14-Mavzu : Islom dini qadryatlari


MUSULMONLARNING AN’ANA, MAROSIM, URF-ODAT VA BAYRAMLARI



Download 55 Kb.
bet7/12
Sana05.02.2023
Hajmi55 Kb.
#908052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
193
MUSULMONLARNING AN’ANA, MAROSIM,
URF-ODAT VA BAYRAMLARI
Milliy va diniy an’analarda
qadriyatlarning o’rni va ahamiyati
beqiyosdir. CHunki u insonlarga axloqiy
poklik, ezgulik, go’zallik, poklik, haqiqat,
erkinlik, adolat, do’stlik, muhabbat,
halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi yuksak
fazilatlarni targ’ib etadi.
Har bir xalqning o’ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari
bo’ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak, birAn’ana, marosim,
urf-odat va bayram
tushunchalarining
ta’ rif i _ _ _ _ _ _ _
194
biriga o’xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko’ramiz.
Marosimlar jamiyat, xalq va shaxe hayoti faoliyatidagi muhim
o’zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan
bog’liq bo’lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik
ta’sir ko’rsatish vazifasini bajaradi.
Marosimlarda milliy, diniy urf-odatlar va rasmrusumlar xdm uz ifodasini topgan. U yoki bu halqning paydo
bo’lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy
an’analari, urf-odatlari, marosimlari xam shunchalik teran
tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari
zaminida paydo bo’lib, shakllanib, sayqallanib o’z mazmunida shu
xalqning orzu-o’ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq
normalarini mujassam etadi. SHuning uchun xam xar bir xalq,
millat, elat ularni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashni, taraqqiy
ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida
etkazmog’i lozim.
Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar marosim va bayramlar
xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas
qismidir.
SHu o’rinda an’ana, urf-odat, marosim va bayram
tushunchalarining bir-biridan farqli va o’xshash jihatlariga
berilgan ta’riflarni keltirib o’tamiz:
An’ana - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy
exgiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga
meros bo’lib o’tadigan, kishilar madaniy xayotiga ta’sir
o’tkazadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy
qoida sifatida kishilar ongiga sishtan (umum yoki ma’lum gurux
tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi
xisoblanadi.
An’ana - jamiyat haeti turli soxalarining, moddiy va
ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o’rtasidagi alokalar
va munosabatlarning avloddan-avlodga o’tishi, ajdodlar hayoti,
belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzidir. Dunyoda
an’analar va urf-odatlarga ega bo’lmagai millat yoki elat yo’q.
SHu ma’noda, an’analar butun insoniyatga xos tushunchadir.
Diniy va milliy an’analar xalklarning tarixiy
rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr
195
talabiga javob bergan an’analar unutilmaydi, avlodlarga meros
qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi. Har bir el,
millat yoki xalq o’z an’analarini rivojlantiradi, asrabavaylaydi. An’analarda xalq dahosi, turmush tarzi, madaniy
kamolot darajasi aks etadi. Unda milliy ong va milliy kiyofa
gavdalanadi. An’analarni mensimaslik, ular mansub xalk yoki
millatni hurmat qilmaslikdir. An’analar yoshlarni tarbiyalash,
ularga keksa avlodning tajribalarini o’zlashtirish vositasi
hamdir.
Marosim - bu so’zning kali gi sifatida “rasm-rusum” so’zi
ishlatiladi. Arab tilidan tarjima qilinganda bu “tadbir”
degan ma’noni anglatadi. Bu so’zga quyidagicha ta’rif
keltirilgan, ya’ni, 1) diniy yoki an’anaviy urf-odatlar
munosabati bilan o’tkaziladigan ma’raka, yig’in: to’y
marosimlari, dafn marosimlari; 2) tantanalar bilan
o’tkaziladigan rasmiy yig’in: yubileylar, mukofot berish
marosimi va bopщalar. *
Marosim atamasi nisbatan tor tushuncha bo’lib, u shu xalk
hayotining ma’lum sohalarida omma tomonidan qabul qilingan
ko’pincha ramziy harakatga ega bo’lgan va ma’lum kishilar majmui
tomonidan maxsus uyushtiriladigan namoyishlardan iborat.
SHuningdek, marosim - inson hayotining moddiy va ma’naviy
turmushining talab va ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan va
keladigan hodisadir. Har kanday marosim u yoki bu xalqning
ma’lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy -
iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini
ko’rsatuvchi asosiy belgilarni o’zida mujassamlashtirgan holda
vujudga keladi va yashaydi.
Urf-odat - tushunchasi esa, keng bo’lib, u o’z ichiga xalk
hayotining barcha tomonini - oddiy kundalik udum, rasm-rusmlar,
o’zaro muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha kamrab
oladi.
Urf-odat deganda kishilarning tushunchasiga singib ketgan,
ma’lum muddat takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko’nikmasi
tushuniladi.
196
Demak, marosim va urf-odatlar belgilangan qisqacha
qaydlardan xam ko’rinib turibdiki, urf-odat tushunchasi xalq
hayotining barcha sohasini o’z ichiga qamrab olsa, marosim
tushunchasi hayotning muayyan sohalarigagina aloqador xolos.
Urf-odat bir vaqgning o’zida bir shaxs yoki ko’pchilik tomonidan
bajarishi majburiy qoida bo’lsa, marosim belgilangan shaxslar
tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan hatti-harakatdir.
Xususan, kichikning kattaga birinchi salom berishi yoki
ko’pchilikka kamchilikning salom berishi yohud mehmonlarga
alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida yaqinlari, keksa
qariyalar, ko’ni-qo’shnilar holidan xabar olish kabi ko’rinishlar
o’zbeklarga xos milliy urf-odatlardir.
Urf-odat va rasm-rusumlar bir-birlariga juda yaqindan
bog’liqdir, biri ikkinchisining tarkibiy qismi xisoblanadi.
Urf-odat va rasm-rusumlar har bir millat va elatning tarixi,
turmush tarzi va boshqa omillar ta’sirida o’ziga xos ravishda
shakllanadi. O’z navbatida, u millat va elatning o’ziga xos
qiyofasini belgilovchi xususiyatlardan biridir.
Bayram - turkiycha katta yig’in, to’y ma’nolarini anglatadi.
Istiloxda esa keng nishonlanadigan tantanali kundir.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi,
mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga ko’ra an’anaviy,
diniy, milliy bayramlar vujudga keladi.
Avloddan-avlodga meros tariqasida o’tib keladigan bayram
an’anaviy bayram deyiladi (masalan, Navro’z bayrami). Bu
turdagi bayramlar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi
ijtimoiy hayoti, turmush tarzi bilan bevosita bogliq bo’lmaydi.
Diniy bayramda esa xar bir dinning aqidalarida belgilab
qo’yilgan marosimlar nishonlanadi. Kur’oni karim oyatlari va
hadisi shariflarda diniy marosim va bayramlar to’g’risida
ko’plab ma’lumotlar berilgan. (Masalan, Ro’za hayiti va Qurbon
hayiti).
Milliy bayramlarda u yoki bu millatning tarixidagi muhim
voqea-hodisalar nishonlanadi. (Masalan, Mustaqillik kuni va
boshka kunlar). SHuningdek, bayram kunlari rasman dam olish
kunlari deb e’lon qilinadi.
197
Bayram tushunchasiga “O’zbek tilining izoxli lug’ati”da uch
xil ta’rif keltirilgan:
1. Bayram - muhim tarixiy voqea, hodisa sharafiga shodlik,
rasmiy tantana o’tkazish uchun belgilangan muborak kun
(Masalan, Mustatsillik kuni).
2. Bayram - biror munosabat bilan quvonch, shodlik, tantana va
o’yin-kulgi bilan kutib olish, nishonlash odat bo’lib qolgan kun
(Masalan, Yangi yil, Hosil bayrami).
3. Bayram - muhim, quvonchli hodisa yuz bergan, katta
muvaffaqiyat qo’lga kiritilgan va shu sababli shodlik
o’tkaziladigan kun (Masalan, Oilaviy bayram).
Diniy marosim deganda fuqarolarning
diniy ta’limotlaridan, ularning konunqoidalari va aqidalaridan kelib
chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari tushuniladi.
Diniy marosim har qaysi din vakillarining o’z diniy
ta’limotlari asosidan kelib chiqqan.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish