M. Fridmen konstepstiyasi garchi o’ziga xosligi bilan ajralib tursa ham, u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra, pul miqdori bilan baholar darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, baholar muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi, pulning sotib olish qobiliyati esa baho darajasiga bog’liq. Pul massasi ko’paysa, baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi kamaysa, baholar pasayadi, ya’ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o’zgaradi.
Tovar aylanishini ta’minlovchi naqd pul taxminan bir yillik daromadning o’ndan bir qismini tashkil etadi, deb faraz qilaylik. Boshqacha aytganda, pul yiliga o’n marta aylanadi. Pul bir yilda 10 marta aylansa, unda misol uchun 10 mln. so’mlik bir yillik daromadni (mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 mln. so’m bo’lishi kerak. Agar muomaladagi pul miqdori 1 mln. so’mdan 2 mln. so’mga ortsa, unda (boshqa shartlar o’zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar oshadi.
Bunday bog’liqlik, ya’ni muomaladagi pulning miqdori bilan mamlakat doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori o’rtasidagi bog’liqlik Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasida ifodalanadi:
M • V = P • Q,
bu erda, M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; R – baholar darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori.
Tenglamaning chap tomonidagi M • V jami ishlab chiqarilgan tovarni sotib olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini va pulning aylanish tezligini bildirsa, o’ng tomonidagi P • Q esa, ushbu ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildirdi. Agar M • V bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak, ya’ni SMM = P • Q.
Ayirboshlash tenglamasi funkstional bog’liqliklarni ancha aniq tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yo (R) baholar, yo (Q) ishlab chiqarish miqdori o’zgaradi.
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) , va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zgarishiga bog’liq emas deb hisoblaganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan, ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa ishchilarga har yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga o’xshash omillar bilan ifodalanadi.
Monetaristlar juda ko’p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu haqida yuqorida aytib o’tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |