17-modda. Korxona kengashi (boshqaruvi)
1. Korxona kengashi (boshqaruvi) mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi o‘z vakolatlarini kengashga topshirgan taqdirda tuziladi.
Korxona kengashi (boshqaruvi)da, korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, korxona mol-mulkining egasi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi sub’ekti tomonidan tayinlanadigan va shu korxona mehnat jamoasi tomonidan saylab qo‘yiladigan vakillar soni baravar bo‘ladi.
2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) to‘g‘risidagi nizom bilan belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |