uning amplitudasining yarmisidan oshgan bo’lishi kerak. O’zgaruvchan tok impul’sining uzunligi deganda shunday vaqt oralig’i tushuniladiki, bu vaqt oralig’ida impul’sning amplitudasini yarmisidan oshganda tebranishni to’ldiradigan to’lqinning yoyi tushuniladi. Odatda axborotlar sifatida bittagina impul’s yuborilmasdan ketma-ket impul’slar yuboriladi. Videoimpul’slarning ketma-ketlik davrini quyidagi rasmda chizib keltiramiz. 9.9-rasm. Bu impul’s amplitudasidan tashqari qaytarilishi, davri T va impul’sning chuqurligi i (skvajnosti) bilan ham xarakterlanadi.
9.9-rasm. Har xil “skvajnli” kema-ket impul’slarni uzatish.
Manbada "1" xabari "0"ga aylansa va bir bitni tashkil etsa, qabullovchi qurilma, bu bitni ma’lumotlarni uzatishi boshlanishi ("nachalo") deb tushuniladi va aloqa yo’lidan ma’lumotlarni qabul qilishga o’tadi. Ma’lumotlarni qabul qilish jarayonida qabulovchi qurilma "to’xta" ("stop") degan xabar kelishini analiz qilib turadi.
Demak, "boshla" va "to’xta" degan bitlar qabullovchi qo’zg’atuvchi qurilmalarni sinxron ishlashini ta’min etib turadi va ma’lumotlar xabarini to’g’ri qabul etishni amalga oshiradi.
Endi chastotali kodlar to’g’risida biroz to’xtalib o’tamiz. Chastotali kodlar, chastota sonlariga bog’liq bo’lgan chastota (soni) kodini qurish maqsadi va ularni uzatish usuli nuqtainazardan qaraydigan bo’lsak ular ikkilik yoki ikkilik bo’lmagan bo’lishi mumkin. Biroq aloqa yo’llaridan ma’lumotlarni uzatishda bu termin (atama) qabul qilingan, hamda radioimpul’slar yordamida signallarni uzatish keng qo’llanilgan. Chastotali kodlarda alohida to’xtalib o’tamiz.
Telemexanika tizimlarida uncha katta songa ega bo’lmagan buyruqlarni tez-tez uzatish uchun bitta chastotali kodlar ishlatiladi, ya’ni hamma xabarlar ma’lum chastotali radio impul’slar ko’rinishida uzatiladi, harflar soni
bu yerda; q - chastotalar soni.
Uzatish vaqtida berilgan buyruqdan tashqari qolgan chastota uzatilmaydi.
Jami katta bo’lgan buyruqlarda ikki impul’sli kod ishlatiladi Chastotali kodni bir vaqtda yondosh va ketma-ket ko’rinishda uzatilishi mumkin. Chastotalarni yondosh uzatgandagidek ikki impul’sli S2 kodidek qarasa bo’ladi. Hamma xabarlar kombinatsiyasi ikki chastota asosida uzatiladi, ya’ni ketma-ket, ikkita chastotani ketma-ket uzatganda umumiy kodlar kombinatsiyasini soni quyidagi formuladan topiladi:
(1)
Bu yerda, N-kodlar kombinasiyasi;
q-umumiy simvollar soni;
Nazorat savollari. 1. Kontrollerlarni boshqarish ob’ektlari bilan bog’lanishlariga qo’yiladigan talablarni keltiring.
2. Kontrollerlarni boshqarish ob’ektlari bilan galvanik bog’lanish sxemalarini turlarini keltiring.
3. Kontrollerlarni boshqarish ob’ektlari bilan galvanik bog’lanishini strukturali sxemalarini keltiring va bloklarini vazifalarini tushuntiring.
4. Transformatorli galvanik bog’lanish sxemasini va uni ishlash prinsipini keltiring.
5. Elektron sxemali gal’vanik bog’lanish sxemasini va uni ishlash prinsipini keltiring.
6. Sath uzatgichi nima va uni sxemasini keltiring, ishlash prinsipini tushuntiring.