14-Laboratoriya ishi.
SNMP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish
Ishdan maqsad
: SNMP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini
o’rganish.
Topshiriq
-
14.2-rasmda ko’rsatilgan topologiya bo’yicha qurilmalarni sozlang;
-
Tarmoq elementlari uchun SNMP agentini sozlang;
-
Trap funksiyasini sozlang;
-
SNMP community ni sozlang;
-
RIP protokolini sozlang.
-
Dude dasturiy vositasi yordamida qurilmalarni holatini monitoring qiling.
Nazariy qism
SNMP (Simple Network Management Protocol) tarmoqni boshqarishning
oddiy protokoli. SNMP protokoli tarmoqdagi tizimlar va qurilmalarni kuzatish va
boshqarish uchun mo’ljallangan IETF (Internet Engineering Task Force) protokoli.
Boshqaruv uchun SNMP-ning ishlatilishi maxsus yaratilgan turli xil dastur va
vositalar, hatto qurilmalardagi juda katta o’zgarishlarga olib keladi. SNMP protokoli
bir nechta versiyalarda, oldingi nisbatan kamroq himoyalangan birinchi versiyadan
ancha yuqori tavsiya etilgan uchinchi versiyaga ega hisoblanadi, bu esa juda yuqori
darajadagi xavfsizlik sozlamalarini taklif etadi. SNMP protokoli asosan ikkita UDP
porti - umumiy xabarlar uchun 161 va Trap xabarlari uchun 162 portlardan
foydalanadi. SNMP protokoli boshqaruv dasturiga boshqariladigan qurilmadan
ma’lumot so’rash imkonini beruvchi protokol. Boshqariladigan qurilma SNMP
ma’lumotlarini yuboruvchi va qabul qiluvchi dasturiy ta’minotni ishga tushiradi.
Ushbu dasturiy modul odatda SNMP agenti (Agent) deb ataladi. Agentlar ushbu
ma’lumotlarni MIB-ga yig’ish va to’plash vazifasini bajaradi. Manager va agent
so’rovlar va ma’lumotlarni bir-biriga jo’natadi, kerak bo’lganda yangilaydi va tahlil
qiladi, natijada biz uchun barcha ma’lumotlarni to’plashda keyinchalik so’rovlarni
ko’rib chiqish vazifalarini bajaradi. SNMP individual qiymatlarning ma’nosi va
turini aniqlash uchun ierarxik boshqaruv axborot bazasidan (MIB) foydalanadi.
MIB IP-marshrutizatordan tortib saqlash quyi tizimigacha bo’lgan turli xil SNMP
boshqariladigan obyektlarni belgilaydi va tavsiflaydi.
14.1-rasm. SNMP so’rovi va javobi sxemasi
Shunday qilib, SNMP ma’murni buyruqlarni qo’lda kiritish zaruratidan
xalos qiladi. Jami uchta versiyasi ishlab chiqilgan. Ularning barchasi hali ham
ishlatilmoqda va ikkinchi versiyasi (SNMPv2c) eng keng tarqalgan versiya
hisoblanadi.
SNMP arxitekturasini tashkil etuvchi komponentlar quyidagilardir:
-
tarmoqni boshqarish stansiyasi, shu jumladan tarmoq menejerini (SNMP
manager) o’z ichiga oladi;
-
agentlar (SNMP agent);
-
boshqaruv ma’lumotlari bazasi (MIB - Management Information Base);
-
boshqariladigan komponentlar.
Tarmoqni boshqarish stansiyasi (Network Management Station (NMS)) –
boshqariladigan qurilmalarni masofadan nazorat qiladi, asosiy agentlar tomonidan
to’plangan ma’lumotlarni oladi, ish faoliyatini nazorat qiladi va ma’lumotlarni
grafik shaklda taqdim etadi. O’rnatilgan NMS menejeri agentlar bilan aloqa qilish
uchun javobgardir.
Ba’zi boshqaruv kompyuterlarda ishlaydigan va butun tarmoqni
boshqaradigan dasturiy ta’minot.
SNMP Manager - ba’zi ma’muriy kompyuterlarda ishlaydigan va butun
tarmoqni boshqaradigan dasturiy ta’minot. U quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
Boshqariladigan har qanday qurilmani so’roq qilish qobiliyati – so’rov
(
polling)
orqali;
-
Tarmoq boshqaruvi uchun mumkin bo’lgan yechim (qaror qabul qilish);
-
Odatda SNMP agentlariga nisbatan juda kam miqdorda tizimda ishlaydi.
SNMP Agent - Har bir SNMP boshqariladigan qurilmada ishlaydigan va
boshqaruvchidan kelgan so’rovga javoban ushbu boshqariladigan resurs haqida
ma’lumotlarni to’playdigan va yuboradigan kichik kod bo’lagi. U quyidagi
vazifalarni bajaradi:
-
Tarmoq qurilmasidagi ma’lumotni yig’adi va ushbu ma’lumotlar MIB da
saqlanadi;
-
Menejerga so’rov bo’yicha to’g’ri ma’lumot berishga javob beradi;
-
TRAP lardan foydalanib SNMP bilan muloqotni boshqarish mumkin.
Proksi Agent (SNMP Proxy) - bir yoki bir nechta SNMP bo’lmagan
qurilmalarning ma’lumotlarini qo’llab-quvvatlaydigan SNMP agenti. Proksi-agent
nazorat xabarlarini qayta ishlashni amalga oshiradi.
MIB (Management Information Base) - tarmoq ma’lumotlari to’plamidir. U
SNMP agentdagi boshqariladigan qurilmalarni haqiqiy qiymatlarini o’z ichiga oladi.
-
Get;
-
Get Next;
-
Get Bulk;
-
Set;
-
Trap.
Get-Request - Menejer tomonidan aniq ma’lumotni olish uchun Agentga
yuboriladigan so’rov;
Get-Next-Request - Menejer tomonidan keyingi boshqariladigan qurilma
(Obyekt) haqidagi ma’lumotlarni so’rash uchun yuboriladigan so’rov;
Set-Request - boshqariladigan qurilma qiymatini oʻzgartirish yoki belgilash
uchun menejerlar tomonidan foydalaniladi;
Get-Response - Agent menejerdan olingan qabul qilish va o’rnatish
ma’lumotlariga javob beradi;
Get Bulk - katta MIB jadvalidan bir qator ma’lumotlarni olish uchun
foydalaniladi;
Trap - agent tomonidan yaratiladigan signal (qandaydir hodisa sodir bo’lsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |