13-MAVZU: OMMAVIY MULK HUQUQI
1. Ommaviy (davlat) mulkining turlari
2. Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari
3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyalashtirish
4. Davlat korxonasining mulki
5. Davlat muassasalarining mol-mulki
6. Davlat ijara korxonasining mol-mulki
1. Ommaviy (davlat) mulkining turlari
Mulk va mulk huquqi shakllari har doim ham fuqarolik huquqi fanida uzoq bahs-munozaralarga
sabab bo’lib kelgan. Zero, mulk shakllari hamma davrlarda ham ikki xil manoda talqin etilgan.
Birinchidan, iqtisodiy manodagi mulk shakllari, ikkinchidan, yuridik manodagi mulk shakllari.
Umumiy koidaga ko’ra, iqtisodiy manoda mulk aynan kimga yoki kimlarga foyda keltirishiga
qarab shakllarga bo’linsa (masalan, 1990 yil 31 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasining
“Mulkchilik to’g’risida”gi qonuni aynan shu nuqtai-nazardan mulkni shakllarga bo’lgan), yuridik
manoda esa mulk moddiy nematlarning subektlarga tegishli bo’lishiga (aynan ashyoga nisbatan
tasarruf etish elementining tegishliligiga qarab) ko’ra shakllarga ajratiladi.
Lekin mulkning shakllarga bo’linishi xususida fuqarolik huquqida yakdil qarashlar mavjud emas.
Bazi olimlarning fikricha, “mulk shakli” iborasi huquqiy mezon emas, aksincha iqtisodiy mezondir.
Bu holat birinchidan, mulk shakllari iqtisodiy mezon sifatida nafaqat mulk huquqi shaklida huquqiy
ahamiyat kasb etadi, balki boshqa shaklda ham ahamiyatlidir; ikkinchidan, iqtisodiy va huquqiy
munosabatlardagi mulk subektlari har doim bir xil emasligi bilan ifodalanadi. Shunday ekan, iqtisodiy
manoda mulkning bir necha shakli bo’lishi mumkin, yuridik manoda esa faqat bitta mulk huquqi
mavjud
1
.
Ushbu fikrga qo’shilgan holda shuni takidlash joizki, darhaqiqat, mavjud ashyoga yoki mol-
mulkka bitta mulk huquqi shakli mavjud, yani mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish
bilan bog’liq huquqlar majmui – mulk huquqining yagona shaklini tashkil etadi. Biroq mulkning
yagona shakli mavjud bo’lsa-da, mulk huquqi tegishli bo’lgan subektlar turli-tumandir. Bular fuqarolik
huquqining subektlari hisoblangan fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat (FKning 2-moddasi 2-qismi)
bo’lib, ana shu subektlarga tegishli mol-mulklar shartli ravishda, xususiy mulk va ommaviy mulk
shakllariga bo’lingan (FKning 167-moddasi). Xususiy mulk o’z navbatida fuqarolar mulki va nodavlat
yuridik shaxslar mulkidan iborat bo’lsa, ommaviy mulk (davlat mulki) Respublika mulki va mamuriy-
hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) ga bo’linadi. Yuridik shaxslar bir vaqtning o’zida
fuqarolar tomonidan ham, davlat tomonidan ham tashkil etilishi hisobiga ularning mulki yuqoridagi
ikki mulk shakliga kiritiladi.
Umumiy qoidaga ko’ra, davlat mavjud bo’lishining va o’z funktsiya hamda vazifalarini amalga
oshirishining zaruriy shartlaridan biri – bu davlatning muayyan miqdorda mol-mulkining bo’lishi
hisoblanadi. Bu holat har qanday jamiyat uchun xosdir. Fuqarolik huquqining boshka subektlari kabi
davlat ham muayyan mol-mulk egasi hisoblanganligi uchun fuqarolik huquqining to’laqonli subekti
sifatida etirof etiladi.
Respublikamizdagi tub o’zgarishlar va islohotlar samarasi o’laroq hozirgi sharoitda davlat mol-
mulkining qisqartirilishi davlat mulk huquqini o’rganishga bo’lgan etiborni hamda jamiyatda va
ijtimoiy turmushdagi davlat mulkining ahamiyatini kamaytirmadi, aksincha, bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlat mol-mulkining tushunchasi, huquqiy maqomi, davlat mulkining obektlari va
subektlari masalalarini yangicha talqin etishni taqozo etmokda. Shu nuqtai-nazardan davlat mulk
huquqi masalasini tadqiq etishda ushbu mulk shaklining zaruriyati haqida fikr yuritish joiz.
Malumki, jamiyatdagi mavjud moddiy nematlarning to’g’ri taqsimlangan-taqsimlanmaganligiga
qarab, jamiyat va davlatning iqtisodiy rivojlanishi belgilanadi. Bu hol mamlakatning ravnaqida, aholi
turmushining farovonligini oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero, har qanday davlat
1
Гражданское право: Учебник.2-е изд./ Отв.ред. Е.А.Суханов Т.1. –М.: 1998.С.475-484 (ушбу боб муаллифи -
Е.А.Суханов).
92
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun ijtimoiy munosabatlar subektlari o’rtasida moddiy
nematlarning qay darajada bo’linganligi eng muhim omil sanaladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham, garchi ularda xo’jalikni markazlashtirilgan
boshqaruvidan voz kechilganligi umumetirof etilgan qoida hisoblansa-da, davlat mulkining
mamlakatning asosiy ishlab chiqarish fondlaridagi ulushi katta hisoblanadi. Bu holat ayniqsa, transport
va aloqa, atom energetikasi, harbiy-sanoat sohalarida yaqqol ko’zga tashlanadi
1
.
Davlatda muayyan darajadagi mol-mulkning mavjud bo’lishi bir qator omillar bilan bog’liqdir.
I.B.Zokirovning fikricha, davlat mulki zarurligining obektiv sabablari quyidagilardan iborat:
1) davlat organlari faoliyatini tashkil etish;
2) davlat xavfsizligi va mudofaa uchun;
3) ilm-fan va madaniyatni taminlash;
4) kam taminlangan aholini ijtimoiy himoya qilish;
5) tabiiy ofatlarga va favqulodda holatlarga qarshi kurash va oqibatlarni bartaraf etish;
6) bazi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish (masalan, atom, yonilg’i
energiyasi va sh.k.)
2
.
Yu.K.Tolstoyning fikriga ko’ra, davlatning mulki sifatida ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy va
boshqa maqsadlarga mo’ljallangan obektlarning katta qismi saqlanib qolishini quyidagi ikki omil bilan
izohlash mumkin:
birinchidan, keyinchalik nimalar bo’lishini oldindan bilib bo’lmaydigan dunyoda har bir davlat
o’z xavfsizligini o’ylashi kerak. Bu nafaqat harbiy sohada, balki texnogen, ekologik, sanitariya-
emidemiologiya, ishlab chiqarish, oziq-ovqat sohasidagi xafvsizlikdir.
Ikkinchidan, davlat keng miqyosdagi ijtimoiy funktsiyalarni ham bajaradiki, bu vazifalarni
bajarishda etarli darajada, moddiy-texnikaviy va moliyaviy baza bo’lishi zarur
3
.
X.R.Rahmonqulovning fikricha, davlat mulki nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taminlash
va aholining ehtiyojlarini qondirish uchun, balki davlat va uning organlarining mavjud bo’lishi hamda
ularning o’z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarurdir
4
.
Yuqoridagi fikrlarga qo’shilgan holda, davlat mol-mulkining mavjudligi shu davlatda yashovchi
fuqarolarning umumiy manfaatlarini amalga oshirish, xalq erk-irodasini bajarish bilan bog’liq bo’ladi,
degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Zero, “davlat” – deb ataluvchi murakkab tuzilma bajaradigan
va amalga oshirishi lozim bo’lgan vazifa va harakatlar shunchalik serqirraki, ularni o’zgacha ifodalash
noto’g’ri bo’lur edi.
Lekin, bu fikrlardan mamlakatda mavjud bo’lgan barcha mol-mulk davlat qo’lida bo’lishi zarur
ekan, – degan fikrga kelish kerak emas. Inchinun, sobiq Ittifoq tuzumi davrida o’tgan 70 yillik tajriba
shuni ko’rsatdiki, mulkni haddan tashqari markazlashtirish va jamiyatning barcha muammolarini
davlat zimmasiga yuklash hamda davlatning nimalarga qodirligini chetdan kuzatib turish oxir-oqibat
iqtisodiy tanazzulga olib keldi. Zero, “qayta qurish”gacha bo’lgan davrda davlatning qo’lida mavjud
moddiy nematlarning 90% dan ko’prog’ining to’planib qolishi iqtisodiy munosabatlarning
turg’unlashuviga sabab bo’lganligi achchiq haqiqatdir. Bundan tashqari mulkning davlat ixtiyorida
markazlashuvi xo’jasizlikka, uning talon-taroj qilinishiga, ko’paytirish o’rniga o’zlashtirishga uchradi.
Shu bilan birga, mulkka nisbatan qatiy belgilangan “meniki”, “o’zganiki” tushunchalarining
yo’qotilishi va buning o’rniga “bizniki”, ”hammaniki”, demak, “meniki” yoki “hammaniki, shuning
uchun ham meniki emas”, degan qarashlarning paydo bo’lishi mulkchilik munosabatlarining tubdan
izdan chiqishiga olib keldi. Bu holatlar mulkni davlat qo’lida bunday darajada (sobiq Ittifoqda bo’lgani
kabi) to’planishining iqtisodiyot uchun, kishilarning mulkka bo’lgan munosabatlari uchun salbiy tasir
ko’rsatishi bilan birga, iqtisodiy rivojlanishning to’xtab qolishiga, turg’un bo’lishiga ham olib keldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq Respublikamizda
mulk islohoti o’tkazish zaruriyati yuzaga keldi. Bu islohotning asosiy maqsadlaridan biri davlatning
qo’lida to’planib qolgan mol-mulk (umummilliy boyliklarni yoxud jamiyatga tegishli moddiy
1
Гражданское право. Учебник. 6-е изд./ Отв.ред. А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой Т.1.-М.: Проспект. 2003.-465 с.
2
Зокиров И. Узбекистон Республикасининг Фукаролик хукуки.-Т.: Адолат.1996.-153-154 б.
3
Гражданское право. Учебник. 6-е изд./ Отв.ред. А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой Т.1.-М.: Проспект. 2003.-465 с.
4
Рахманкулов Х. Законодательные источники гражданского права РУз и задача по их совершенствование./ Бозор
иқтисодиёти шароитида савдо муносабатларини ҳуқуқий таъминлаш муамммолари мавзусидаги конференция
материаллари тўплами. –Т.: ТДЮИ.2004.-10 б.
93
nematlarning deyarli hammasi hisoblangan mol-mulk) ni ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning
boshqa subektlari o’rtasida qayta taqsimlash edi. Zero, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishda muhim o’rin tutishi kerak
1
ekanligi
ayni haqiqatdir.
Ana shu maqsadda dastlab 1990 yil 31 oktyabrda “Mulkchilik to’g’risida”gi qonun, 1991 yil 19
noyabrda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Agar “Mulkchilik to’g’risida”gi qonunda mulkning xususiy mulk, shirkat (jamoa) mulki, mamuriy-
hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki, boshqa davlatlar hamda
xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarining mulki
2
kabi shakllari ko’rsatilishi orqali mulkni
davlat tasarrufidan chiqarishning huquqiy zamini yaratilgan bo’lsa, “Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunda bu jarayonning huquqiy asoslari, davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirishni amalga oshirishning usul va vositalari mustahkamlandi.
Ushbu qonunga muvofiq, davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini
xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va
tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning
ommaviy mulk obektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir
3
.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish nafaqat bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan ikkinchisiga o’tganda
kuzatiladi, balki doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda
mulkni xususiylashtirish nafaqat sobiq Ittifoq Respublikalarida, balki iqtisodiy jihatdan rivojlangan va
rivojlanayotgan Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Filippin singari mamlakatlarda ham amalga
oshirilmokda. Bu hol ayniqsa, iqtisodiyotda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan
mamlakatlarda bozor munosabatlarini rivojlantirishga xos tabiiy jarayondir. Davlat iqtisodiyotning
ko’pincha iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida
muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni qo’llab- quvvatlashi hamda ularni
saqlab turish va mablag’ bilan taminlash vazifalarini o’z zimmasiga olishi kerak. Ular iqtisodiy
jihatdan mustahkamlanib, barqaror ishlay boshlagach, xususiy mulk qilib beriladi
4
.
Darhaqiqat, davlat mulkini xususiylashtirish orqali mulkchilik munosabatlaridagi monopoliyaga
barham berish va iqtisodiyotda ko’p ukladli sog’lom raqobatga asoslangan ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yishga erishish eng asosiy vazifalardan biri edi. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-
bosqich amalga oshirishdan iborat
5
ligidadir.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning dastlabki bosqichida, davlatga
tegishli bo’lgan uy-joylar shu uylarda ijarada turuvchilarga xususiylashtirilib berildi hamda mayda
maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari savdoga qo’yildi.
Garchi hozirgi kunda xususiylashtirishning uchinchi bosqichi davom etayotgan bo’lsa-da,
mazkur munosabatlarni takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmokda. Bu holat, ayniqsa,
xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlarning ishtiroki masalasida yaqqol sezilmokda.
Fikrimizcha, shu munosabat bilan xususiylashtirishda ishtirok etish istagidagi xorijiy investorlarga
imtiyoz va kafolatlar berish, shu bilan birga, xususiylashtirishni amalga oshirayotgan davlat
organlarining bu boradagi huquqlari va vakolatlari aniq ko’rsatilishi zarur. Ko’pchilik mutaxassislar
takidlaganlaridek, hozirgi kunda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi
qonunni yangi tahrirda qabul qilish lozimligiga biz ham qo’shilamiz.
Mazkur
tadqiqotning
maqsadi boshqa munosabatlar bo’lganligi uchun ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga oid fikrlarni shu o’rinda yakunlaymiz.
1
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1.-Т.: Ўзбекистон. 1996. –72 б.
2
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги қонунига мувофиқ киритилган қўшимча ва ўзгартиришларга
мувофиқ.
3
Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги, 2002 йил 13 декабрдаги қонунларига мувофиқ киритилган
қўшимча ва ўзгартиришларга мувофиқ.
4
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.: Ўзбекистон. 1995.-44 б.
5
Алимов П., Мансуров С. Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш./Ўзбекистон Республикаси
Конституцияси – фуқаролик жамияти ва ҳуқуқий давлатни шакллантиришнинг асоси мавзусидаги илмий-амалий
анжуман материаллари-Т.: ТДЮИ.2003.-280-281 б.
94
Amaldagi qonun hujjatlarida va yuridik adabiyotlarda “davlat mulk huquqi” tushunchasi iborasi
uchramaydi. Davlat mulkini tadqiq etgan deyarli barcha yuridik adabiyotlarda davlat mulkining
zaruriyati, davlat mulkining subektlari va obektlari hamda boshqa holatlar yoritilsa-da, aynan davlat
mulk huquqi tushunchasi (aynan tushunchasi yoki tarifi berilmaydi) bayon etilmaydi. Fikrimizcha,
davlat mulk huquqi tushunchasiga tarif mulk huquqiga berilgan tarifdan kelib chiqadi va shuning
uchun ham alohida tadqiq etilmaydi.
FKning 164-moddasiga muvofiq, mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi
bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek
o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish
huquqidan iborat. Ushbu tarifdan kelib chiqib, davlat mulk huquqi tushunchasiga quyidagicha ilmiy-
doktrinal tarif berish mumkin:
- davlat mulk huquqi qonun hujjatlari asosida davlatga qarashli bo’lgan mol-mulkka davlat
organlarining va davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxslarning aniq yo’naltirilgan va oldindan
belgilab qo’yilgan maqsadni ko’zlab egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf tasarruf etishi
hamda davlat mulk huquqini kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab
qilish huquqidan iborat. Garchi ushbu tarif amaliy jihatdan uncha ahamiyatli hisoblanmasa-da, nazariy
va ilmiy jihatdan muayyan mano kasb etadi. Zero, tushuncha va iboralarning tariflanishi ularning
malum manoda bir-biridan farqlanishiga yordam beradi.
Davlat mulki ham boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat (qonun) himoyasidadir
(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi 2-qismi). Davlat mulkining
himoyalanganligini uning boshqa mulk shakllari kabi bir xil huquqiy maqomga ega ekanligida ko’rish
mumkin. Zero, davlat mulkdor sifatida o’z mulkining daxlsizligini o’ziga qarshi turgan barcha
subektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlarini talab qilish huquqiga ega bo’ladi.
Umumiy qoidaga ko’ra, har qanday mulk shaklining huquqiy maqomi mazkur mulkning obekti
va subekti orqali ifodalanadi. Davlat mulk huquqining maqomi ham davlat mulk huquqining subektlari
va obektlari orqali aniqlanadi.
Davlat mulkining mulkdori, yani subekti umumetirof etilgan qoidaga ko’ra, shu davlatning
xalqi hisoblanadi, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi mulkining mulkdori ham Respublika
xalqidir. Zero, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida o’zining ushbu huquqini (yani,
mulk huquqini) davlat hokimiyatiga beradi va u orqali amalga oshiradi. Bu holat davlatning mulkdorga
tegishli barcha vakolatlar – egallash, foydalanish va tasarruf etishga ega bo’lishini hamda davlat bu
vakolatlardan omma manfaatlari yo’lida foydalanishi lozimligini ifodalaydi.
FKning 214-moddasi 2-qismiga muvofiq, Respublika mulki bo’lgan mol-mulkni O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respubliksi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati
yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa,
tasarruf qiladilar.
Sobiq Ittifoq davrida davlat mulkining bitta va yagona mulkdori Sovet davlati hisoblanardi.
Zero, davlat mulki bo’linmas va yagona fond (jamg’arma) ni tashkil etar va bu fondning yagona
mulkdori ham davlat hisoblanardi. Garchi davlat mulkini boshqarishni amalga oshiruvchi maxsus
organlar mavjud bo’lsa-da, sobiq Ittifoq davridagi mulkning bu darajada markazlashuvi va
mulkdorning bunday ko’rinishda mavhumlashtirilishi mulkka nisbatan mutlaqo noto’g’ri yondashuv
edi. Zero, davlat mulkining xo’jasizlikka uchrashiga va talon-taroj bo’lishiga aynan shu omillar sabab
bo’ldi. To’g’ri, davlat mulki har doim yagona va bo’linmas fond (byudjet, davlat zaxirasi, davlatning
asosiy va aylanma mablag’larining majmui) ga birlashtirilgan (hozirgi kunda O’zbekistonda ham
shunday) va bunday birlashuv o’zini oqlagan
1
.
Davlat mulkini tasarruf etishda yuqorida sanab o’tilgan davlat organlari qonun hujjatlarida
belgilab qo’yilgan o’z vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar.
Malumki, fuqarolik huquqining obektlari muomalada bo’lishiga ko’ra: fuqarolik muomalasidan
chiqarilgan obektlar, muomalada bo’lishi cheklangan obektlar va fuqarolik muomalasidagi obektlarga
bo’linadi. Lekin obektlarning bunday harakat asosida subektga tegishli bo’lishi holati davlatga taallukli
1
Мулкдор бир шахс (давлат) бўлганидан сўнг унга тегишли мулк ҳам умумий маънода бирлаштирилиш, ягона ва
бошқарилишда осон ва қулай ҳолатга келтирилиши зарур. Шу маънода давлат мулкининг ягона ва бўлинмас
фонддан иборат бўлиши мантиқий асосга зга.
95
bo’lmaydi. Obektning muomalada erkin harakatda bo’lishi yoki uning harakati cheklanganligi yoxud
harakatdan chiqarilganligidan qatiy nazar, davlat mulki bo’ladi. Buni quyidagicha asoslash mumkin:
1) fuqarolik huquqi obektlarining muomalada bo’lishi, cheklanishi yoki muomaladan
chiqarilishini davlat va uning organlari belgilaydi;
2) obektlarning muomalada bo’lishi davlat tomonidan muayyan maqsadlarda (umumxalk
manfaatlarini ko’zlab) cheklab qo’yiladi yoki muomaladan chiqariladi. Masalan, o’qotar qurollar,
portlovchi moddalarning erkin fuqarolik muomalasidan chiqarilishi aholining va fuqarolarning
xavfsizligini o’ylab amalga oshirilgan bo’lsa, ov miltig’ining harakati cheklanishi (tegishli ruxsatnoma
asosida harakatda bo’lishi) bunday ashyoga egalik qilishdan oldin maxsus xavfsizlik choralarini
o’rgatish va obektdan qanday foydalanish lozimligini mulkdorga tushuntirish uchun amalga oshiriladi;
3) davlat tabiat tomonidan ato etilgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday moddiy
nematlar (ashyolar) ning yagona va yakka mulkdori sifatida ularning jamiyatdagi kishilar o’rtasidagi
taqsimoti va harakatlanishini nazorat qiladi;
4) fuqarolik muomalasidan qatiy nazar, obektning davlat mulki bo’lishi holati davlatning xalq
hokimiyatini amalga oshiruvchi subektliligi bilan xarakterlanadi.
Ushbu qoidalar faqatgina Respublika mulki obektlariga taalluqlidir. Umumiy qoidaga ko’ra,
davlat mulki Respublika mulki va mamuriy-hududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Lekin
ko’pchilikning tasavvurida davlat mulki deganda, odatda, Respublika mulki tushuniladi. Zero, davlat
mulki xususiy mulkka qaraganda ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi hamda davlat
mulki obektlarining doirasi aynan ijtimoiylik asosida aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan er, er osti boyliklari, suv,
o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 1998 yil 30 apreldagi Er kodeksining 16-moddasiga
muvofiq esa, er davlat mulki – umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat
tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga
qo’yilmaydi, O’zbekiston Rspublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Er kodeksi erga nisbatan
davlatning mutloq mulk huquqini o’rnatadi hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga esa erga nisbatan
ashyoviy huquqlarni belgilaydi
1
. Shu o’rinda fuqarolar va yuridik shaxslarning erga nisbatan Er
kodeksida belgilangan bir bahsli jihat haqida to’xtalib o’tish zarur. Er kodeksining 17-moddasida
fuqarolar va yuridik shaxslarning er uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlari bayon etilgan bo’lib,
“mulk huquqi” asosida er uchastkasiga egalik qiladilar, – deb bayon etilgan. Fikrimizcha, bu o’rindagi
“mulk huquqi asosida” iborasi fuqarolar va yuridik shaxslar erga nisbatan xususiy mulk huquqiga
egalar, degan manoni ifodalaydi. Chunki fuqarolar va yuridik shaxslarning “mulk huquqi” har doim
xususiy mulk ekanligi barchaga malum va o’z-o’zidan bu erda oddiy mantiq qoidasiga tayanishning
o’zi kifoya.
O’zbekiston Respublikasida ommaviy (davlat) mulkining quyi-dagi turlari mavjud:
a) O’zbekiston Respublikasi mulki quyidagilardir:
-davlatga mutlaq mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulk: Er, er osti boyliklari, suv, havo
bo’shlig’i, o’simlik va hayvo-not dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar;
-davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega
bo’lgan madaniy va tarixiy boy-liklar, respublika byudjetining mablag’lari, oltin zahirasi, dav-latning
valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek boshqa mulkiy komplekslar, o’quv,
ilmiy-tadqiqot muas-sasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki
davlatning o’zga mablag’lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo’lsa, boshqa mol-mulkni
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Respublika Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati
yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa,
tasarruf qiladilar (FKning 214-moddasi).
1
Ер кодексининг 17-моддасига мувофиқ, юридик шахслар доимий эгалик қилиш, доимий фойдаланиш, муддатли
(вақтинча) фойдаланиш, ижарага олиш ва мулк ҳуқуқи асосида ер участкаларига эга бўлишлари лозим, жисмоний
шахслар (фуқаролар) эса мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш, доимий фойдаланиш, муддатли
(вақтинча) фойдаланиш, ижарага олиш ва мулк ҳуқуқи асосида ер участкаларига эга бўлишлари мумкин.
Do'stlaringiz bilan baham: |