13-MAVZU. TARANG O’TQAZISHLI BIRIKMALARNI YIG’ISH
Reja:
1.
Tarang o`tqazishli birikmalarni yig`ish
2.
Podshipnikli yig`ma birliklarni yig`ish
Tayanch iboralar:
Shpon
ariqchalari yeyilishi, darz bo‘lish, valdagi rez’ba
uzilib ketish, val bo‘yinlarining konussimonligi yoki ovalsimonligi, shaberlash,
kaustik soda, yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar,
mis andazalar, shponka pazi,
chervyakning kirishlari soni, bandaj, tish cho‘qqilari, tepish diapazoni.
Tarang o`tqazishli birikmalarni yig`ish
Detallarni tarang o`tqazish bilan yig`ishda qo`zg`almas birikmalar hosil
bo`ladi, ya`ni valning (qamrab olinuvchi detal) diametri teshik (qamrab oluvchi
detal) diametridan katta bo`lishi kerak. Yig`ishni bolg`a
yoki kuvaldaning yengil
zarbasi, dastaki va statsionar press bosimi ostida, qamrab oluvchi detalni qizdirib
va qamrab olinuvchi detalni sovitib amalga oshiriladi.
Qo`zg`almas birikmalarni presslab o`tqazishdan avval detal sirtlari
tozalanadi, ulardagi g`adir-budirliklar yo`qotiladi va yupqa qatlamda moy surtiladi.
Presslab o`tqazishda birikadigan detallar sirtining g`adir-budirligi 1,25-0,16 mkm
bo`lishi kerak. Qamrab olinuvchi detallarning qirralarida 10
0
-15
0
burchakli
faska
yoki qirralari dumaloqlangan bo`lishi kerak.
Tarang o`tqazishli birikmalar (tutashmalar) ni yig`ishda qamrab oluvchi
detal qamrab olinuvchi detalga kiygiziladi (presslanadi) yoki qamrab olinuvchi
detal qamrab oluvchi detal teshigiga turli usullar bilan kirgiziladi.
Tutashmalarni sovuq holatda yig`ish turli konstruktsiyali press yordamida
amlga oshiriladi. Katta bo`lmagan
detallar, yig`ishni yengillashtiruvchi va plastik
deformatsiya keltirib chiqarmaydigan turli opravkalar yordamida, opravkaga
markaziy yo`nalishda bolg`a bilan
zarba berib amalga oshiriladi, bunda detalning
qiyshayishiga yo`l qo`yilmaydi.
Tarang o`tqazishli birikmalarni issiqlayin yig`ish keng tarqalgan. Bu
universal usul bo`lib, turli o`lchamdagi va shakldagi detallarga qo`llash mumkin.
Detalni qizigan moyda, suyuq metal (qo`rg`oshin, qalay, rux) da, pechlarda, gornda
va boshqa qizdirish pechlarida qizdirish mumkin. Taranglikning qiymatiga bog`liq
ravishda detalni qizdirish haroratini tanlanadi.
Qamrab olinuvchi detalni sovitish orqali ham yig`ishni amalga oshirish
mumkin. Bu usul yupqa devorli detallarni yirik detallarga (vtulka korpusli detalda
joylashgan podshipnikka presslanadi) tarang o`tqazishli biriktirishda qo`llaniladi.
Detalni suyuq kislorod, azot, havo (-190
-210
0
C
haroratli),
qattiq uglekislota
yoki uglerodning dioksidi (quruq muz – haroratlar farqi 70-90
0
C
) bilan
to`ldirilgan maxsus baklarda sovitiladi. Sovitish vaqti detal devorining qalinligi va
foydalaniladigan sovitgichga bog`liq bo`ladi. Sovitilgan detal sovituvchi bakdan
olinadi va birikmani yig`ish amalga oshiriladi. Bunda, deyarli hech qanday
zo`riqishni talab qilmaydi. Qamrab oluvchi detal qizdirilganda uning o`lchami
kattalashadi, natijada kafolatlangan tarang o`tqazishli qo`zg`almas birikmalar hosil
qilinadi.
14.16. Podshipnikli yig`ma birliklarni yig`ish
Valning bo`yniga zoldirli podshipnikni presslab o`rnatish uchun turli xildagi
dastakli
moslamalardan
foydalanish mumkin:
maxsus
stakanlardan va
qisqichlardan, vintli qurilmalardan va boshqalardan.
Stakan va qisqichlar
konstruktsiyasi bo`yicha sodda bo`ladi; ularning ayrimlari 14.28-rasmda
keltirilgan. Qisqichlardan foydalanish valning bo`yniga podshipnikning bir tekis
o`rnashini ta`minlaydi, podshipnikni qiyshiq holatda o`rnab qolish ehtimolining
oldini oladi va podshipnikni, odatda, halqasiga bolg`a
bilan urib kiritilishida
shikastlanishidan saqlaydi.