13-mavzu: ochiq maydonlarda ko’chatzorlar uchun qo’yiladigan talablar reja



Download 1,25 Mb.
bet3/5
Sana08.02.2022
Hajmi1,25 Mb.
#435569
1   2   3   4   5
Bog'liq
Очиқ майдонларда кўчат тайёрлаш технологияси

3. Ko’chat yetishtirish. Vegetatsiya davri ko’pgina manzarali o’simliklar, ochiq yerga ekilganda mamlakatimiz o’rta mintaqasining kisqa yozi davomida gullashga ulgurmaydi yoki juda kech gullaydi. Bunday o’simliklarni yetishtirishda gul ko’chatlarini tayyorlash talab qilinadi.
Buning uchun urug’lar yashik yoki sayoz idishchalarga sepiladi, boshqa joyga ko’chirib o’tqazilgan ko’chatlar esa keyingi ko’chat qilguncha issiqxonada saqlanadi. Yashiklar, sayoz idishchalar, tuvaklar ekishdan oldin 40 foizli formalin (1:300) eritmasi bilan dezinfektsiya qilinadi. Issiqxonalarda ko’chatlarini yetishtirish, dorivor o’simliklar turini ma’lum darajada asrash va keyinchalik ularni ochiq dalalarda yetishtirish imkonini beradi. Ko’chat o’tqaziladigan yashiklarda yozda gullashi uchun ko’chatlar yetishtiriladi. Bu o’simlik urug’lari yashiklarga sepiladi va ko’chatlar ham yashiklarda saqlanib boshqa joylarga olib o’tqaziladi. Agar urug’lar kam bo’lsa, sayoz idishcha yoki tuvaklarga sepiladi. Bu idishlarning drenaj teshiklari sopol yoki chinni siniqlarining qabariq tomoni tepaga qilib berkitiladi, siniqlar ustidan yirik donali qum yoki mayda shag’al, keramzit, g’isht siniqlari 2-3 sm. qalinlikda solinadi, so’ngra to’yimli bor tuprog’i bilan to’ldiriladi. Bu tuproq tarkibi sepilayotgan o’simlik turiga ko’ra o’zgaradi.
Yashikni mos tuproq bilan to’ldirgandan so’ng silkitiladi, ustki qatlami esa zichlanadi. Ayniqsa, yashik burchaklariga tuproq solish va zichlashga asosiy e’tibor beriladi.
Shundan so’ng chizg’ich yoki tekis silliq taxtachani yashik chetlari bo’yicha harakatlantirib, ortiqcha tuproq olib tashlanadi, bunda tuproq sirti yashik chetlari bilan bir tekis bo’lib qoladi. So’ngra tuproq shibbalanib, yashik chetlaridan 0,5-1 sm. past qilib zichlanadi. (1-rasm).
Yashikdagi tuproq ustidan mayda g’alvirdan o’tkazilgan to’yimli yumshoq tuproq (yaxshisi bargli tuproq) 1-2 mm. qalinlikda solinib ypyg’ sepiladi. Sepilgan ypyg’ kattaligiga ko’ra ular ypyg’ diametrining ikki baravariga teng, ammo 0,5 sm. dan katta bo’lmagan qatlamli kul qumi bilan ko’miladi. Juda mayda urug’lar ko’milmaydi. Ular tuproqga yengil bostiriladi, purkagichlar orqali sepiladi, oyna yoki plyonka bilan yopiladi va dastlabki sug’orish amalga oshiriladi.
Qor erishi bilan urug’lar namlik orqali tuproqqa tortiladi va shu bilan sug’orish shart bo’lmay qoladi. Aloxida hollarda eng mayda urug’larni oq qum yoki bo’r kukunining qatlami ustidan sepish ham mumkin. Yashik va sayoz idishchalarga sepilgan yirik ug’itlar ehtiyotkorlik bilan iliq suv solingan (20-25°) mayda teshikli kichik gulchelaklarda sug’oriladi yoki suv purkaladi. 4-5 ta yashiklarni bir qator qilib qo’yib sug’orish maqsadga muvofiqdir, bunda sug’orishning boshi va oxirida gulchelak uchidan oquvchi yirik tomchilar yashiklardan tashqariga tushadi. (2-rasm). Keyingi parvarishlarda juda ko’p sug’orish va tuproqni quritib yuborish mumkin emas.
O’simlik urug’lari ko’karishi uchun 15° dan 20-25° gacha harorat zarurdir. O’simlik ko’chatlarini yetishtirishda tuproq haroratini atrof – muhit va xavo haroratidan 2-3° baland ushlab turish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun ko’chatli yashik va sayoz idishchalarni issiq suvli yoki bug’li isitish quvurlari ustiga quyish tavsiya qilinadi, chunki ko’pgina o’simliklar qorong’ulikda ham o’sa oladilar. Ko’chatlar paydo bo’lganda yashik yorug’ joylarga qo’yiladi, lekin tikka quyosh nurlaridan o’simlikni saqlash kerak. Xona haroratini 2-3° ga pasaytiriladi. Issiq kunlar kelishi bilan ko’chatli yashiklar shamollatib turiladigan issiq yoki issiqroq xonalarga ko’chiriladi. Tuvaklarga yoki torf chirindili kubiklarga ekish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
— o’simliklar ko’chirib o’tqazishda chidamsiz bo’lganda;
— yirik manzarali o’simliklar ko’chatini yetishtirishda.
Issiqxona va ko’chatzorlarga ekish fevralning ikkinchi yarmidan mart oxirigacha amalga oshiriladi. Issiqxonalarni ekish uchun tayyorlashda go’ng ustidan 10-12 sm. qalinlikda tuproq aralashmasi sepiladi, puxtalik bilan tekislanadi va birmuncha zichlanadi .
Ekilgandan so’ng yer va issiqxona romi oynasi yoki plyonka orasidagi masofa 8-10 sm. dan kam bo’lmasligi kerak. Issiqxonadagi yer birmuncha qizigandan so’ng, uni sug’orib, urug’lar sepiladi. Urug’lar yuza bo’yicha bir tekis qilib sepiladi va haskash bilan yoki mayda elakdan o’tkazilgan yumshoq qumli tuproq bilan ko’miladi (ekish yashiklardagi qatlam qalinligi singari) va yengil shibbalanadi.
Agar ko’chatlar boshqa joyga ko’chirib o’tqazilmasa, u holda urug’larni 3x3 dan 5x5 sm. gacha oraliqdagi uyalarga ekiladi yoki 5-10 sm. gacha masofadagi egatlarga sepiladi. Issiqxona yoki ko’chatzorlar romlar hamda plyonkalar bilan berkitiladi va ko’chatlar unib chiqquncha soya qilib qo’yiladi. Ko’chatlar paydo bo’lgandan so’ng issiqxona va ko’chatzorlarning romlari issiq havoda (tashqi havo, harorati 14-16°) ochib shamollatiladi. Keyinchalik ular kunduzi ochib qo’yiladi kechasi esa yopiladi. (3-rasm).
Issiqxonada aloe, kalonxoe,kolleziya va boshqalar yirik o’simlik ko’chatlari yetishtiriladi. Keyinchalik ko’chatlarni boshqa joylarga ko’chirib o’tqazish uchun urug’lik yashiklarga va bir yula issiqxona yoki ko’chatzorlarga sepiladi. Bir yillik ko’chatlar olgandan so’ng, issiqxonalarni ikki va ko’p yillik o’simliklarni ekish uchun ishlatish mumkin.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish