O’zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va aholining iste’mol me’yorlari bo’yicha ta’minlanganlik darajasi, 2016-yil
Mahsu-
lot turlari
|
Jami qishloq xo‘ja-
lik mahsu-
loti, mln.ton-na
|
Aholi jon boshiga ishlab chiqa-
rish, kg.
|
Minimal iste‘mol budjeti uchun me‘yor-
lar, kg
|
Ratsio-nal tibbiy me‘-
yorlar
|
Ta‘minlanganlik darajasi, %
|
Minimal iste‘mol budjeti me‘yor-
larida
|
Ratsional tibbiy me‘yorlar-da
|
Donli ekinlar
|
8261,3
|
259
|
171,2
|
161,3
|
151,3
|
160,6
|
Kartoshka
|
2958,4
|
93
|
63,5
|
63,9
|
146,5
|
145,5
|
Sabza-
vot
|
11275,8
|
354
|
171,5
|
113,3
|
206,4
|
312,4
|
Poliz
|
2044,9
|
64
|
17,5
|
98,6
|
365,7
|
64,9
|
Meva
|
3042,8
|
96
|
67,6
|
87,6
|
142,0
|
109,6
|
Uzum
|
1735,8
|
55
|
15,4
|
25,5
|
357,1
|
215,7
|
Go‘sht
|
2172,5
|
68
|
54,6
|
83,9
|
124,5
|
81,0
|
Sut
|
9703,4
|
147
|
119,3
|
182,5
|
123,2
|
80,5
|
Tuxum, mln. dona
|
6152,5
|
51
|
205
|
305
|
24,9
|
16,7
|
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda deyarli barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha aholi minimal iste’mol va ratsional tibbiy me’yorlardan yuqori darajada ta’minlangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 2016-yilda 8,3 mln. tonnaga yaqinboshoqli va dukkakli don ishlab chiqarilgan. Shuni hisobga olganda, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish 259 kg ni tashkil etadi. Bu aholining minimal iste’mol budjetini hisoblash uchun belgilangan me’yordan (171,2) 1,5 martaga, ratsional tibbiy me’yorlardan (161,3) qariyb 1,6 martaga ko‘pdir.
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish aholi jon boshiga, minimal iste’mol budjeti me’yorlaridan go‘sht bo‘yicha, sut bo‘yicha ancha yuqori, ammo tuxum bo‘yicha kam. Tibbiy me’yorlar bo‘yicha aholi talabi faqat sut bo‘yicha baland, go‘sht va tuxum bo‘yicha mos ravishda qanoatlantirmaydi.
Aholi iste’mol ratsionini optimallashtirish maqsadida ayrim hududlarda, ayniqsa, shahar atrofida sabzavot, meva hamda sut va tuxum ishlab chiqaruvchi, ularni saqlash va sotishga ixtisoslashgan yirik agrofirmalar tashkil etilmoqda.
Uy xo‘jaliklari daromadining oshib borishi, oilalar turmush sifatining yuksalishi, ularning iste’mol ratsionlarida muhim sifat o‘zgarishlariga olib kelmoqda va aholining ratsional tibbiy me’yorlarda belgilangan hajmda ovqatlanishiga imkon tug‘ilmoqda.
14.5. Iste’mol bozorini tartibga solishva rivojlantirish
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini barpo etish davrida iste’mol bozorini tartibga solish va rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashib bordi. Davlat iste’mol bozorida tartibga solishning soliq va boj vositalaridan samarali foydalanmoqda, monopolistik faoliyatlarni cheklab, raqobat munosabatlarining kuchayishiga yo‘l ochib berayapti. Shuningdek, iste’molchilarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Iste’mol bozorida bozor munosabatlarini rivojlantirish, savdo sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ulgurji savdo tizimini yanada takomillashtirish, ulgurji, chakana savdo bilan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida barqaror shartnomaviy munosabatlar uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholiga savdo xizmati ko‘rsatish sifati darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-fevralda «Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprelda «2011 – 2015-yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Iste‘mol bozorining barqaror rivojlanishini ta‘minlash masadida 2017 yil 23 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta‘minlashda o‘ta kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Ichki iste’mol bozorini to‘ldirish va aholini, birinchi navbatda, qish – bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash hamda uni eksportga yetkazib berishni kengaytirish bo‘yicha «O‘zulgurjisavdoinvest» ulgurji savdo korxonalari Uyushmasi faoliyat olib bormoqda.
Xalq iste’moli tovarlarining ko‘rgazma-yarmarka savdosi respublika markazi tomonidan har yili mintaqaviy sanoat yarmarkalari o‘tkazib turilibdi va kooperatsion birja faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |