28-modda. Korxonaning mehnat jamoasi, uning vakolatlari
1. O‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi (bitimi, kelishuvi), shuningdek xodimning korxona bilan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi barcha fuqarolar shu korxonaning mehnat jamoasini tashkil etadilar.
2. Mehnat jamoasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, korxonani barpo etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari, korxona ustavi, korxona ma’muriyati (mol-mulki egasi) bilan mehnat jamoasi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilab beriladi.
Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilish (konferensiya)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |