13-mavzu. Xmtning munosib mehnat konsepsiyasi reja


Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish mexanizmi



Download 212,47 Kb.
bet3/4
Sana29.05.2022
Hajmi212,47 Kb.
#618524
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu

13.4. Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish mexanizmi

Ishbilanbandbo‘lganxodimlami ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish mexanizmi quydagilardan tarkib topgan:


1) ijtimoiy-mehnat kafolatlari:

  • ish vaqti davomiyligi, mehnat va dam olish vaqtini, mehnatga layoqatli yosh chegarasini tartibga solish;

  • moddiy ta’minot - eng kam ish haqi miqdori, tarif setkalari, vaqtincha mehnatga layoqatni yo‘qotgandagi to’lovlar va hokazolar;

  • kasb ta’limoti - xodimlami kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, mehnat faoliyati sharoitlaridan xabardor qilish.

2) tibbiy kafolatlar:

  • dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish;

  • ishlab chiqarishda jarohat olganlami davolash.

3) kompensatsiya - reabilitatsiya kafolatlari:

  • xodimning mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida so’g’lig’iga yetkazilgan zararni moddiy jihatdan qoplash;

  • ishlab chiqarishda sog‘lig‘iga zarar yetganlarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish;

  • noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar.

4) tashkiliy kafolatlar:

  • ish joylaridagi shart-sharoitlar va mehnatni muhofaza qilish tizimini ekspertizadan o‘tkazish;

  • ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sabablarini tekshirish.

XalqaromehnattashkilotiningMunosibmehnatdasturidaxodimlamingijtimoiy himoyalanishi indikatorlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • davlatning ijtimoiy ta’minot uchun xarajatlari;

  • ko‘zda tutilmagan vaziyatlar: ishsizlik, kasallanish, onalik (homiladorlik va bolalami tarbiyalash), ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar, pensiya yoshiga yetish holatlarida himoyalanishga muhtoj xodimlaming tegishli toifalari umumiy sonida ijtimoiy kafolatlarga ega muayyan toifadagi xodimlaming ulushi;

  • yalpi ichki mahsulot hajmida ijtimoiy ta’minot xarajatlarining ulushi.

Xalqaro mehnat tashkilotining Munosib mehnat dasturida mehnat sharoitlari,mehnat muhofazasi va xavfsizligi markaziy o‘rinlardanbirini egallaydi. Mehnatni muhofazaqilish-mehnat jarayonidainsonningxavfsizligini,hayotiva sog’lig’i, ishqobiliyatisaqlanishinita’minlashgadoirhuquqiy,ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy,texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiyatadbirlari hamda vositalari tizimidir.
Munosib mehnat dasturidamehnatni muhofaza qilishning indikatorlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • muhofaza qilinmagan ish bilan bandlik darajasi;

  • ish vaqtining haddan tashqari ortiqligi (haftasiga 48 soatdan ko‘p);

  • o‘limga olib kelgan va olib kelmagan jarohatlanish darajasi;

  • ishlab chiqarishda jarohatlanish oqibatida yo‘qotilgan ish vaqti;

  • mehnat inspeksiyasining mavjudligi (har 10 000 yollanma xodimga to‘g‘ri keladigan mehnat inspektorlari soni) va boshqa ko‘rsatkichlar belgilangan (16.3-jadval).


Ishlabchiqarishdamehnatxavfsizliginita’minlashningxalqarostandartlari mavjud.Xalqaromehnattashkilotining155-Konvensiyasiva1964-yilgi Tavsiyalarimehnatni muhofaza qilishni boshqarishga tizimli yondashuv asosini yaratdi. Xalqaro mehnat tashkiloti «Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimlari bo‘yicha qoilanma»ni (XTB-MMBT 2001) eion qildi. Bu qo‘llanma mehnatni muhofaza qilish sohasida milliy standartlarni ishlab chiqish uchun uslubiy asos vazifasini o‘tamoqda.


Mehnatini muhofaza qilish tizimi samaradorligi mezonlaridan biri -«Mehnat xavfsizligistandartlariningtizimi»-OHSAS 18001:2007gamuvofiqlikhisoblanadi. Mehnatni muhofazaqilishtizimi samaradorliginitahlil etishdaishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining xodimlar hayoti va salomatligiga xavfi darajasi mezonidan foydalaniladi (16.4-jadval).

Xalqaro Mehnat Tashkiloti 117-konvensiyasida yollanib ishlaydigan ishchi kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik yoki uning mehnatiga talab kamayishi sababli mehnatga layoqatliligini yo‘qotsa (vaqtinchalik yoki muntazam ravishda), unda moddiy ta’minlanish muammosi yuzaga keladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya jamiyatning xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning tarkibiyqismiga aylangan.


O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatni muhofaza qilish bilan bog‘liq 8 ta asosiykonvensiyasiga qo‘shilgan.
O‘zbekistondaishlabchiqarishdamehnatxavfsizliginita’minlashning huquqiyasoslariyaratilgan.O‘zbekistonRespublikasiKonstitutsiyasining37-moddasida «Har bir shaxs ...adolatli mehnat sharoitlarida ishlash ...huquqiga egadir», deb mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 30 dan ortiq moddalari bevosita mehnat muhofazasiga taalluqlidir. Ularda:

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha talablar;

  • xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash;

  • mehnat muhofazasi masalalariga o‘qitish va ko‘rsatmalar berish;

  • alohida mehnat tavsifiga ega va 18 yoshga yetmagan ishchilar uchun noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda ish vaqti davomiyligini reglamentlash;

  • turli ishlarga nogironlami jalb etish sharoitlariga;

  • ishchilami sut mahsulotlari, davolash-profilaktik oziq-ovqat, yakka himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash;

  • xodimlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • baxtsiz hodisalami hisobga olish va tekshirish, kuzatish, mehnat sharoitlari holatini nazorat qilish va boshqa huquqiy asoslar qayd etilgan.

Mehnatkodeksida barchakorxonalardaxavfsizlik va gigiyena talablarigajavob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerakligi, bunday sharoitlami yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kirishi belgilab qo‘yilgan.
Ishlab chiqarishga moijallangan yangi qurilgan va ta’mirlangan korxonada sogiom va xavfsiz mehnat sharoitlari ta’minlanmasa, uni davlat sanitariya va texnik nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlaming va kasabauyushmalarmehnat texnika nazorati tashkilotlarining hamda korxonani foydalanishga qabul qiluvchi fabrika, zavodning mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi ruxsatisiz foydalanishga topshirishga y o iqo‘yilmaydi.
Korxona va tashkilotlarning ma’muriyati barcha ish o‘rinlarini kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlashi va bu o‘rinlarda mehnat muhofazasining qoida hamda standartlariga mos keluvchi mehnat sharoitlarini yaratishlari lozim. Bunday qoida va standartlami O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi, vazirliklar, davlat nazorati tashkilotlari kasaba uyushmalari markaziy qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Mehnat muhofazasiga oid qoidalarda ma’muriyatga tegishli va ular uchun majburiy bo‘lgan qoidalar ko‘rsatilgan. Agar bu qoidalarda ishni bajarish paytida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashgayunaltirilgantalablarto‘liq bajarilmagan bo‘lsa, korxona ma’muriyati kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishib, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi choralar ko‘radi.
Mehnat kodeksida, shuningdek, xodimning mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga rioya qilishi, ish beruvchi ularlaming mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlarini ta’minlashi vabilimlarini tekshirib turishi, ish joyida kasal bo‘lib qolganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan choralar ko‘rishi shartligi va boshqa qoidalar qayd qilingan.
Ish beruvchi, shuningdek, mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishdaxodimnimehnat sharoitlari to‘g’risida,shujumladan, kasb kasalliklari vaboshqakasalliklarga chalinish ehtimoli,shubilanbog‘liq holdaungaberiladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Xodimlargatexnikaxavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berishhamdaxodimlaming mehnatni muhofaza qilishning hammatalablarigarioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ham ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Zararli mehnat sharoitlari va ifloslanish bilan bogiiq bo’lgan ishlarda,ishchiva xizmatchilarga belgilangan qoidalarga binoan tekin maxsus poyabzal, korjoma, shaxsiy himoya vositalari,sut, sovun beriladi.
Mehnat qonunida xotin-qizlar, ayniqsa, homilador ayollar, yosh bolali ayollar mehnatini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilgan. Homilador va yosh bolali ayollarni kechki ishlarga, ish vaqtidan tashqari vaqtdagi ishlarga, dam olish kunlaridaishgajalb etish, xizmat safarigayuborish taqiqlanadi. Bolasi biryoshdan o‘n to‘rtyoshga tolmagan ayollarning ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi va xizmat safariga yuborilishi faqat ularning roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Sog’lig’iholatigako‘rayengilroqyokinoqulayishlabchiqarish omillariningta’siridan holi bo’lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlami ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart. Umuman, xodim o‘z hayoti yoki so g lig lga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqiga egadir.
Qonunda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega. Bu huquq ishchi va xizmatchilarga 40 soatdan oshmaydigan ish haftasini belgilashbilan ta’minlanadi. Ammo zararli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchi va xizmatchilarga hamda 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lganlar uchun 36 soatlik,15 yoshdan16 yoshgacha bo’lganlar uchunesa24soatlikishhaftasibelgilangan.
Yangi tahrirda qabul qilingan «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning asosiy qoidalari quyidagi me’yorlardan iborat:

  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Huqumatining vabusohada davlat siyosati olib borishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi sifatidagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi;

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishni ta’minlash yuzasidan talablar va boshqa davlat boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari, shujumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligining vajoylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlari;

  • mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishi natijasida tashkilot yoki uning tuzilmabo‘linmalarining qayta ko‘rib chiqilgan faoliyati, ishlab chiqarishlarni (asbob-uskunalar) to‘xtatilishi va bunday tashkilotlar faoliyatini tugatish talablari;

  • korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga oshirishda ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi va ish joylarining jarohatlash xavfini aniqlash va xodimlami mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish, mehnatni muhofaza qilish auditini tashkil etish bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi tushunchasi;

  • kasbiy xavf bo‘yicha xatari past tashkilotlarda hamda muhofaza qilish xizmatini tashkil etishga imkoniyatlari yetmagan kichik korxonalarda (xodimlar soni ellik nafardan kam bo’lgan tashkilotlarda) mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish autsorsingi asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarini (mazkur sohada faoliyat yuritadigan tadbirkorlami) jalb qilish;

  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tugatishda ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni to‘g’ri tashkil etish maqsadida tashkilotlar tomonidan ixtiyoriy ravishda mehnatni muhofaza qilishning boshqaruv tizimini audit qilish mexanizmi;

  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozoridagi professional ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi;

  • mehnatni muhofaza qilish sohasida kafolatlar, huquqlar, ish beruvchi va xodimlaming huquq va majburiyatlari;

  • xodimlaming ayrim toifalari, ayollar, voyaga yetmagan shaxslar va mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • mehnatni muhofaza qilishni davlat nazorati, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi va mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish holatlarining monitoringi tushunchalari;

  • maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlamagan shaxslar yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligini o‘z vaqtida maxsus tekshirishni tashkil etmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kelib chiqish holatlarini yashirishda aybdor bo’lgan shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi;

  • yuridik shaxsning tugatilishida yetkazilgan zarar uchun tashkilotning javobgarligi normalari;

  • mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan qayta ko‘rib chiqilgan jamoatchilik nazoratining tartibi va kasaba uyushmalarimng xodimlaming mehnatini muhofaza qilishga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari.

«Ish o‘rinlarini mehnatsharoitlariva asbob-uskunalarningjarohatlashxavfliligi yuzasidanattestatsiyadano‘tkazishtartibito‘g’risida»giNizomtasdiqlanib, uning talablariga muvofiq ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilgan korxonaning attestatsiya materiallari mehnat organlarida davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi belgilangan.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnatni muhofaza qilish xizmati mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Ushbu xizmat korxonasixodimlari tomonidan mehnat muhofazasiqoidalariga rioya etilishi,ishlab chiqarish omillari bilan bogiiq mayib bo’lishlar va kasb kasalliklari sabablarini hisobga olish va tahlil etish ishlarini tashkil etadi, mehnat muhofazasi sohasidagiilg‘ortajribani o‘rganadi vaommalashtiradi, xodimlarvaish beruvchiga texniga xavfsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilash va boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar beradi.
Shubilan birga korxonalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyalar ham tashkil etish tavsiya qilinadi. Ulaming tarkibiga ish beruvchi va kasaba uyushmalari vakillari tenglik asosida kiritiladi. Bu komissiya xodimlaming mehnat faoliyati davomida hayoti va salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tashkiliy- profilaktika, ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyena va boshqa tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Xodimlari soni nisbatan kam bo‘lgan kichik biznes korxonalarida esa ish beruvchi mehnat muhofazasi bo‘yicha ixtisoslashgan tashqi tashkilot bilan shartnoma tuzishi yoki shtatga mehnat muhofazasi bo'yicha maxsus ma’lumotga egamutaxassisni kiritishi yoxud o‘z xodimlaridan birini mehnatmuhofazasi ishlari bo‘yicha mas’ul qilib tayinlashi mumkin. Kichik biznes korxonasidagi mehnat muhofazasi ishlari bo'yicha bunday mas’ul xodim tayinlanishi holatlarida ish beruvchi va bu mas’ul xodim mehnatmuhofazasi bo‘yicha maxsustayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng ish beruvchi mas’ul xodimga mehnat muhofazasi bo‘yicha vazifa yuklatilganligi to‘g‘risida buyruq chiqaradi.


Download 212,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish