O’simliklarni parvarishi. Issiqlik va namlik — urug’ unib chiqishi uchun zaruriy omildir. Ammo quruqlik ham, ortiqcha namlik ham aslo mumkin emas. Oyna bilan yopilgan ekinlarni har kuni shamollatish zarur. Dastlab ko’chatlar tik quyosh nurlaridan hech bo’lmasa qog’ozning soyasi yordamida saqlanishlari kerak. Kuchga kirgan ko’chatlarga yorug’ joy zarur, aks xolda ular bo’ylariga cho’zilnb ketadilar. Gul ko’chati o’z vaqtida boshqa joylarga ko’chirib ekiladi, tuvaklarga erkin joylanadi va issiqxonalarni shamollatish yuli bilan chiniqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |