1. Tarixiy ma’lumotlar
E. Feygenbaum, B. Bukhenenom, E. Liderbergom tomonidan 1969 yilda ishlab chiqilgan dastur bu - DENDRAL [1-4] hisoblanadi. DENDRAL - murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun qo’llaniladigan eksperttizim (ET).
1973 yilda A. Kolmeroe AQSh, Yevropa, Rossiyada ommalashgan mantiqiy dasturlash tili - Prolog tilini yaratdi. Keyinchalik FRL, KRL, GUS mantiqiy dasturlash tilllari ishlab chiqildi.
Yaqin vaqtlarga qadar murakkab intellektual o’yinlarga yaqqol misol sifatida shaxmat qaralgan. 1974 yilda dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan mashinalar o’rtasida xalqaro shaxmat musobaqasi o’tkazildi. Bu musobaqada shaxmat dasturi bilan ta’minlangan sovet (Rossiya) mashinasi "Kaissa" g’alaba qozondi.
Keyinchalik E. Feigenbaum, B. Bukxenen, E. Shortliff MYCIN ETini ishlab chiqadi [1-4]. Unda qonda yuqumli kasalliklarni aniqlashga imkon beradigan 450 ga yaqin qoidalar mavjud. MYCIN - ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET.
1979 yilda "PROSPECTOR" ETi yaratilgan (1-4). PROSPECTOR foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET hisoblanadi.
Sanoatda qo'llanadigan birinchi ET 1982 yilda McDermott tomonidan ishlab chiqilgan K1 edi. K1 tizimi VAX oilasining kompyuter tizimlarini sozlash uchun ishlatilgan. Digital Equipment Corporation tomonidan Carnegie Mellon (AQSh) universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tizimning tijorat versiyasi XCON deb nomlandi. 1986-yilga kelib ushbu tizim korporatsiyasi yiliga 70 million dollar tejash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizimni qo'llash natijasida xatoliklar soni 30% dan 1% gacha qisqardi[1-4].
1986-1996 yillarda sun’iy intellekt (SI) sohasidagi tadqiqotlarda mustaqil yo’nalish sifatida ETlar yoki bilimlar injeneriyasi shakllandi [1-4]. Bu yo’nalishdagi masalalarga inson-expertga qiyin tyulgan, y’ni bilimlarga va masalani echish uchun xulosalash proseduralariga asoslangan dasturlar yaratish va tadqiqotlar olib boorish kabilar kiradi.
Foydalanuvchilar tomonidan ETlarga qiziqish asosan uchta factor bilan belgilanadi [4]:
• ET lar shunday masalalarni echishga mo’ljallanganki, qachonki uhbu masalalarning echimi mavjud bo’lmasa yoki echish algoritmi nomalum bo’lsa;
• ET foydalanuvchiga shunday sharoit yaratadiki, foydalanuvchi dasturlashni bilmasa ham, o’zining tajribasi va bilimidan foydalanib masalani mustaqil ishlab chiqadi;
• ET shunday natijalarni olishga imkoniyat yaratadiki, bu natijalar inson-ekspertnatijalaridan qolishmaydi, ba’zi hollarda inson-ekspertimkoniyatlaridan yuqoriroq natijalarga erishadi.
Bu davr oddiy ET larning yaratilganligi va integralli ETni yaratishning boshlanishini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |