9.2. Galvanik bog’lanishni ta’minlash. Sistema qurilmalarining galvanik bog’lanishi, aloqa kanallari shakllantirgichlarining kirish va chiqishlarida ta’minlanadi [2]. Galvanik bog’lanish umumiy o’tkazgichlar bo’yicha tenglovchi toklarni yo’qotish energiyasiga ega alohida qurilmalarning o’zaro ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Galvanik bog’lanish aloqa liniyasining bir yoki ikkala tomonida ham amalga oshiriladi va oxirgi shakllantirgich transformatorlar yoki optoparalar orqali ta’minlanadi. Transformatorlarda galvanik bog’lanishli aloqa kanallarining kirishi va chiqishidagi signallarni oxirgi shakllantirgichining sxemalari, kirish va chiqishlari mos holda 9.4-rasmda berilgan.
9.5-rasmda esa kanalning kirishida qanday bo’lsa, chiqishida ham shunday, R1 va R2 rezistorlarining qarshiligi kabelning to’lqin qarshiligiga mos kelishi shartidan va Berkerson usuli asosida oxirgi shakllantirgichning kirish qarshiligidan tanlanadi.
Optoparalar asosidagi galvanik bog’lanish 9.6-rasmdagi ko’rinishdek tasvirlanadi. Bu yerda R1 rezistorning qarshiligi tanlangan iste’mol manbaida optoparani nominal ulanish tokining ta’minlanish shartidan tanlanadi. R2 rezistor va 564 PU4 sath o’zgartirgichi liniya chiqishining TTL kirishi bilan mos kelishi uchun zarurdir. Agar almashlab ulash invertori (249PP1) qo’llanilsa, unda liniyaning chiqishi kuchlanishining TTL bilan mos kelishi qo’shimcha elementlarsiz amalga oshiriladi.
9.6-rasm. Raqamli signallarni analogli signalga galvanik bog’lovchi (a) va analogli signallarni raqamliga aylantiruvchi (b) sxemalar. 9.3. Sath o’zgartirgichi. Kuchlanish bo’lgichlarini kuchlanishning yuqori sathlarini past sathlarga o’zgartirish uchun qo’llaniladi. 9.7-rasmda is’temol manbaining yuqori sathli kuchlanishda ishlaydigan KMDP turidagi sxemaning iste’mol manbai kuchlanishining past sathida ishlovchi KMDP turidagi sxemalari bilan ulanishiga mos keltirilgan. Sxema uchun R1=20 kOm R2=10 kOm qarshiliklarini tavsiya qilish mumkin. Sath o’zgartirgichining dinamik xususiyatlarini yaxshilash uchun kompensasiyalovchi elementlarni qo’llash mumkin.
9.7-rasm. Optron asosidagi aloqa kanalining chiqishida galvanik boglanishlarni amalga oshirish sxemasiga misol.
9.8-rasm. Kuchlanishlarni sathini o’zgartirgichni strukturali sxemasi. Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni robotlar, manipulyatorlar, tibbiyot texnikalari hamda boshqa nazorat qiluvchi va boshqarish ob’ektlarini ijro etuvchi mexanizmlari bilan ulanishlariga alohida talablar mavjud.