14- mavzu tabiatdagi ob’yektlar sifati va kvalimetriyasi reja


- mavzu. SERTIFIKATLASHNING QOIDA VA TARTIBLARI. SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMLARI



Download 74,6 Kb.
bet4/11
Sana22.02.2022
Hajmi74,6 Kb.
#98193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
русчага угир.

16- mavzu. SERTIFIKATLASHNING QOIDA VA TARTIBLARI. SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMLARI.


Reja.



  1. Sertifikatlashtirish sxemalari

  2. Sertifikatlashtirish omillari

  3. Sertifikatlashtiriluvchi maxsulot

  4. Sertifikatlashtirishni me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlanishi

Sertifikatlashtirish bo’yicha ISO tarkibidagi qo’umita tomonidan tayyorlangan xujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan:


Birinchi sxema. Bu sxema bilan fakat maxsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo’l o’zining soddaligi va uncha ko’p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada maxsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkazilib, sungra uning sifatini savdo shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan maxsulotning sifatini ham baxolash imkonini beradi. Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar maxsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, bari bir uni savdo shaxobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo’lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tugiladi.
Uchinchi sxema. Maxsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o’tkazish, so’ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki maxsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o’tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, maxsulotning iste’molchiga jo’natilishi to’xtatiladi.
To’rtinchi sxema. Maxsulot namunalarining turlarini xuddi 1- 3-sxemalardek sinovdan o’tkazishga asoslangan bo’lib, so’ngra savdo shaxobchasidagi hamda ishlab chiqdrishdan olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o’tkazish orqali maxsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda maxsulot ishlab chiqarilgan bo’lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar buo’gandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.
Beshinchi sxema. Bu sxema maxsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o’tkazishga va maxsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo’lib, so’ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat maxsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqariladigan maxsulotning sifatini kerakli darajada bo’lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonadagi maxsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida uning mezonini aniqlash muxim axamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko’p tarqalgan sxemadir. Birinchi, to’rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakxab va nisbatan qimmatrok, turadigan sxema bo’lib, uning afzalligi itemolchi maxsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosnl qiladi, bu esa asosiy mezon xisoblanadi.
Oltinchi sxema. Oltinchi sxema faqat korxonadagi maxsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimni baholanishini o’tkazishga mo’ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faq at korxonaning belgilangan sifat darajadagi maxsulotni chiqarish qobiliyati baxolanadi.
Yettinchi sxema. Maxsulotning xarbir tayyorlangan tudasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab to’dani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqdanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning xajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to’daning katta- kichikligiga maqbul bo’ladigan sifat darajasiga boglik. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani to’plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo’llanilishi statistik usulni qo’llash bilan bogliqdir.
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o’tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqorida 1-7 sxemalarga qaraganda taminlovchining ma’suliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan o’tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8- sxema maxsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq, talablar qo’yilganda ishlatilishga asoslangan yoki
Maxsulotning ishlatilishi natijasida standart talablariga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar etkazganida qo’llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaxo metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko’proq qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaxo metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozalishni tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan seertifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bidan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqdanishi (attestatsiyalanishi)ga asoslangan.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzaldigi va kamchiliklari taxlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to’liq, bo’lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdan maxsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, istemolchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bqlgan qonunlar va me’yoriy xujjatlar asosida o’z ishini tashkil etadi.
Sertafikatlashtirish idorasi sinovlarni o’tkazish, korxonadagi va savdo shaxobchasidagi maxsulotning sifatini nazorat qilish, hamda nazoratni tashkil qilish va shunga o’xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi. Buning uchun sertifikatlashtirish idorasida sinov bo’limlari, maxsus nazoratchilar shtati bo’lishi kerak. Ammo bu hamma vaqt ham iqtisodiy
Tomondan o’zini oqlay olmaydi. Shunday hollarda u o’z vazifasining bir qismini boshqa idoraga yoki tashkilotga topshiradi.
2. SERTIFIKATLASHTIRISH OMILLARI
Sertifikatlashtirish soxasidagi ishlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy omillar hal qiluvchi o’rin tutadi:
- tashqi va ichki bozordagi iste’molchining manfaatlariga mos keladigan maxsulot uchun mezonni to’gri tanlash;
-sertifikatlashtirishishlarini o’tkazishda xolislik (haqqoniyat) bo’lishi.
Ta’minlovchining buyumi (maxsuloti) har doim ham belgilangan standart talablariga mos keladi degan ko’rsatmasi hamma vaqt ham qabul qilinavermaydi. Chunki u maxsulot sifatini tekshirishda o’zining shaxsiy tekshirish tizimini tuzadi, bu deyarli bozorda ham, sanoatda ham keng yoyilgan yo’llardan biridir.
Lekin hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning qulay va samarador tizimi shunday bo’lishi lozimki, buning natijasida maxsulot ishlab chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta’sir etilmasligi lozim. Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlashtirish faoliyati mustaqil bo’lishi alohida axamiyat kasb etadi. Shunday sertafikatlashtirishni boshqaruvchi idora standartlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat muassasalari bo’lishi mumkin. Ular o’zlarining sinov o’tkazuvchi laboratoriyalariga ega bo’lib, maxsulotni tekshiradigan xodimni ishga layoqatliligini tekshiradi hamda korxonalardagi sifat tizimini boshqarishdagi ishlarni amalga oshiradi, uslubiy ta’minlash va boshqa quyidagi ishlarni bajaradi:

  • Texnologik jarayonlarning turg’unligini ta’minlash;

  • Uchinchi tomon tarafidan bajariladigan sertifikatlashtirish tizimi o’z tarkibiga maxsulot sinovlarini oladi, bu esa o’z navbatida maxsulotni standart talablariga muvofiqdigini (mosligini) aniqlashda kerakli vosita hisoblanadi;

  • Yakka olinadigan maxsulot uchun amaliy va iqtisodiy talablarga javob beruvchi sertifikatlashtirish tizimini aniqlash;

  • Sertifikatlashtirish tartib, usullari va ishlashini boshqa sertifikatlashtirish tizimlari bilan taqqoslash;

  • buyum /mol/ yoki maxsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan haqiqiyligi ko’rib chiqilganligi yoki ma’qullanganligini, tegishli markazlarda yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda tekshirilganligini isbotlovchi belgi (tamg’a) bo’lishi, maxsus belgi, etiketkalar, ilova qilib yuboriladigan xujjat-sertifikatlar yoki sertifikatlashtirilgan buyumlar (mollar) ro’yxatiga kiritilishi lozim yoki sertifikatlash xuquqiga ega bo’lgan korxonada maxsulotni chiqarish uchun tasdiqnomasi bo’lishi kerak.

Sertifiklashtirish turli shakllarda bo’lib, uni tayyorlash va o’tkazish uchun ayrim vazifalarni bajarilish tartibi o’z navbatida maxsulot turiga, qonunlar majmuinig milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bogliq bo’ladi,
Sertifikatlashtirishni tayyorlash va uni o’tkazishda asosiy ishlar qatoriga:
-sertifikatlashtiriluvchi maxsulotni tanlash;
-maxsulotni sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni tanlash;
-sertifikatlashtiriluvchi maxsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirish;
-sinov laboratoriyalarini akkreditlash;
-setrifikatlashtirish sinovlarini o’tkazish;
-muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan maxsulotni belgilash (tamg’alash)lar kiradi.
Tabiiyki, "Sertifikatlashtirish uchun nimalar kerak?" degan o’rinli savol tugilishi mumkin.Sertifikatlashtirish milliy tizimining me’yoriy xujjatlarida sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish tartiblari aniqlangan bo’lib, ular quyidagi bosqichlardan iborat:

  • sertifikatlashtirish o’tkazishga talabnoma berish;

  • deklaratsiya – talabnoma bo’yicha qaror qabul qilish;

  • namunalarni belgilash, ajratib olish va sinovlarni o’tkazish;

  • korxona yoki sifat tizimini sertifikatlashtirish (agar qabul qilingan sertifikatlashtirish tartibida ko’rsatilgan bo’lsa yoki surovchining xoxishiga ko’ra);

  • olingan natijalarni taxlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish lozimligi haqida qapop qabul qilish;

  • muvofiqlik sertifikatini berish va sertifikatlashtirilgan maxsulotni Tizimlar Davlat Ro’yxatiga kiritish;

  • chet el yoki xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;

sertifikatlashtirilgan maxsulotning tavsiflarini turg’unligi uchun tekshiruv nazoratini amalga oshirish;

  • sertifikatlashtirish natijalari haqida ma’lumot;

  • shikoyatlarni ko’rish (agar da’volashuv masalalari chiqadigan bo’lsa).

Xo’sh sertifikatlashtirish nima beradi?
Sertifikat sifatli maxsulot uchun asosiy garovdir. Sifatli maxsulot qadri qanchalik yuq,ori turishini ishbilarmonlar yaxshi bilishadi. Bitta misol keltirib sifatli, sertifikatlashtirilgan maxsulotning hosiyati to’grisida to’xtalib o’tsak.
Soat ishlab chiqaruvchi korxona birnecha yil mobaynida Garbiy Evropa firmalaridan biriga qo’l soat sotar edi, uning evaziga har bir soat uchun bir-ikki dollar olar edi, xalos. Firma olinayotgan soatlarning sifatini o’z bo’yniga olib, ularni har birini 40 dollargacha bo’lgan narxda sotaredi; korxonaning ishlab chiqarish madaniyati yuqori bo’lganligi sababli nuxsonli soatlar kam chiqarilar edi.
Xalqaro miqyosdagi standartlarning dovrug’i korxonagacha egib keldi. Korxona 9000 seriyali ISO standartlari asosida sifat tizimini ishlab chiqa boshladi. Buni eshitgan amerikalik firma korxonaga o’zoq muddatli bitim tuzishni taklif etdi. Boshqa firma bilan tuzilgan bitimga binoan o’sha yuqorida aytilgan soatning har biriga 100 va undan ortiq dollar to’landi. Natijada, korxonaga valyutadan tushayotgan foyda hisobiga uning iqtisodiy sharoiti butunlay o’zgarib ketdi. Mana sifatli maxsulot sharofati, mana o’tkazilgan sertifikatlashtirishning foydasi, buni har bir korxona boshligi, mutaxassislari bilmogi lozim.
Albatta, Respublikamizda amal qilayotgan Milliy Sertifikatlashtirish Tizimi eng avvalo aholining manfaatlarini, xavfsizligini ko’zlagan holda tuzilgandir. Sertifikatlashtirishdan oldinga qo’yilgan maqsad maxsulot narxini baland qilip o’yish emas, balki sifatli maxsulot xususida oluvchilarning diqqatini o’ziga jalb qilish va savdo ko’lamini oshirish hisoblanadi.
Ayrim ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar bugungi kunni o’ylab, maxsulotlarimiz shundoq ham ketmoqda, sertifikatlashtirishning nima xojati bor deyishi mumkin. Ishbilarmonlar faqat bugungi kun bilan yashasa, xalqaro savdo sotiq ishlarini yo’lga qo’yishda ular katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lishadi. Bu albatta kechirarli holat emas. CHunki, hozirgi jamiyatimiz a’zolari bir paytlardagi faqat arzoniga uchadigan odamlar emas, balki huquqiy ongi kun sayin shakllanib borayotgan, bozordagi raqobatdan unumli foydalanadigan, "Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish’’ va "Oziq-ovqat maxsulotlarining sifati va xavfsizligi'' to’g’risidagi qonunlar bilan himoyalangan kishilardir.
3. Sertifikatlashtiriluvchi maxsulot
Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi belgilangan talablarga to’gri kelmaydigan maxsulot ta’minidan iste’molchini himoya qilish hisoblanadi.
Dastavval, xavfsizlikni ta’minlash, sogliqni muhofaza qilish va atrof- muxitni asrash faoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan hollardagi masalalar ko’rilib, birinchi navbatda shu sohalarga tegishli talablarga javob beradigan maxsulotlarni sertifikatlashtirish uchun tanlanadi. Bular har xil ro’zg’or elektr mashinalari, apparatlari va asboblari, transport vositalari, siqilgan gazlar va suyuqliklar ishlatiladigan idish va apparatlar, portlovchi va o’ta xavfli vositalar va boshqalar. Xuddi manashu xildagi maxsulotlar birinchi navbatda milliy va xalqaro miqyosdagi sertifikatlash uchun ob’ekt hisoblanadi.
Milliy migyosdagi sertifikatlashtiriluvchi maxsulot nomlari bir mamlakat doirasida birnecha yo’llar orqali mujassamlanadi:
-muvofiqlikni tekshirmasdan turib, ayrim xil maxsulotlarga majburiy sertifikatlashtirish standartini qabul qilish, boshqacha qilib aytganda sertifikatlashtirilmagan maxsulotni savdoga va ishlatishga qo’yilmasligi lozim;
-ayrim xil buyumlarga majburiy sertifikatlashtirishni o’ tkazish uchun ularga talablar o’rnatuvchi imzolanadigan maxsus davlat xujjati qabul qilinishi orqali;
-xalqaro tizimlarga va sertifikatlashtirish bitimlariga qatnashuvchi mamlakat yoki ularning xukumatidan tashqari idoralarini qabul qilish bilan;
-maxsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun ixtiyoriy sertifikatlashtirish, shu jumladan o’z-o’zini sertifikatlash tirish yo’li bilan.
Sobiq Ittifoq tugatilishi munosabati bilan hozircha ayrim mustaqil mamlakatlarda majburiy sertifikatlashtirish uchun maxsulot turlarining ro’yxati tuzilmoqda va bu to’g’rida qonunlar chiqazilib rasmiylashtirilmoqda. Respublikamizda esa vazirliklar, maxkamalar tomonidan O’zdavstandart bilan kelishilgan holda taqdim etilgan, majburiy sertifikatlashtirish uchun maxsulot turlarining ro’yxati tuziladi va u davlat tomonidan rasmiylashtiriladi. Qabul qilingan qarorga ko’ra, 1995 yili 1 yanvardan boshlab asosiy istemol maxsulotlari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
Bu ro’yxatga quyidagilar kiritilgan:
-makmakat ichida va tashqaridan keltiriluvchi maxsulot mamlakat ichidagi me’yoriy xujjatlarga va xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlash uchun (agar o’sha davlat xalqaro sertifikatlashtirish tizimiga kirgan bo’lsa) ichki bozorga tushishdan oldin sertifikatlashtirilishi lozim;
-chetga chiqariluvchi maxsulot, yuborishdan oldin xalqaro tizim talablariga muvofiqligi sertifikatlashtiriladi yoki cheteldan mol oluvchining milliy tizimi yoki kelishuvda (bitimda) qayd etilgan talablar asosida sertifikatlashtiriladi

4. Sertifikatlashtirishni me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlanishi


Sertifikatlashtirishda nazorat qilinuvchi maxsulotga talablar hamda sinovlar (o’lchashlar) nazoratini o’tkazish standartlarda yoki boshqa texnikaviy xujjatlarda belgilanadi. Sertifikatlashtirishda qo’llaniladigan standartlarga aloxida talablar qo’yiladi. Sertifikatlashtirishda nazorat ostiga olinuvchi buyumlar tavsifi uchun ularning miqdoriy qiymatlari va o’lchash usullari (aniqlanishi) hamda markirovka va saqlashga talablari bo’lishi kerak.
Agar buyumning eng ko’p saqlanish muddati qayd etilgan bo’lsa, bu muddat tugashi bilan u yakka sinovdan o’tkaziladi (shunday tartib, masalan, elektron texnikasi buyumini sertifikatlashtirish tizimida qabul qilingan).
Odatda sertifikatlashtirishning milliy tizimi milliy standartlarga asoslangan bo’ladi, ayrim hollarda mamlakatlar to’g’ridan-to’g’ri xalqaro standartlarni ishlatishi ham mumkin, bunga yaqqol misol tariqasida elektr – ro’zg’or asboblari xavfsizligi bo’yicha MEK standartlarini ko’rsatish mumkin.
SHubxasiz, xalqaro tizimlar da va bitimlarda sertifikatlashtirish xalqaro standartlar yoki boshqa texnikaviy ish tartibi asosida o’tkaziladi. Shuni qayd etish kerakki, bunday standartlarni (ish tartibini) ishlab chiqishda asos qilib, biror mamlakatning milliy standart iolinadi, bu esa o’z navbatida, o’sha mamlakatga nisbatan ma’lum qulayliklar yaratadi.
Sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlaridagi me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va undan foydalanishda o’zining ma’lum xususiyatlari bor. Masalan, elektron texnikasi buyumlarni sertifikatlashtirish tizimida kerakli standartlar bo’lmaganda ham, agar ular MEK tomonidan ishlab chiqilgan umumiy talablarga javob bersa va tayyorlovchi bilan iste’molchi o’rtasida kelishilgan b o’lsa, boshqa me’eriy xujjatdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Xalqaro tizimlar va kelishuvlar doirasida odatda standartlarni va meyoriy xujjatlarni ishlab chiqadigan mamlakatlar vakillaridan iborat maxsus gurux mutaxassislari ishlamoqda.

Download 74,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish