26-modda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir.
2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga o‘tkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona o‘z valyuta mablag‘i hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan so‘ng respublika byudjetlariga va mahalliy byudjetga valyuta ajratmalari o‘tkaziladi.
Respublika byudjetlariga va mahalliy byudjetlarga ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablag‘ini qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda o‘zga yo‘l bilan tortib olish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |