22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni ta’minlash va mahsulotni sotish
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi.
2. Bozorga o‘tish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot etkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni etkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |