Hanbagshylik mazhabi. Hanbaliy mazhabining asoschisi Abu
Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-SHayboniy
164/780 yili Bag’dod shahrida tugilgan. Uning oilasi Marvdan
Bag’dodga ko’chib kelayotgan vaqtda onasi homilador bo’lganligi
sababli Imom Axmad Marvda tugilgan degan fikrlar xam
manbalarda zikr qilingan. O’g’li Solihning rivoyat kilgan
shajarasiga qaraganda ajdodlari Rasulullohning bobolaridan
bo’lmish Nizor ibn Maod bilan birlashib, hazrat Ismoilga
borib yetishi xdqida manbalarda xabarlar kelgan. Bobosi Hanbal
ibn Xdpol umaviylar davrida Saraxs voliyligi lavozimini
egallagan va abbosiylar sulolasining taxtta kelishida katta
xizmat kilgan.
Axmad ibn Hanbal faoliyatining eng yuksak davri an’anaviy
ilohiyotshunoslik bilan mo’’taziliya orasidagi goyaviy
kurashning avjiga chiqqan (Qur’oni karimni maxluk, ya’ni
yaratilgan degan aqidani xalqqa kuch bilan singdirish bilan
bogliq “mihna” - “sinov”) davriga tugri keldi. 833 yildan
boshlab abbosiylardan bo’lmish xalifalar Ma’mun, Mu’tasim va
Vosiq zamonlarida ilohiyotshunos olimlar “sinov”dan
o’tkazilib, mavjud tuzumga xayrixoh yoki muxolif ekanligi
tekshirilgan. Abbosiy xalifa Ma’mun (813-835)
hukmronligining oxirgi yillarida mo’ьtaziliya mazhabining
kuchayishi natijasida ko’pgina olimlar qatori Imom Axmad xam
quvg’inga uchrab, 833-834 yillarda hibsga olindi. U kamokda ikki
yilu to’rt oy tazyiq va qiynoq ostida hayot kechirdi. Qamoqdan
ozod bo’lgandan so’ng, yana fatvo berish bilan shugullandi va
hadis ilmida uzining “al-Musnad” asarini yozdi.
Axmad ibn Hanbal 835 yil 31 mayda Bagdodda vafot etdi. U
ikki xalifa - Ma’mun va Mu’tasim davrida Qur’oni karim
187
yaratilgan, degan g’oyadan bosh tortgan. “Islomni bid’atlardan
qutqaruvchi” degan nomi tufayli uning atrofiga Bag’dodning
yirik an’anaviy ilohiyot tarafdorlari (axl as-sunna) yig’iladi.
Keyinchalik Ahmad ibn Hanbal hanbaliy mazhabining asoschisi
sifatida tanildi.
Hanbaliy mazhabi hozirgi kunda Saudiya Arabistoni, Qatar,
Bahrayn kabi davlatlarda tarqalgan.
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan
mujtahidlar nomi bilan bog’liq asosiy sunniy huquqiy
mazhablar paydo bo’ldi va o’z ta’limotini shakllantirdi.
USH asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda
(hozirgi Markaziy Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi axl assunnaning hanafiy mazhabi tarqala boshladi. Buxoro va
Samarkand shaharlarida shu mazhab ta’limoti asosida
Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. USH-X asrlarda
Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka
asoslangan ilmiy markazlar paydo bo’ldi. Bunga Iroq va
Xuroson maktablarining ta’siri katta bo’ldi. Buxoro maktabiga
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.)
asos solgan. Samarkand ilmiy markazining shakllanishiga Abu
Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samoa va SHaddod ibn Hukaym kabi
Balx faqihlarining xizmati katga bo’ldi. Buxoro faqixlari bu
davrda asosan fiqhning amaliy masalalari (furu’ al-fiqh)
bilan, samarkandliklar esa o’z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot
(usul ad-din) mavzui bilan shug’ullanishga qaratdilar.
Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish
tarixida XI-XII asrlardagi Movarounnahr faqixdarining ilmiy
faoliyati juda muhim o’rin tutadi. Bu davrda yetishib chiqqan
hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430/1063 y.),
al-Halvo’iy (vaf. 456/1063 y.), Abu Bakr Muxammad as-Saraxsiy
(400-483/1009-1090), al-Pazdaviy Ali (vaf. 482/1089 y.), as-Sadr
ash-SHahid Umar (vaf. 536/1141 y.), an-Nasafiy Umar (vaf.
537/1142 y.), Alouddin as-SaM:arqandiy (vaf. 539/1144 y.), Ibn
Moza Maxmud (vaf. 570/1174 y.), al-Attobiy Axmad (vaf.
586/1190 y.), al-Kosoniy Mas’ud (vaf. 587/1191 y.), Qozixon
(vaf. 592/1191 y.) va yuqorida zikr etilgan al-Marg’inoniy Ali
(vaf. 593/1196 y.) kabi ma’lum va mashhur faqixdarning
nomlarini keltirish mumkin.
VIII asr ikkinchi yarmi, IX asr
kelib musulmonlar orasida e’tiqodga bog’lik
bo’lgan - Allohning zoti-sifatlari, taqdir,
imon kabi masalalarda ixtiloflar paydo bo’ldi. Ba’zi firqalar
aqlga ortiqcha tayangani bois ulamolar tomonidan adashganlar
qatoriga ko’shilgan bo’lsa (mo’’taziliylar, qadariylar),
ba’zilari Qur’on va hadis ma’nolarini so’zma-so’z talqin kilish
(jabariylar, sifatiylar) orqali noto’g’ri yo’lga kirib ketdilar.
Ysh shu darajaga bordiki, mazkur buzuq aqida egalari davlat
rahbari darajasigacha ko’tarilib, aholiga noto’g’ri akidani
majburlab singdirmoqchi ham bo’lishdi. Mana shunday vaziyatda
akida ilmi bilan jiddiy shugullanish. Kur’on va hadis
asosidagi to’g’ri aqidani ishlab chikish zarurati tugildi. Bu
ishga ko’l urgan ikki buyuk alloma Imom Moturidiy va Imom
Ash’ariylar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |