14-Mavzu : Islom dini qadryatlari


partiya) yoki “SHiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo’lib, bu nom



Download 55 Kb.
bet2/12
Sana05.02.2023
Hajmi55 Kb.
#908052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

partiya) yoki “SHiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo’lib, bu nom
hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan
berilgan.
SHialiqda imomat asosiy diniy ruknlardan xisoblanib, u
jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib
chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko’ra,
rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros
sifatida o’tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan,
undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros
sifatida vasiyat yo’li bilan uzatiladi. Ular Alining
xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik
ularda paygambarlik kabi iloxiy mansab xisoblanib, Allox
178
bandalari orasidan payg’ambarlarini tanlab, ularni
gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Alloh huzuridan
berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni xam shunday tanlaydi
deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Ali day
t zo’rlik bilan tortib olishgan, Ali o’sha davrda xalifali! ni
boshqarganmi yoki yo’qmi bundan qagьi nazar, Alinnng
xalifaligi Rasulullox vafotlarining birinchi kunidan
boshlangan, deb da’vo qiladilar.
SHialik imomiylar va ismoiliylar kabi ikki yirik oqimga
bo’linib ketgan.
Imomiylar yoki “Isno ashariya". Ushbu firqa e’tiqodicha,
imomlik Ali ibn Abu Tolibdan boshlanadi, so’ng uning
Fstimadan bo’lgan o’g’lilari Hasan va Husaynga o’tadi va nihoyat
o’n ikkinchi imom Muxammad Maxdiyga borib tugaydi. SHuning
uchun bu firqa Isno ashariylar - o’n ikki imomga e’tiqod
I kiluvchilar deb xam nomlangan.
Imomiylar e’tiqodiga ko’ra, so’nggi - o’n ikkinchi imom
Muxammad Maxdiy hali o’lmagan, balki u 873-874 sanada g’oyib
bo’lgan va oxir zamonda paydo bo’lib, zulm va fasodga to’lgan Yer
yuzini tinchlik va adolatga to’ldiradi.
Ular imomlarni xato va gunoxdan ma’sum (pok) deb
’ hisoblaydilar. Bunga sabab, ularning e’tiqodlaricha, imomlarga
ilohiy ilhom keladi yoki Rasulullox o’z zamonlarida bayon
etishlariga hojat bo’lmagan ahkomlar ilmini ularga
koldirganlar. SHu bois ular imomga imon keltirishni
f musulmonlik shartlaridan biri deb hisoblashadi. Ular imomga
shunday tavsif beradilar: “Imom xatodan, adashishdan yiroq
bo’lgan, to’gri yo’ldagi, tatsvoli va Alloh qo’llagan maьsum
kishidir. Alloh va bandacharning o’rtasida hujjat bo’lishi uchun
Alloh ularga shu xususiyatlarni berdi".
Imomiylar shariat qonunlarini Qur’onga, o’z olimlaridan
naql qilingan ko’rsatmalarga asosan tuzadilar. Sunniyliqtsa
fatvo (diniy xukm) chiqarish uchun qo’llaniladigan ijmo
masalasida fakatgina ahli bayt (Ali avlodlari) ijmosini
qabul qiladilar va boshqalarini rad etadilar.
179
Isno ashariya firqasi sunniylik mazhablaridan nafaqat
e’tiqod masalalarida, balki ibodat masalalarida farqlanadi.
Bunga bir necha misol keltirib o’tish mumkin:
- Qur’oni karimning zohiri (tashqi tomoni) va botini (ichki
tomoni) bo’lib, insonlar faqat zohirinigina biladilar,
botinini esa, imomlardan boshqa hech kim bilmaydi;
- mut’a nikohi (vaqtincha nikoh) qonuniy;
- taloq ikki guvoh oldidagina qabul bo’ladi;
- oqod xabarlar (faqat bir kishidangina naql qilingan
hadislar) qabul qilinmaydi;
- qaytish haq (Alloh o’lganlarning ba’zilarini avvalgi
suratda dunyoga qaytaradi, buning uchun imon darajasi o’ta kuchli
yoki o’ta buzg’unchi inson bo’lishi kerak);
- taqiya halol (taqiya - aziyat yetish mumkin bo’lganda o’z
e’tiqodini maxfiy tutish).
Ushbu firqaning ta’limotini asoslab beruvchi ko’plab
kitoblar mavjud. Misol tariqasida ^Ja’far ibn Hasan
Halabiyning “SHaroi al-islom”, Muhammad ibn Hasan
Najdiyning “Javohir al-kalom”, Muhammad ibn Yusufning
“Tazkirat al-fuqaho” va boshqalarni keltirish mumkin.
Isno ashariya imomlari kuyidagilardir:
1. Ali ibn Abi Tolib (al-Murtado);
2. Al-Hasan ibn Ali (al-Mujtabo);
3. Al-Husayn ibn Ali (ash-SHahid);
4. Ali Zayn al-Abidin ibn al-Husayn (As-Sajjod);
5. Muxammad al-Boqir ibn Ali Zayn al-Abidin (al-Bokir);
6. Ja’far as-Sodiq ibn Muxammad al-Boqir (as-Sodiq);
7. Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq (Al-Kozim);
8. Ali ar-Rido ibn Muso al-Kozim (Ar-Rido);
9. Muxammad al-Javod ibn Ali ar-Rido (At-Taqiy);
10. Ali al-Hodi Muxammad al-Javod (An-Naqiy);
11. Al-Hasan al-Askariy ibn Ali al-Xodi (Az-Zakiy);
12. Muxammad al-Maxdiy ibn al-Hasan al-Askariy (alHujjatul qoimul Muntazir).
Imomiy shialar asosan Eronda istiqomat qiladilar. Undan
tashqari Suriya, Livan, Hindiston, Pokistonda xam Isno
180
ashariya oqimi vakillarini uchratish mumkin. Ayni damda
imomiylar ham bir necha firqalarga bo’linadi.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish