13-mavzu. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi


-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarimi – XX asrning boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol



Download 1,53 Mb.
bet8/12
Sana30.12.2021
Hajmi1,53 Mb.
#193298
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9 O'zbek savol javob 13-20

16-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarimi – XX asrning boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.

  1. Turkiston o‘lkasida mustamlaka tartiboti nimga asoslangan edi? Harbiy kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga.

  2. O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida Rossiya imperiyasining mustahkam o‘rnashib olishi va mustamlakachilik siyosatining keng qamrovli olib borilishida nima muhim o‘rin tutgan? Temiryo‘llar.

  3. Nima uchun O‘rta Osiyoda temiryo‘l qurilgan? Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan O‘rta Osiyoga tashish uchun.

  4. Qachon Toshkent orqali Andijongacha temiryo‘l qurib bitkazilgan? 1899-yili.

  5. 1888-yilda qaysi shaharga dastlabki poyezd kelgan? Samarqand.

  6. Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari qayerda joylashgan? Kavkazda.

  7. Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalaridan qaysi dengiz orqali kemada tez kechib o‘tish mumkin bo‘lgan? Kaspiy dengizi.

  8. Krasnovodskdan esa temiryo‘l bilan qaysi shaharlarga yetib kelish oson bo‘lgan? Samarqand, Toshkent va Andijon.

  9. Krasnovodskdan qaysi shahargacha 3 ming kilometrdan ziyod masofa bo‘lgan? Andijon.

  10. Qanday omil sababli XX asr boshlarida temiryo‘llarning nafaqat harbiy, balki iqtisodiy ahamiyati ham ko‘tarilgan? Turkistonda paxta ekini keng tarqalishi va Rossiya kapitali joriy etilishi bilan.

  11. Qachon Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo‘l qurib kelingan? 1905-yili.

  12. Qachon Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan O‘rta Osiyo hududlarida yashovchi xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida keskin o‘zgarishlar yuz bergan? XIX asr 2- yarmida.

  13. Turkistonga Rossiya kapitali, Yevropa mahsulotlari va yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining kirib kelishi kengayib, ko‘plab bank va sanoat bo‘limlari ish boshlashi o‘lkada qaysi sohalarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi? paxtachilik, konchilik, xomashyoga dastlabki ishlov berish, yog‘-moy sanoati.

  14. Turkiston o‘lkasida Ishlab chiqarish va savdo-sotiq nimaning natijasida rivojlanib borgan? Rossiya imperiyasi va u orqali boshqa davlatlar bilan aloqalarning kengayishi natijasida.

  15. Turkistonda to‘qimachilik sanoati uchun paxta yetishtirishning ko‘payganligi qaysi tanqisligiga sabab bo‘lgan? G‘alla.

  16. Paxtani faqat tozalash va yog‘ishlab chiqarish sohasigina yo‘lga qo‘yilib, paxta xomashyosidan tayyor mahsulot tayyorlash, jun va teriga ishlov berish qayerda bajarilgan? Imperiyaning markaziy gubernalarida.

  17. Nechanchi yillarda Turkiston general-gubernatorligida 175 ta sanoat korxonasi ishga tushurilgan? 1867-1900-yillarda.

  18. Turkistonda mahalliy sanoat ishchilari kimlarning hisobidan ortib borgan? Xonavayron bo‘lgan dehqonlar va ishsiz qolgan hunarmandlar.

  19. Korxonalarda ish kuni necha soat bo‘lgan? 16 soat.

  20. Qanday omil Turkistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar – hunarmandlar mahsulotlari bozori kasodga uchrab, ularning kamayishiga olib kelgan? Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sanoat va boshqa turdagi mahsulotlarning o‘lkaga kirib kelishi natijasida.

  21. Qanday omil hunarmandlar ishsiz qoldirgan? Rossiyadan keltirilgan arzon narxlardagi zavod va fabrika mahsulotlari mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlar bozorini sindirishi.

  22. Turkistonga kirib kelgan Rossiya sarmoyasi mavjud tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga, arzon xomashyoga ega bo‘lishga, ularni tashib ketishga, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bu o‘lkada sotishga qaratilganligi uchun nimaga katta e’tibor bergan? Savdo-sotiq sohasini va temiryo‘llarni.

  23. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadan olinadigan foydalar nimaga xizmat qilgan? Imperiya xazinasini to‘ldirish, Rossiya savdogar va sarmoyadorlarini boyitishga.

  24. Rossiya sarmoyasi nimaga xizmat qilgan? Tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, xomashyoni tashib ketish va temiryo‘llarni qurishga.

  25. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari nimaga qaratilgan? Paxtachilikni rivojlantirishga.

  26. Chorvachilikda yaylovlar uchun foydalaniladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi natijasida qayerda chorva chilikning va chorva mahsulotlarining kamayishi yaqqol sezilgan? Farg‘ona vodiysida.

  27. Farg‘ona vodiysiga qaysi mahsulotlar chetdan olib kelina boshlagan? g‘alla va chorva mahsulotlari.

  28. Qaysi viloyatlar paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlar hisoblangan? Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand.

  29. Qachon Turkistonda oaxtaning Amerika navi yetishtirila boshlagan? 1884-yili.

  30. Nima uchun podsho hukumati O‘rta Osiyoda irrigatsiya tarmoqlarini kengaytirishga harakat qilgan? Paxta maydonlarining kengayishi va hosilning yaxshi bo‘lishi O‘rta Osiyo mintaqasida suv bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun.

  31. Sirdaryo magistral kanali qachon qurilgan? 1911-1913-yillarda.

  32. Qaysi hududlarda sug‘orish sohasi bo‘yicha ishlarning ko‘pi bajarilmay qolib ketgan? Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida.

  33. Mustamlaka hukumat uchun yuqori daromadli sohada birinchi o‘rinda qaysi soha turadi? Neft.

  34. Mustamlaka hukumat uchun yuqori daromadli sohada 2-o‘rinda qaysi soha turadi? Gaz.

  35. Mustamlaka hukumat uchun yuqori daromadli sohada uchinchi o‘rinda qaysi soha turadi? Paxta.

  36. Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? Toshkentdagi temiryo‘l vokzali.



  1. Quyidagi rasmda qaysi inshoot tasvirlangan? Toshkentdagi O‘rta Osiyo banki.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish