Protsessorning tashqi interfeysi
8- rasmda MBT / TBT dagi operator stansiyasi ikkta funksiyani bajaradi:
-Foydalanuvchi interfeysi.
- masofaviy aloqa
8- rasm. Tarmoqni boshqarish tizimi.
Odatda ketma-ket aloqa, interfeysli, masofaviy aloqa bo`lgani uchun, aloqa kanali sekin ishlaydi, hamda u nisbatan ishonchsiz hisoblanadi. Ko’p holatlarda qurilmalar, ma’lumotni yana qaytadan yuborishni talab qiladi. Ethernet aloqa kanali tez ishlashi, ishonchli bo’lgani bilan uzoq masofaviy aloqada ishlatilinmaydi.
TBT ko’p sonli masofaviy stansiyalar ulanganpaytda, ma’lumotlar almashuvini masofadan turib amalga oshirish operator stansiyalarininig ishlashini sekinlashtirib yuboradi, natijada esa operator bilan o’zaro aloqasi sekinlashishi kuzatiladi. Buning oldini olish va aloqa kanalariga tushayotgan yuklamani bartaraf etish uchun, butun yuklama protsessorning mustaqil tashqi interfeysidagi (MTI) mustaqil platformaga 8- rasmda ko’rsatilganidek o’tkaziladi. MTI ning avfzaligi shundaki, operator stansiyaning ishlash tezligini oshiradi, kamchiligi esa texnik jixatdan ancha murakkab va qimmat qurilma hisoblanadi.
9- Rasm. Protsessorning tashqi interfeysi.
TBTni mahalliy hududa elektr energiya tarmog’ini avtomatlashtirish MTI ishtirokida amalga oshirilgan sxema 9-rasmda ko’rsatilgan. Yuqorida aytib o’tilganidek bu tarmoq geografik taqsimlangan bo’lib, u orqali esa elektr energiya o’tadi.
Umumiy holda TBT ikki aloqa tarmog’iga ega:
-Mahalliy tarmoq (MT).Operator stansiyalari va MTI, markaziy boshqaruvichida.
-Global tarmoq (GT). Kontrollerlari va MTI, markaziy boshqaruv tashqarisida.
10- Rasm. Elektr energiyasini uzatish tarmog’ini avtomatlashtirish.
Umumiy holda TBT ikki aloqa tarmog’iga ega:
-Mahalliy tarmoq (MT).Operator stansiyalari va MTI, markaziy boshqaruvichida.
-Global tarmoq (GT). Kontrollerlari va MTI, markaziy boshqaruv tashqarisida.
MTI faqatgini tarmoq yuklamasini yengillashtirish uchun xizmat qilibgina qolmay, balki yuqori tezlikdagi mahalliy tarmoq bilan past tezlikdagi global tarmoq o’rtasida bufer vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari MTI ning protsessor imkoniyatlaridan kelib chiqan holda kontrollerlardan qabul qilinayotgan birlamchi axborotlarni operator stansiyasiga yuborgunga qadar qayta ishlashi,shuningdek operator stansiyalaridan qabul qilingan malumotlarni taqsimlangan kontrollerlarga yuborgunga qadar, tayyorlash vazifalarini ham bajarishi mumkin. MTI ishlatilinishi kontroller platformasiga asosan yoki umumiy vazifalarga mo’ljallangan kompyuter platformasi asosida ishlatilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |