29-modda. Korxona mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)
Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi):
korxona mol-mulkini sotib olish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
korxona ma’muriyati bilan jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bunday shartnoma (bitim) loyihasini ko‘rib chiqadi va uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki boshqa organlarga vakolat beradi;
korxona kengashiga (boshqaruviga) vakillar saylaydi (ularni chaqirib oladi), ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tinglaydi;
o‘z xodimlari uchun qo‘shimcha ta’tillar, qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan hamda iste’molga sarflanadigan mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |