Taqsimlangan jarayon Taqsimlangan jarayon bu – bir guruh qilib jamlangan o’zaro mahalliylashtirilgan quyi jarayonlar majmuasi. Nisbatan katta (yoki hatto geografik ) maydongatarqalgan, boshqaruv markazi esa quyi jarayonlardan ancha uzoqda bo’lishi mumkin. 1.5-rasmda ushbu avtomatlashtirish tizimining tarkibida mahalliylashtirilgan taqsimlangan jarayon tasvirlangan. Kontroller masofadan turib aloqa interfeysi orqali uzoqdagi operator stansiyasiga ulanadi. Odatda kontroller hamda operator stansiyasi o’rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash uchun ketma-ket aloqa interfeysdan foydalaniladi. Taqsimlangan jarayonlarni boshqarish tizimi oddiy masofadan boshqarish tizimi (MBT) yoki katta tarmoqni boshqarish tizimi (TBT) ko’rinishida bo’lishi mumkin. ularni kengroq keyingi boblarda ko’rib chiqiladi.
2. Masofadan boshqarish tizimi Masofadan boshqarish tizimida 5-rasmda ko’rsatilganidek operator stansiyasi boshqaruv markazida joylashgan bo’lib texnalogik jarayon nazorat qilinishi va boshqaruvi masofadan turib aloqa tarog’i orqali amalga oshiriladi.
Kontroller, o’lchov qurilmasi va texnalogik jarayonga ulangan bo’lib jarayonni mahalliylashtirilan holda ko’radi. Kontroller o’ziga topshirilgan vazifalarni va avtomatlashtirish funksiyalarini mahaliy tarmoq orqali operator stansiyasi yordamisiz amalga oshiradi va boshqaruv markazidagi operator stansiyasi bilan aloqada bo’ladi.
Operator stansiyasinig vazifasi texnalogik jarayonni faqat kuzatishdan iborat bo’lib, zarurat bo’lgandagina bo’shqaruvni o’z zimmasiga olishi mumkin.
6-RasmTaqsimlangan jarayonni avtomatlashtirish tizim tarkibi.
MBT odatda tarmoqni ikkala tarafida ham ketma-ket aloqa interfeysidan foydalaniladi. Boshqaruv markazidagi tizim ko’pincha asosiy stansiya deyiladi.
7- Rasm Masofadan boshqarish tizimi.
Tarmoqni boshqarish tizimi Tarmoqni boshqarish tizimi MBT ning kengaygan ko’rinishidir va u bir vaqtning o’zida ko’plab geografikmaydonlardagi taqsimlangan va mahalliylashtirilgan texnalogik jarayonlarni asosiy boshqaruv markazidan boshqaradi. Geografik maydonda taqsimlangan va o’zaro bog’langan bir nechta uzatuvchi kontrollerlar, bir birlari bilan,shuningdek boshqaruv markazi bilan axborot almashib turadi. Har bir kontroller o’ziga tegishli bo’lgan mahalliy tarmoqning avtomatlashtirish funksiyalarini, boshqa kontrollerga tobe bo’lmagan holda boshqaradi, shu vaqtning o’zida boshqaruv markazidagi operator stansiyasi, taqsimlangan butun bir avtomatlashtirilgan jarayoni boshqaradi. Bundan tashqari tarmoqdagi xar bir kontroller faqatgina boshqaruv markazi bilangina axborot almasha oladi, boshqa kontrollerlar bilan esa axbarot almashmaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv markazi, tarmoqdagi eng asosiy qurilma bo’lib, kontrollerlarning istalgan axborat almashinuvini amalga oshiradi va nazorat qiladi. 7- rasmda ushbu tarmoqning (TBT)tarkibini ko’rish mumkin.