14-Laboratoriya ishi. Snmp protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish Ishdan maqsad



Download 486,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.05.2022
Hajmi486,86 Kb.
#613924
  1   2   3
Bog'liq
14-Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy qo\'llanma



14-Laboratoriya ishi. 
SNMP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish 
Ishdan maqsad
: SNMP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini 
o’rganish. 
Topshiriq 
-
14.2-rasmda ko’rsatilgan topologiya bo’yicha qurilmalarni sozlang; 
-
Tarmoq elementlari uchun SNMP agentini sozlang; 
-
Trap funksiyasini sozlang; 
-
SNMP community ni sozlang; 
-
RIP protokolini sozlang. 
-
Dude dasturiy vositasi yordamida qurilmalarni holatini monitoring qiling. 
Nazariy qism 
SNMP (Simple Network Management Protocol) tarmoqni boshqarishning 
oddiy protokoli. SNMP protokoli tarmoqdagi tizimlar va qurilmalarni kuzatish va 
boshqarish uchun mo’ljallangan IETF (Internet Engineering Task Force) protokoli. 
Boshqaruv uchun SNMP-ning ishlatilishi maxsus yaratilgan turli xil dastur va 
vositalar, hatto qurilmalardagi juda katta o’zgarishlarga olib keladi. SNMP protokoli 
bir nechta versiyalarda, oldingi nisbatan kamroq himoyalangan birinchi versiyadan 
ancha yuqori tavsiya etilgan uchinchi versiyaga ega hisoblanadi, bu esa juda yuqori 
darajadagi xavfsizlik sozlamalarini taklif etadi. SNMP protokoli asosan ikkita UDP 
porti - umumiy xabarlar uchun 161 va Trap xabarlari uchun 162 portlardan 
foydalanadi. SNMP protokoli boshqaruv dasturiga boshqariladigan qurilmadan 
ma’lumot so’rash imkonini beruvchi protokol. Boshqariladigan qurilma SNMP 
ma’lumotlarini yuboruvchi va qabul qiluvchi dasturiy ta’minotni ishga tushiradi. 
Ushbu dasturiy modul odatda SNMP agenti (Agent) deb ataladi. Agentlar ushbu 
ma’lumotlarni MIB-ga yig’ish va to’plash vazifasini bajaradi. Manager va agent 
so’rovlar va ma’lumotlarni bir-biriga jo’natadi, kerak bo’lganda yangilaydi va tahlil 
qiladi, natijada biz uchun barcha ma’lumotlarni to’plashda keyinchalik so’rovlarni 


ko’rib chiqish vazifalarini bajaradi. SNMP individual qiymatlarning ma’nosi va 
turini aniqlash uchun ierarxik boshqaruv axborot bazasidan (MIB) foydalanadi. 
MIB IP-marshrutizatordan tortib saqlash quyi tizimigacha bo’lgan turli xil SNMP 
boshqariladigan obyektlarni belgilaydi va tavsiflaydi. 
14.1-rasm. SNMP so’rovi va javobi sxemasi 
Shunday qilib, SNMP ma’murni buyruqlarni qo’lda kiritish zaruratidan 
xalos qiladi. Jami uchta versiyasi ishlab chiqilgan. Ularning barchasi hali ham 
ishlatilmoqda va ikkinchi versiyasi (SNMPv2c) eng keng tarqalgan versiya 
hisoblanadi. 
SNMP arxitekturasini tashkil etuvchi komponentlar quyidagilardir: 
-
tarmoqni boshqarish stansiyasi, shu jumladan tarmoq menejerini (SNMP 
manager) o’z ichiga oladi; 
-
agentlar (SNMP agent); 
-
boshqaruv ma’lumotlari bazasi (MIB - Management Information Base); 
-
boshqariladigan komponentlar. 
Tarmoqni boshqarish stansiyasi (Network Management Station (NMS)) – 
boshqariladigan qurilmalarni masofadan nazorat qiladi, asosiy agentlar tomonidan 
to’plangan ma’lumotlarni oladi, ish faoliyatini nazorat qiladi va ma’lumotlarni 
grafik shaklda taqdim etadi. O’rnatilgan NMS menejeri agentlar bilan aloqa qilish 
uchun javobgardir. 
Ba’zi boshqaruv kompyuterlarda ishlaydigan va butun tarmoqni 
boshqaradigan dasturiy ta’minot. 


SNMP Manager - ba’zi ma’muriy kompyuterlarda ishlaydigan va butun 
tarmoqni boshqaradigan dasturiy ta’minot. U quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-
Boshqariladigan har qanday qurilmani so’roq qilish qobiliyati – so’rov 
(
polling)
orqali; 
-
Tarmoq boshqaruvi uchun mumkin bo’lgan yechim (qaror qabul qilish); 
-
Odatda SNMP agentlariga nisbatan juda kam miqdorda tizimda ishlaydi. 
SNMP Agent - Har bir SNMP boshqariladigan qurilmada ishlaydigan va 
boshqaruvchidan kelgan so’rovga javoban ushbu boshqariladigan resurs haqida 
ma’lumotlarni to’playdigan va yuboradigan kichik kod bo’lagi. U quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
-
Tarmoq qurilmasidagi ma’lumotni yig’adi va ushbu ma’lumotlar MIB da 
saqlanadi; 
-
Menejerga so’rov bo’yicha to’g’ri ma’lumot berishga javob beradi; 
-
TRAP lardan foydalanib SNMP bilan muloqotni boshqarish mumkin. 
Proksi Agent (SNMP Proxy) - bir yoki bir nechta SNMP bo’lmagan 
qurilmalarning ma’lumotlarini qo’llab-quvvatlaydigan SNMP agenti. Proksi-agent 
nazorat xabarlarini qayta ishlashni amalga oshiradi. 
MIB (Management Information Base) - tarmoq ma’lumotlari to’plamidir. U 
SNMP agentdagi boshqariladigan qurilmalarni haqiqiy qiymatlarini o’z ichiga oladi. 
-
Get; 
-
Get Next; 
-
Get Bulk; 
-
Set; 
-
Trap. 
Get-Request - Menejer tomonidan aniq ma’lumotni olish uchun Agentga 
yuboriladigan so’rov; 
Get-Next-Request - Menejer tomonidan keyingi boshqariladigan qurilma 
(Obyekt) haqidagi ma’lumotlarni so’rash uchun yuboriladigan so’rov; 


Set-Request - boshqariladigan qurilma qiymatini oʻzgartirish yoki belgilash 
uchun menejerlar tomonidan foydalaniladi; 
Get-Response - Agent menejerdan olingan qabul qilish va o’rnatish 
ma’lumotlariga javob beradi; 
Get Bulk - katta MIB jadvalidan bir qator ma’lumotlarni olish uchun 
foydalaniladi; 
Trap - agent tomonidan yaratiladigan signal (qandaydir hodisa sodir bo’lsa). 

Download 486,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish