Soliq idoralarini kompyuтerlashтirishning huquqiy asoslari. Mavzu: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarini kompyuterlashtirishning huquqiy asoslari. Reja



Download 24,55 Kb.
bet1/8
Sana15.01.2022
Hajmi24,55 Kb.
#367456
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soliq sohasida axborot tizimlar fanidan


Mashg‘ulot № 1

1-BO‘LIM. Soliq sohasida axborot tizimlar fanidan



SOLIQ IDORALARINI KOMPYUТERLASHТIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI.
Mavzu: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarini kompyuterlashtirishning huquqiy asoslari.

Reja:

1. «Soliq tizimida axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan ish joylari» fani haqida.

2. O‘zbеkiston Rеspublikasi hukumatining soliq idoralarini kompyutеrlashtirish bo‘yicha chiqargan qarorlari haqida.

Tayanch iboralar: fanning maqsad va vazifalari, qo‘llanilish sohalari va istiqbollari, fanning asosiy mazmuni va uning soliq, moliya-iqtisodiyot va huquqiy fanlar bilan aloqasi, O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarini kompyuterlashtirishning huquqiy asoslari,

1. O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish, davr talabiga mos mutaxassislarni tayyorlash maqsadida o‘quv muassasalarida ko‘plab yangi fanlar o‘tilmoqda. Shu jumladan, mazkur «Soliq tizimida axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan ish joylari» fani kompyutеrda ishlash asoslarini o‘zlashtirgan va soliq qonunchiligini biladigan soliq texnikumi 1-2 bosqich o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda soliq idoralarida qo‘llanilayotgan dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan ishlashni o‘rgatadi.

Mazkur fan soliq idoralarida qo‘llanilayotgan dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash prinsiplarini, ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyutеr tizimining (MIYaKT) asosiy tamoyillarini, yo‘nalishlarini, hamda dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlatish tеxnologik kеtma-kеtliklarini bilishlari uchun soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olish (idеntifikatsiyalash) shakllari, hisob varaqalarini yuritish bo‘yicha hozirgi kunda qo‘llanilayotgan «Soliq inspеktorining avtomatlashtirilgan ish joyi-4 (SIAIJ-4)» DM, «Soliq inspеktorining avtomatlashtirilgan ish joyi-5 (SIAIJ-5)» DM, kommpleks dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan axborot –kommunikatsiya texnologiyalari yordamida soliqqa oid axborotlarni to‘plash, qayd qilish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilishga imkon beruvchi soliq tizimida qo‘llaniladigan dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini mukammal o‘rganishlari davr talabi bo‘lganligi sababli, Davlat soliq qo‘mitasining «Davlat soliq qo‘mitasi o‘quv muassasalarida davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga joriy qilingan dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini o‘qitish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i qabul qilingan. Ushbu buyruqqa asosan, «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar o‘quv rejasiga talabalar ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, kompyuter tizimida ishlatiladigan dasturiy mahsulot va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlatish texnologik jarayonlarini o‘rgatish, tizimning ma’lumotlar bazasidagi axborotlardan foydalanish, soliq tizimida talab etiladigan hisobotlarni shakllantirishning avtomatlashtirilgan mexanizmini hamda soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joylarida ishlash asoslarini o‘rgatish, dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan o‘zlarining kelgusi ish faoliyatlarida foydalana olish imkonini beradigan bilimlar olishlarini taominlaydigan «Soliq tizimida axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan ish joylari» fani kiritilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining «Davlat soliq qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsulotlarni WEB texnologiyasi asosida takomillashtirish, ma’lumotlar bazasini Oracle platformasiga o‘tkazish va umumlashtirish chora-tadbirlar rejasi»ga muvofiq, Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

yuridik shaxslar,

jismoniy shaxslar,

soliq nazorati,

maxsusga ajratildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimini (kelgusida MIYAKT) yaratish to‘g‘risida»gi qarorini amalga oshirish maqsadida DSQ MIYAKTning 3 qismdan iborat bosqichlari ishlab chiqildi:


  • Davlat soliq qo‘mitasi bosqichi;

  • Davlat soliq boshqarmasi bosqichi;

  • Davlat soliq inspeksiyasi bosqichi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarga identifikatsion raqamlar berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, DSQning buyrug‘i chiqqan. Buyruqda ko‘rsatilishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish, identifikatsion raqam olganligi haqidagi guvohnomani tuman (shahar) DSIlarida aniq vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazish shakllarini to‘ldirgandan so‘ng berilishi belgilab qo‘yilgan. Soliq to‘lovchilarga identifikatsion raqamlar soliq to‘lovchining butun faoliyati davomida bir marta beriladi.


Download 24,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish