203
Milliy va diniy
an’analarning
umuminsoniy
qadriyatlar bilan
uygunligi
mensimaslik, ular mansub xalq yoki millatni hurmat
qilmaslikdir. An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularga keksa
avlodning tajribalarini o’zlashtirish vositasi hamdir.
Diniy va milliy an’analarni ijtimoiy hayotning quyidagi
ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin:
a) diniy va milliy an’analarning avloddan-avlodga meros
bo’lib o’tishi; b) milliy an’analar - umuminsoniy
an’analarning tarkibiy qismi; v) diniy va milliy an’analar
millatni birlashtirish, hamjihatligini ta’minlash vositasi;
g) urf-odat va an’analarga ehtirom ko’rsatish.
Qachonki milliy va diniy an’analar umuminsoniy
demokratik qadriyatlar bilan uygunlashtirilsa, shundagina
jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o’rni alohida
ahamiyatga ega bo’ladi.
Jamiyat odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Madaniy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz ming yillar
mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai
bo’lib xizmat qilgan. Uzok davom etgan qattiq mafkuraviy
tazyiqqa qaramay, o’zbek xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z
tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini hamda o’ziga xos
an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
Muhimi, dinlar ham xalq hayoti, e’tiqodi va dunyoqarashiga
o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Bir dinning biror mintaqada
yoyilishi, u yerdagi urf-odatlar ta’sirida milliylik kasb
etishini o’rganish o’ziga xos aniq va to’liq ma’lumot olishga
yordam beradi. Dunyodagi turli xalqlar bilan mulokot kilishda,
avvalambor, ularning dunyoqarashi, urf-odatlari, qadriyatlarini
bilish katta ahamiyatga ega. Yurtimizda turli xil millatlar va
turli din vakillari istiqomat qiladilar. Har bir din
vakillarining o’z urf-odat, bayram va marosimlari mavjuddir.
Ularga biz hurmat bilan yondoshishimiz zarur.
Diniy va milliy qadriyatlar turli millatlar va xalqlar,
ijtimoiy guruhlar manfaatlariga bevosita taalluqli hamda
ularning tarakkiyoti va istiqboli uchun xizmat qiladigan
ma’naviy, ijtimoiy, axloqiy, huquqiy, falsafiy
boyliklarning umumlashgan holatdagi ifodasidir.
204
Diniy qadriyatlarning vujudga kelishida ma’lum bir
dinning paydo bo’lishi, uning hududi, tarixi, madaniyati,
mukaddas manbalari, ta’limotlari, urf-odat va an’analarining
o’rni benihoya muhimdir. Diniy qadriyatlar ushbu din
vakillarining tabiiy ehtiyoj va talablarini qondiradi va
jamiyatda o’ziga xos o’rinni egallaydi.
Diniy qadriyatlar:
- muayyan dinning mukaddas sanalmish makon-manzil,
ashyolariga e’tibor berish;
- ushbu din ta’limoti mazmunini chuqur anglash;
- din belgilagan qonun-qoidalarga rioya qilish;
- o’z hatga-harakatlarini din belgilagan me’yorlar asosida
olib borish;
- poklik va xalollik bilan hayot kechirish;
- eng yuksak orzu, niyat, goya, maqsad va qiziqishlarini din
qonun-qoidalaridan chetga ogishmay amalga oshirish kabilarda
namoyon bo’ladi.
Diniy kadriyatlarning o’rni va axamiyati bekiyosdir. CHunki
u insonlarga axloqiy poklik, ezgulik, go’zallik, poklik, hakikat,
erkinlik, adolat, do’stlik, muhabbat, halollik, mehnatsevarlik,
vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni targib etadi.
Diniy qadriyatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, uni milliy
qadriyatlardan ajratib o’rganish yoki taxdil qilish qiyin. CHunki
jamiyat hayotida asrlar davomida milliy va diniy kadriyatlar
bir-biri bilan ko’shilib, uygunlikda umuminsoniy kadriyatga
aylangan.
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar
1. Diniy marosim deganda nimani tushunasiz?
2. Diniy bayramlarga qaysilar knradi?
3. Diniy qadriyatlarni kanday tushunasiz?
4. Islom marosimlari haqida so’zlab bering
5. Islom bayramlari hakida nimalarni bilib oldingiz?
6. Umuminsoniy kadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |