14-ma’ruza: Qadimgi Eron madaniyati va dini. Qadimgi sak-skif sivilizatsiyasi (2 soat) Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 379,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana15.06.2023
Hajmi379,08 Kb.
#951522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6.Sak-skif madaniyati.
Sak-skiflar bir necha ming yillar davomida o‗ziga xos madaniyat yaratdilar. Sak-skif 
mifologiyasi boy va mazmunli bo‗lib, antik mualliflar tomonidan o‗zlashtirilgan. Osiyo va 
Yevropaning cho‗l va dasht hududlarida sak-skiflarning moddiy madaniyat yodgorliklari bo‗lgan 
yuzlab, minglab qo‗rg‗onlar topib o‗rganilgan. Sirdaryoning quyi oqimi, Markaziy Qozog‗iston, 
Tyan-Shan, Pomir, Oltoy, Shimoliy Qora dengizbo‗yi, Dnepr daryosi dashtlaridan qazib 
o‗rganilgan qabr-qo‗rg‗onlardagi topilmalar sak-skif madaniyatini bepoyon dasht-cho‗l 
hududlarida an‘anaviy bir xil shakllangani, syujetlar, uslublar, tasvirlar bir xilligi, bir-birini 


takrorlab kelishi bilan bu madaniyatning yaxlitligidan dalolat beradi. Chunki yaxlit etnik birlik 
xo‗jalik hayotining bir xilligini, an‘anaviy turmush tarzi, dunyoqarash va diniy e‘tiqodning ham 
bir xilligini ta‘minladi. Minglab kilometrlarga cho‗zilib ketgan bepoyon kenglikda iqlim
landshaft, geografik muhitning har xilligi madaniyatda shaklan o‗ziga xoslikni yaratdi. Arxeologik 
qazilma topilmalarida harbiy qurol-yarog‗larning tuzilishi, ularga tushirilgan hayvon tasvirlari bir-
biriga o‗xshash. 
Sak-skif madaniyatining gullab-yashnashi mil.avv. VII–VI asrlarga to‗g‗ri keladi. Abadiy 
muzlik sababli Tog‗li Oltoydan topilgan juda yaxshi saqlanib qolgan Paziriq madaniyati yod-
gorligi bu san‘atning ajoyib namunasi hisoblanadi. Paziriq va hududdagi boshqa qabrlardagi 
buyumlar yaxshi saqlangan. Bu buyumlar ichida marhumlarning kiyimi, taqinchoqlar va 
yog‗ochdan o‗yilgan ashyolar, kigiz, patli gilamlar va boshqa buyumlar bor. Dafn qilingan 
odamlarning badanlariga chizilgan (tatiurovka). Bular barchasi abadiy muzlik sharoitida yaxshi 
saqlanib qolgan. Kuban dashtlarida mil.avv. VI–IV asrlarga oid skif qo‗rg‗on va qabrlarida 
odamlar jasadi bilan birga, katta miqdorda hayvon suyaklari, jez qozonlar, egar-jabduqlar, harbiy 
va mehnat qurollari, turli xil oltin zeb-ziynatlar topilgan. Sak-skif qabrlarida qurol-yarog‗lar 
muntazam uchraydi: kamon o‗qi uchlari, kamon qoldiqlari, nayza va qilich-aqinaklar. Ayollar 
qabridan baldoq, uzuklar, bilakuzuklar va oynalar topilgan.
O‗rta Osiyo, Qozog‗iston, Sibir va Qora dengiz bo‗yi cho‗l-dashtlarida yashagan sak-skif 
qabilalari urf-odat an‘analari, turmush tarzini o‗z madaniyatlarida ifodali aks ettirdilar. Bu 
madaniyatning tasviriy san‘at sohasida hayvon uslubi nihoyatda mukammallikda o‗z ifodasini 
topdi. Sak-skiflar tabiat qo‗ynida bir umr hayvonot dunyosi bilan birgalikda uyg‗un yashaganlar. 
Xonaki va yovvoyi hayvonlar ko‗chmanchi, yarim o‗troq urug‗ qabilalar uchun hayot manbayi 
edi. Kiyim-kechaklar, egar-jabduqlar, qurol-yarog‗lar va turar-joy, o‗tovlar hayvonlar tasvirlari 
bilan bezatilgan. Hayvonot dunyosi sak san‘atida guruh-guruh qilib tasvirlangan. Kiyik, bug‗u, 
tog‗ echkisi, qo‗y, ot, sher, yo‗lbars, qoplon, qushlar sher gavdali, burgut boshli qilib afsonaviy 
qanotli mavjudotlar kabi tasvirlanar edi. Hayvonlarning olishayotgan tasvirlari sak-skiflarning 
tabiat dunyosini uzoq kuzatib, uning borlig‗ini aks ettirishga harakat qilganlarini ko‗rsatadi. Ular 
o‗zlarining uzoq ajdodlari totemlari, asoschilari, homiylari qilib hayvonlarni tanlaydilar. 
Hayvonlarda sehrli kuch mavjudligiga ishondilar. Hayvonlar tasviri urug‗ jamoaga, uning a‘zosi – 
odamga yordam berishi, homiylik qilishi, balo-qazolardan, yovuz kuchlardan saqlashi va 
qutqarishi lozim edi.
Har bir buyum – mehnat quroli, harbiy qurol-yarog‗da badiiy san‘at namunasini ko‗rish 
mumkin. Tasvirlar jonli, uyg‗un, hayotiy bo‗lib, ularda sak-skiflarning dunyo-jamiyat va tabiat 
to‗g‗risidagi tasavvurlari o‗z aksini topgan. Qrimdagi Ko‗loba qo‗rg‗onidan bundan 170 yil oldin 
topilgan elektron qadahda o‗z yarasini davolayotgan uch odamning tasviri hayotiy ifodalangan. 
Shunday manzara Voronej yaqinidagi qo‗rg‗ondan topilgan kumush xumda tasvirlangan. Bu har 
ikkala topilmada tasvirlangan manzara bepoyon cho‗l-dashtlarda yashagan sak-skiflarning 
tuzmush tarzi, urf-odat, an‘analari, marosimlari bir xil bo‗lgan xalqning yaxlit madaniyatni 
shakllantirganini ko‗ramiz.
Sak-skiflar tabiat kuchlariga e‘tqod qilganlar. Olov, suv, havo, hayvonlarga sig‗inish keng 
tarqalgan. Gerodotning guvohlik berishicha, temir qilichga singdirilgan xudo ruhiga e‘tiqod 
qilingan. Uning yozishicha, skiflarning har bir viloyatida yog‗och va shoxlardan ulkan mehrob 
qilinib, uning tepasiga qo‗yilgan qilich – aqinakga xonaki hayvonlar, har yuz asirdan biri qur-
bonlik keltirilgan. Sak-skiflarning bir qismi bo‗lgan massagetlar osmon xudosi Ko‗k tangriga 
sig‗inganlar. Unga uchqur otni qurbonlik keltirganlar. Homiy hayvonlarga qurbonlik qilish, uning 
sharafiga marosimlar o‗tkazish an‘ana bo‗lib qolgan. Chertomlik qo‗rg‗onidan topilgan katta 
kumush ko‗zada otni qurbonlik keltirish marosimi tasvirlangan. Diniy aqidalar yuqori darajada 
shakllanganini sak-skif turmush tarzi, urf-odat, an‘analari namoyon etsa, tabiat kuchlariga 
e‘tiqodning singib ketganini arxeologik topilmalar, mifologiya, mozor-qo‗rg‗onlar, shakllangan 
dafn marosimlari yaqqol ko‗rsatadi.


Uzoq Norvegiyada Oseberg qo‗rg‗onida topilgan XI asrga tegishli kema san‘at namunasi 
hisoblanadi. Kema hayvon uslubidagi yog‗och o‗yma ornament bilan bezalgan. Ajdarning mo-
hirona yo‗nib ishlangan, ochilib turgan og‗zi sak-skif xanjari sopidagi hayvon tasviri bilan 
o‗xshash. Sak-skif madaniyati Old Osiyo, Yevropa va sharqning boshqa mamlakatlari madaniyati-
ga asrlar davomida hayotbaxsh ta‘sir qildi. O‗rta Osiyo, Eronda topilgan noyob san‘at asari 
bo‗lgan oltin, kumush, jez ko‗za, jom, qadahlarda ot kallasi, kiyik va tog‗ echkisi tasviri 
tushirilgan. Cho‗llar, dasht va tog‗oldi hududlarida yashagan ko‗chmanchi chorvachilik bilan 
shug‗ullangan sak-skiflar o‗zlari bilan yonma-yon yashagan o‗troq etnik birliklar bilan faol 
hamkorlik qildilar. Ko‗chmanchilar ko‗p hollarda birgalikda yashab o‗troq aholi tinchligini 
himoya qildilar. O‗zaro yaqin aloqalar har ikki tomonning turmush tarzi va madaniyatlariga ta‘sir 
qildi. Yevropaning ilk sivilizatsiyasi hisoblangan Yunon dunyosi madaniyatida sak-skiflar, 
sharqning ilk sivilizatsiyalarining ta‘siri yaqqol ko‗rinadi. San‘atdagi hayvon uslubi Xitoy 
san‘atining eng qadimgi yodgorliklarida, Yevropaning so‗nggi temir davridagi kelt qabilalarining 
dekorativ san‘atida yaqqol namoyon bo‗ladi. Hozirgi O‗rta Osiyo, Afg‗oniston va Eron 
xalqlarining san‘ati va madaniyatida sak-skiflarning san‘atidagi ko‗chib yuradigan obrazlar: ot, 
kiyik, tog‗ echkisi, sher, qo‗y tasvirlari, geometrik shakllar asrdan asrga, avloddan avlodga o‗tib 
keladi. Turli xalqlarning harbiy san‘at namunalari bo‗lgan jez, kumush, tilla sopli qilich, xanjar va 
qalqonlarda hayvon uslubi mustahkam o‗rinni egallagan. Milodiy IV asrga oid Amudaryo 
xazinasidagi oltin buyumlarning barchasida sak-skif san‘atining qaynoq nafasi yaqqol sezilib 
turadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, sak-skiflar hayvonlarda ilohiy kuchni ko‗rganlar. Odamlar ana 
shu ilohiy kuchni o‗zlashtirishlari lozim deb tasavvur qiladilar. Mifologiyada ma‘budlar antromorf 
qiyofada gavdalanadi. U o‗ziga xos keng dasht-cho‗llar, atrof dunyoni ramziy yaxlit aks ettirgan 
buyumlar, qurol-yarog‗, uy-ro‗zg‗or buyumlari, haykalchalar, qabr-qo‗rg‗onlarda aks etdi. Hayvon 
obrazi, uslubi bu xalqning moddiy va ma‘naviy madaniyatining ustuvor yo‗nalishi edi.
Saklarning kiyimlari ko‗chmanchi turmush tarziga mos edi. Kiyimlar ishlov berilgan 
charm, jun, bo‗zdan bo‗lgan. Charm etik, boshga cho‗qqi qalpoq kiyilgan. Kalta kamzul, belda 
kamar, tor yoki keng charm ishton etikka tiqilgan. Boy ko‗chmanchilar kiyimlarida tilla, kumush 
bezaklar, otlarning egar-jabduqlari ham shunday ziynatlangan. Ayollar belda kamar bilan uzun tor 
yengli ko‗ylak, kalta kamzul kiyganlar. Ularning bo‗yinlariga munchoq, qo‗llariga bilakuzuk, 
barmoqlariga uzuklar taqilgan. Oyoqlarida ham halqa taqqanlar.
Sak-skif san‘atining eng noyob namunalaridan biri – Tog‗li Oltoydagi qabr-qo‗rg‗ondan 
yoshi 2500 yilga teng, hajmi 83x2.00 metrli qadimgi gilam topilgan. Bu qabrdan yana bir katta – 
4,5x6,5 m kigiz gilam topilgan. Uning oq rang bilan bo‗yalgan yuzasidagi ikki qatorli tasvirda 
taxtda o‗tirgan malika qo‗lida gullab turgan shoxcha oldida otliq turibdi. Suvoriy yo‗lboshchi 
kalta kamzul, tor ishton va yumshoq oyoq kiyimda, kamarida sadoq osilgan bo‗lgan. Ehtimol, 
gilam yo‗lboshchi chodiri – qarorgohi devoriga ilingan bo‗lgan. Topilmalardan yana biri foytun. U 
bir necha qismlardan tuzilgan bo‗lib, qayish bilan bir-biriga bog‗langan. Butun foytun faqat 
yog‗ochdan bo‗lib, qayish bilan bir-biriga puxta bog‗langan. Katta g‗ildiraklar qo‗yilib, ular 
o‗rtasiga ayvon qilingan bo‗lib, foytunning balandligi uch metrga yetadi. To‗rt ot foytunni tortgan. 
Paziriq qo‗rg‗onlarida ham otlar qabrga dafn qilingan. Otning egar-jabduqlari bug‗u terisidan 
qilinib, ichiga jun to‗ldirilgan charm yostiqchalar bilan otning jasadi o‗ziga xos, otning dumi 
charm g‗ilof, yoliga xo‗rozlar tasvirlangan kigiz g‗ilof kiydirilgan. Otning tumshug‗idan 
kiydirilgan niqobning davomida kallasiga charmdan tikilgan bug‗uning tarmoqlanib ketgan 
shoxlari turibdi. Charm niqob, kigiz va teri otning burni va peshanasi ustida yashil rangda 
bo‗yalgan sher tasviri bilan bezalgan. Bu topilmalar sak-skif san‘atining yuksak darajada 
rivojlanganidan dalolat beradi. Gilamlardagi tasvirlar, rasmlar, hayvonlar, naqshlar, geometrik 
shakllar an‘anaviy ravishda sak-skiflarning keyingi avlodlari bo‗lgan barcha turkiy xalqlarning 
madaniyatida to‗la saqlanib qoldi va yanada rivojlandi.
Sak-skiflar Osiyo va Yevropa hududlarida ko‗payib, turli xalq-etnoslarning keyingi 
shakllanishida poydevor bo‗ldilar. Bu madaniyat insonni tabiat qo‗ynidagi erkin dunyoqarashi, un-


ing tabiat bilan uyg‗un munosabatini o‗zida aks ettirdi. Ayniqsa, hayvonot dunyosi sak-skiflar 
bilan uyg‗un bog‗langan edi. Sak-skiflar ko‗chmanchi chorvachilik bilan birga, ovchilik bilan 
shug‗ullanar edilar. Ov ularning doimiy hamrohi bo‗lib, ular yovvoyi hayvon va parrandalarning 
tabiatini yaxshi bilganlar.


Download 379,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish