Informatikadagi ETlarga doir misollar.
YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni boshqaruvchi ET;
NetWizard – lokal tizimlarni loyihalovchi ET;
CODES. Bu ET MBni ishlab chiquvchi mutaxassisga, MBning kontseptual sxemasini aniqlash uchun IDEF1 yondashuvni qo`llashni istayotgan mutaxassisga yordamlashadi.
IDEF1 yondashuv sifatida foydali bo`lgani bilan, uning qoidalarining qiyinligi ko`pincha undan foydalanishdan to`xtatib qoladi.
Mutaxassis dialog tarzida amalga oshiriluvchi CODES tizimi rahbarligida MBda qanday xususiyatlar va o`zaro munosabatlar ma’qulligini tavsiflaydi. Shundan so`ng tizim ishlab chiqilayotgan kontseptual sxemalarni qurish uchun o`z bilimlarini qoidalar va evristik IDEF1ni qo`llaydi.
CODESda bilimlar boshqarish strategiyasi sifatida mulohazalarning teskari zanjiri qo`llagan qoida ko`rinishida berilgan.
CODES ETi UCI LISP tilida joriy qilingan qilingan. U Janubiy Kaliforniya shtati universitetida ishlab chiqilgan va u namoyish prototipi darajasigacha yetkazilgan.
Kompyuter tizimlaridagi ETlarga doir misollar.
MIXER. Bu ET Texas Instruments SBIS TI990 uchun ishlab chiqilgan mikrodasturlarni yozishda dasturchilarga ko`maklashadi. Berilgan tavsiflarga ko`ra mikrodasturlar tizim TI990 uchun optimallashgan mikrodasturni oladi.
MIXER ETi TI990 uchun mikrodasturlash bo`yicha bilimlarni o`zida aks etadi, ular boshqaruvchi PZU TI990 mikrodasturlari qo`llanmasi va tahlilidan olingan.
MIXER bu bilimlarning orasidan qaysi mikrooperatsiyalar makrodasturlarni realizatsiya qilishda eng yaxshilarini aniqlashda ishlatadi.
Tizim bilimlarni qoida va ma’lumot shaklida namoyish etadi, birxillashtirishga ega, u chiqarish va dinamik qaytish bilan boshqariladi.
MIXER Prolog tilida realizatsiya qilingan. U Tokio universitetida ishlab chiqilgan va u namoyish prototipi darajasigacha yetkazilgan.
Elektronikada ETlarga doir misollar.
ACE. Bu ET telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlaydi va uni sozlash va tiklash chora-tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradi.
Tizim foydalanuvchining aralashuvisiz ishlaydi, CRAS yordamida kunlik holat to`g`risidagi ma’lumot-hisobotini tahlil qiladi, dasturlar kabel tarmog`ida sozlash ishlarini borishini kuzatib boradi.
ACE nosoz telefon kabellarini topadi va keyin ular rejali majburiy sozlashga muhtoj yoki muhtojmasligini hal qiladi va qaysi turdagi sozlash ishlari samaraliligini tanlaydi.
Shundan so`ng ACE foydalanuvchiga foydalanish huquqi berilgan maxsus MBda o`zining tavsiyalarini saqlab qoladi.
Tizim telefon stansiyalarga taalluqli, CRAS tizimi xabarlari va tarmoq tahlili strategiyalari to`g`risidagi bilimlarni qo`llab, qaror qabul qiladi. Tizim bilimlarni namoyish etish qoidalariga asoslangan, unda mulohazalarning to`g`ri zanjiri orqali boshqarish sxemasi qo`llaniladi.
ASE ETi OPS4 va FRANZ LISP tilida realizatsiya qilingan va kabellarning ahvolini kuzatuvchi podstansiyalarda joylashgan AT&T 3B-2 mikroprotsessorlar seriyasida ishlaydi. U Bell Laboratoriesda ishlab chiqilgan. ASE tajribali ekspluatatsiyadan o`tgan va kommertsion ET darajasigacha yetkazilgan.
Ishlab chiqarishda, harbiy sohada, informatikada, kompyuter tizimlarida, elektronikada keng va samarali qo`llanilayotgan ETlarga misollar 14.8-rasmda keltirilgan.
14.8-rasm. ETlarga misollar.
O`zbekistonda ham shunday ETlaridan ayrimlari ishlatilmoqda. O`zbekiston respublikasi qonunchiligining elektron axborot tizimini ishlab chiqaruvchi Norma kompaniyasi tomonidan bir qancha milliy ETlari yaratilgan va amalda qo`llanilmoqda.
V atanimizda Norma kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ETlari:
Amaliy buxgalteriya ET;
Kichik korxona elektron buxgalteriya ET;
A maliy soliq to`lovlari ET;
«A» dan «Ya»gacha tekshiruv ET;
Kadrlar bo`yicha maslahatchi ET;
Soliqlar: savollar va javoblar ET;
Eksport-import operatsiyalari ET;
Tashkilot yuristi ET;
Qurilish ET;
Kichik korxona: hisob, soliq, huquq ET;
Aqlli bichish-tikish ET;
Mohir taxlam ET.
Do'stlaringiz bilan baham: |