14-mavzu: Avtomatlashtirish jarayoni tizimi. Reja: Mahalliylashtirilgan jarayonlar Masofadan boshqarish tizimi



Download 0,79 Mb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#765315
  1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу


14-mavzu: Avtomatlashtirish jarayoni tizimi.
Reja:
1. Mahalliylashtirilgan jarayonlar
2. Masofadan boshqarish tizimi.


1. Mahalliylashtirilgan va taqsimlangan jarayonlar
Avtomatlashtirish tiziminiquyidagi ikki fizik jarayonlarga ajratish mumkin.
-Mahalliylashtirilgan jarayonlar (kichik maydonda joylashgan).
-Taqsimlangan jarayonlar (katta geografik hududda joylashgan).
1.1-rasmda shahar elektr energiyasini tarqatish jarayoni (mahalliylashtirilgan hamda taqsimlangan tizimlari) ko’rsatilgan. Umumiy holdabu ikki turdagi jarayon bir biridan tubdan farqlanadi.

1-Rasm. Elektr energiyani tarqatish jarayoni.
Mahaliy jarayon nisbatanjuda ham kichik fizik muhitda joylashgan, shuningdek texnalogik bu jarayonni boshqarish joyishu fizik hududga yaqin. 2- rasmda mahalliylashtirilgan (fizik va mantiqiy) jarayon uchun avtomatlashtirish tizimi tarkibi ko’rsatilgan. Bu yerda kontrollerni operator stansiyasiga aloqa interfeysi orqali mahalliy tarmoq aloqa yo`liga ulanganliginiko’rish mumkin. OdatdaEthernet interfeysi kontroller bilan operator stansiyasi o’rtasidagi aloqani ta’minlash uchun ishlatiladi.
Mahalliylashtirilgan jarayonlar uchun avtomatlashtirish tizimi markazlashtirilgan, markazlashtirilmaganyoki taqsimlangan bo’lishimumkin, bu haqida keyingi bo’limlarda to`xtalib o’tamiz.

2- Rasm. Mahalliylashtirilgan jarayoning avtomatlashtirish tizim tarkibi.
Markazlashtirilgan boshqaruv tizimi (MBT ) har doim bitta uzatuvchi kontroller ishtirokida amalga oshiriladi va uavtomatlashtirish jarayonining butun og’irliginio’z zimmasiga oladi. Bundan tashqari tizimda bitta yoki bir nechta operatorlik stansiyalari bo’lishi mumkin. MBT bir necha operatorlik stansiyalari mavjudbo’lsa, operatorlar o`rtasaida texnalogik jarayon boshqaruvi taqsimlanadi. Bunday boshqaruv turida operatorlarning ish unumdorligi oshadi, bu esa juda kattatexnalogik jarayonlarni boshqarishda qo’l keladi.
Kelishilgan boshqaruv odatda funksional asosiga ko’ra yoki hududiy bo’linishiga ko’ra taqsimlanishi mumkin.Misol tariqasida elektr stansiyasini ko’rib chiqamiz. Elektr stansiya odatda uchta funksional jarayonlarga bo’linadi – bug’ni hosil qilish, elektr energiyasini hosil qilish va qo’shimchayordamchi funksiyalar yordamida amalga oshiriladi, ular yordamida ko’mir va suvdan elektr energiyasini olish (3- rasm)mumkin. Birgina katta kontroller yordamida, butun stansiyaning avtomatlashtirish jarayonini vabir yoki bir nechta operator stansiyalarini boshqarish mumkin.

3- Rasm. Bitta va bir nechta operatorlik stansiyalari (MBT)
MBT ning avfzaliklari va kamchiliklari quyidagilardan iboratdir:
Avfzaliklari:
MBT kichikroq bosqaruv tizimiga ega bo`lgan jarayonlar uchun qulay hisoblanadi, chunki o`lchov nuqtalari orasidagi kabellar yordamida kontrollerlarning bog`lanishi ish unumdorligini oshiradi.
Texnik jixatdan tuzilishi sodda.
Moliyaviy jixatdan nisbatan arzon.
Kamchiliklari:
Katta va keng tarqalgan boshqaruv tizimiga ega bo`lgan jarayonlarni boshqarishda, o’lchov nuqtalari o’rtasida ko’p kabellar isrof bo’lishiga va kontrollerlarning joylashtirilishi iqtisodiy jihatdan sarf ko’payishiga olib kelishi mumkin.
Kontroller ishdan chiqishi bilan, operator stansiyasidan turib jarayonni to’liq avtomatlashtirilgan boshqarishni amalga oshirib bo`lmaydi.
Ma’lumot almashinuvi, nosozliklarni bartaraf etish, texnik xizmat ko’rsatish, shuningdek, kontrollerni boshqarishdagi qiyinchiliklar.
Markazlashtirilmagan/ taqsimlangan boshqaruv tizimi.
MBT bilan bog’liq, katta va keng tarqalgan tizimlarni boshqarishdagi muammolarni hal etish uchun, axboratlarni turli kontrollerlarga uzatuvchi alohida tarmoq hosil qilinadi. Ushbu kontrollerlar texnalogik jarayonning umumiy og’irligini 4-rasmda ko’rastilganda o’zaro taqsimlab oladi. Bu yerda kontrollerlar ham operator stansiyalari ham texnalogik jarayonning umumiy og’irligini funksional yoki hududiy jihatlari bo`yicha taqsimlab olishadi. Operatorlik stansiyalari hamda barcha kontrollerlar bir tarmoqda joylashgani sababli bir kontrollerdagi ma’lumot boshqa kontroller yoki operator stansiyasi tomonidan foydalanilishi mumkin. Bunday sxema markazlashmagan yoki taqsimlangan boshqaruv tizimi (MTBT) deyiladi. MTBT kontrollerlar va operatorlarning mahalliy tarmog’idir.

4- Rasm MBT Bir necha operator stansiyalari va kontrollerlari bilan.
MTBT ning ishlashi holatini elektr stansiyasidagi texnalogik jarayoni avtomatlashtirish orqali tushuntirish mumkin. Elektr stansiyasida uchta funksional jarayon mavjud bo’lib – bug’ hosil qilish, elektr energiyasini hosil qilish va qo’shimchayordamchi funksiyalardir. Uchta kichik uzatuvchi kontrollerlar uchtajarayoni va butun texnalogik jarayoni boshqaradi. MTBT ning avfzalik va kamchiliklari quyida keltirilgan.
Avfzaliklari:
Markazlashmagan yoki taqsimlangan boshqaruv tizimi katta va keng tarmoqlangan texnalogik jarayonlarni boshqarish uchun juda mos keladi. (o’lchov nuqtalari orasidagi minimal uzunlikdagi kabellar, qurilmalar nazorat qilinayotgan joylarni aniq ko’rsatadi, chunki ular jarayonga bevosita juda yaqin joylashgan bo’lishi mumkin).
Yuqori ko’rsatkichdagi umumiy boshqaruvga ega, chunki bir kontrollerning ishdan chiqishi avtomatlashtirish tizimini ishlamay qolishiga olib kelmaydi. (faqat muayyan bir funksiya yoki stansiyaning bir qismiga ta’sir qilishi mumkin).
Har bir kontroller hajim jixatdan kichik bo’lgani uchun, nosozlik yuz bergan taqdirda, almashtirish va olib yurish,shuningdek xizmat ko’rsatishdagi bir qancha qulayliklarga egadir.
Kamchiliklari:
Moliyaviy jixatdan qimmat.
Texnik tuzulishi ancha murakkab.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish