13-mavzu. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi



Download 1,53 Mb.
bet11/12
Sana30.12.2021
Hajmi1,53 Mb.
#193298
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9 O'zbek savol javob 13-20

19-mavzu. Andijon qo‘zg‘oloni

  1. Qachon Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘rnatgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etgan? XIX asr 2-yarmida.

  2. Qaysi hujjatga ko‘ra Turkistonda mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo‘yilgan? 1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom».

  3. 1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ning asosiy maqsadi qanday edi? O‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish.

  4. Mustamlakachilar tomonidan olib borilgan qaysi siyosat sug‘oriladigan ekin maydonlari kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yomonlashtirib yuborgan? 1886-yilgi «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yer larning katta qismini tortib olib, ular asosida Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etilishi.

  5. Farg‘ona vodiysida paxta yetishtirish ning ko‘paytirilishi paxta yetishtirish ning ko‘paytirilishi qaysi mahsulotlar narxini keskin oshirib yuborgan? G‘alla, ozuqabop ekinlar maydoni va yaylovlarning qisqarishi, oziq-ovqat.

  6. Qachon Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirilgan? 1891-yili.

  7. Turkistonda vaqf mulklari qisqartirilib, katta qismi davlat mulkiga aylantirilishi kimlarning keskin noroziligini keltirib chiqargan? Din peshvolari, diniy muassasalar va ta’lim maskanlarida ish olib boradigan mutasaddilarning.

  8. Qanday holatlar Andijonda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib kelgan? O‘lka ma’muriyatining mahalliy xalq manfaatlaridan imperiya manfaatlarini ustun qo‘yuvchi siyosat olib borishi, tub aholi yashash sharoitlarining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, amaldorlarning pora xo‘rligi va o‘z mansabini suiiste’mol qilishlari, to‘lovlar hamda majburiyatlarning og‘irligi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchilik ishlari qarovsiz bo‘lib, ularga hukumat tomonidan mablag‘ ajratilmaganligi.

  9. Qachon Andijon qo‘zg‘oloni boshlangan? 1898-yilda.

  10. Andijon qo‘zg‘oloniga kim rahbarlik qilgan? Dukchi eshon nomini olgan Muhammad Ali.

  11. Muhammad Ali qaysi yillarda yashab o‘tgan? 1846-1898-yillarda.

  12. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan bo‘lib, u qanday qilib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan? Oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib.

  13. Qachon Andijon vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lishi haqida gaplar tarqalgan? 1898-yilning bahor faslida.

  14. Mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmlariga qarshi norozilik harakatlarining oshkora qo‘zg‘olon ko‘rinishida boshlanib ketishiga sabab bo‘lgan? 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o‘z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti kelganligini e’lon qilishi.

  15. Qaysi voqeaning yuz berishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib ketgan? 1898-yil 17-may kuni tunda qo‘zg‘olonchilar tomonidan Tojikqishloqdagi telegraf simlarining qirqib tashlanishi bilan.

  16. Qo‘zg‘olonchilar telegraf simlarining qirqib tashlanishi vaqtida yo‘lda kimni o‘ldirgan? Asaka pristavini.

  17. Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar 2 ga bo‘linib, ularning biriga kim boshchilik qilgan? Ziyovuddin maxsum.

  18. Andijon qo‘zg‘olonchilari qachon G‘oyibnazar o‘z odamlari bilan qo‘shilgan? Qo‘yli qishlog‘iga borganlarida.

  19. Andijon qo‘zg‘olonchilari qayerga borganida ularga 200 kishi kelib qo‘shilgan? Qutchi qishlog‘ga borganlarida.

  20. G‘oyibnazarning lavozimi qanday bo‘lgan? Mingboshi.

  21. Andijon qo‘zg‘olonchilariga 200 kishi va G‘oyibnazar kelib qo‘shilgach qo‘zg‘olonchilar qayerga hujum qilgan? Andijondagi harbiy kazarmaga.

  22. Qo‘zg‘olonchilar bilan mustamlakachi ma’muriyat harbiy kuchlari o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuvdan keyin nima uchun qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘lgan? Kuchlar va harbiy qurol-aslahalar teng bo‘lmaganligi bois.

  23. Qo‘zg‘olonchilar bilan Andijondagi harbiy kazarma jangchilar o‘rtasida bo‘lgan jangda kazarma jangchilaridan nechtasi o‘ldirilgan, nechtasi yarador qilingan? 22 tasi o‘ldirilgan, 22 tasi yarador qilingan.

  24. Qo‘zg‘olonchilar bilan Andijondagi harbiy kazarma jangchilar o‘rtasida bo‘lgan jangda qo‘zg‘olonchilardan nechta kishi halok bo‘lib, nechta kishi yaralangan? 11 tasi halok bo‘lgan, 8 tasi yaralangan.

  25. Andijon qo‘zg‘oloni ayniqsa qayerda yashayotgan aholi o‘rtasida vahima uyg‘otgan? Ruslar yashaydigan Yangi shaharda.

  26. Kim ko‘chaga chiqmay, o‘z uyidan telefon orqali harbiy kuchlarni chaqirgan? Tumanboshi polkovnik Konshevskiy.

  27. Tumanboshi tomonidan chaqirilgan harbiy kuchlar qancha vaqtda Andijonga yetib kelgan? 3 soat ichida.

  28. Andijon qo‘zg‘oloni vaqtida Rossiya imperatori kim edi? Nikolay II,

  29. Andijon qo‘zg‘oloni vaqtida Turkiston general-gubernatori kim edi? A.Vrevskiy.

  30. Qachon Rossiya imperatori Turkiston general-gubernatori Vrevskiyni lavozimidan chetlatgan? 1898-yilda.

  31. Rossiya imperatori Turkiston general-gubernatori Vrevskiyni lavozimidan chetlatganidan keyin o‘rniga kimni vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori etib tayinlagan? N.Korolkov.

  32. Vrevskiyning harbiy unvoni qanday? General-leytenant.

  33. N.Korolkov qaysi viloyat harbiy gubernatori edi? Siradaryo viloyati.

  34. Kim mustamlakachilik siyosatini o‘ta qattiqqo‘llik bilan amalga oshirish borasida nafaqat o‘lkada, balki imperiya hukmron doiralari orasida ham tanilgan edi? Korolkov.

  35. Korolkov qachon Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarni lavozimidan bo‘shatgan? 1898-yil 20-mayda.

  36. Korolkov nima uchun Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarni lavozimidan bo‘shatgan? Qo‘zg‘olon ko‘tarilishining oldi olinmaganligi uchun.

  37. Kimning zimmasiga Andijon qo‘zg‘olonchilarini batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qilish vazifasi topshirilgan? Korolkov.

  38. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin necha kishi hibsga olingan? 2 ming.

  39. Qo‘zg‘olon bostirilgach, Dukchi eshon va uning yaqin safdoshlari qanday jazoga tortilgan? Osib o‘ldirilgan.

  40. Qo‘zg‘olon bostirilgach, necha kishi o‘lim jazosiga mahkum qilingan? 380 kishi.

  41. Kuropatkin kimga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma jo‘natgan? Yangi tayinlangan Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskoyga.

  42. Kuropatin qanday vazir bo‘lgan? Harbiy vazir.

  43. Kuropatin nima uchun Turkiston general-gubernatoriga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma jo‘natgan? Xalqning yanada g‘azablanishidan xavfsiragani uchun.

  44. Kuropatin jo‘natgan telegrammada o‘lim jazosi qanday jazoga almashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan? katorga va qamoq jazosiga.

  45. Kuropatin jo‘natgan telegrammada o‘lim jazosini kamaytirish haqida ko‘rsatma berilishiga qaramasdan necha kishiga berilgan o‘lim jazosi o‘z kuchida qolgan? 22 ta kishi.

  46. Qachon bo‘lgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlarini xavfga qo‘yib, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash olib borishlari mumkinligini ko‘rsatgan? 1898-yili.

  47. Qaysi qo‘zg‘olon keng xalq ommasiga ozodlik uchun kurash sari yo‘l ko‘rsatgan va minglab odamlarni mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi faol kurashishga ilhomlantirgan? Dukchi eshon qo‘zg‘oloni.

  48. Qachon Farg‘ona vodiysida yana yangi qo‘zg‘olon boshlangan? 1899-yil 20-iyunda.

  49. Dukchi eshon qo‘zg‘olonining yengilishiga nimalar sabab bo‘lgan? O‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi, mahalliy aholining barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi, qo‘zg‘olonni tashkil qilishdan boshlab unga boshchilik qilishgacha qat’iy tartib va intizom yo‘qligi, qo‘zg‘olon ko‘targanlarning tarqoqligi, aniq reja ishlab chiqilmaganligi, hamma bir vaqtda ko‘tarilmaganligi, Ketmontepa va Ko‘gartdagi odamlarga boshchilik qilgan Chibil bo‘lisi Dukchi eshonga zudlik bilan qo‘shilish o‘rniga atrofida joylashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga harakat qilib taktik xatoga yo‘l qo‘yganligi.

  50. Quyidagi rasmda tasvirlangan shaxs boschilik qilgan qo‘zg‘olon ishtirokchilari qo‘zg‘olon ko‘tarish orqali nimaga erishmoqchi bo‘lgan? O‘lkadagi jabr-zulmga chek qo‘yilishiga.

  51. Aholi nima uchun qo‘zg‘olonga qo‘shilmagan? Qo‘zg‘olonga qo‘rqqanidan, ba’zilar qo‘zg‘olon g‘alaba qozonishiga ishonmagani uchun.

  52. Qanday omil mustamlakachilarning qo‘zg‘olonni osonlik bilan bostirishiga imkon bergan? Dukchi eshonning yetarli darajada tayyorlanmay, harbiy sohadan bexabar, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan ochiqchasiga qo‘zg‘olon ko‘targanligi.

  53. Qaysi qo‘zg‘olon nafaqat Turkiston o‘lkasi ma’muriyatini, balki Rossiya imperiyasi hukumatini ham qattiq xavotirga solib qo‘ygan? Dukchi eshon qo‘zg‘oloni.

  54. Qaysi qo‘zg‘olondan keyin o‘lkaning har bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha aholini qattiq nazoratda ushlab turishga qaratilgan choralar ko‘rilgan? Dukchi eshon qo‘zg‘oloni.

  55. Dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni nima deb ataladi? Eshon.

  56. Jinoyatlari uchun og‘ir mehnat sharoitida jazoni o‘tash joy nima deyiladi? Karotga.

  57. Dukchi – bu …? Forscha – yig, duk – charxning yigirilayotgan ip o‘ralib boriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan.

  58. Kazarma – bu …? Italyancha – uycha, kulba – harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish