4.Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash 1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari
Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi.
Biznes segmenti - bu korxonaning ma’lum qismini yoki nisbatan mustaqil bo’linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratishdir.
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlarning ikkita: xo’jalik va geografik turlari ajratib ko’rsatiladi.